O‘zbekistonning Toshkent shahrida o‘tkaziladigan boks bo‘yicha Jahon chempionati 30-apreldan 14-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
30-aprel, yakshanba kuni musobaqaga qur’a tashlanadi va rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Janglar esa 1-maydan start oladi.
1—10-may kunlari saralash bosqichi va chorak final bahslari o‘tkaziladi. 12-may kuni yarim finallar, 13–14-may kunlari esa final janglari bo‘lib o‘tadi. Janglarning barchasi “Humo Arena”da o‘tkaziladi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingandi:
- -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
- -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
- -54 kg: Oybek Jo‘rayev
- -57 kg: Abdumalik Halokov
- -60 kg: Mujibillo Tursunov
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
- -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
- -71 kg: Saidjamshid Ja’farov
- -75 kg: A’loxon Abdullayev
- -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
- -86 kg: Shohjahon Abdullayev
- -92 kg: Lazizbek Mullajonov
- +92 kg: Bahodir Jalolov.
Izoh (0)