“Bavariya” stadioni va ofisida rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning pul yuvish ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Usmonov “Bavariya”ga Ule Hyoness orqali aloqador. Ular Germaniyaning kurort shahri bo‘lgan Tegernzeda 2022-yilning mart oyida tanishgan. Myunxen klubining faxriy prezidenti rossiyalik milliarderga “Bavariya”ning Chempionlar Ligasidagi o‘yinlariga VIP-chiptalar olib kelgan.
Tintuvchilar pul yuvish dalillarini izlagan. Ularning qidiruvi qanday natija bilan yakunlangani ma’lum qilinmagan. "Bavariya" bu ishda gumonlanuvchi emas guvoh sifatida ishtirok etadi.
“Biz ‘Bavariya’ uning rahbarlari yoki klub a’zolariga qarshi dalil yig’mayapmiz”, — deya tasdiqlagan prokuratura vakili.
Izoh (0)