• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    UEFA Chempionlar Ligasi finalini AQSHda o‘tkazmoqchi. Cheferin shu g‘oyani ilgari surgan Superligani tanqid qilgandi

    UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin o‘z intervyusida Yevropa Chempionlar Ligasining hal qiluvchi uchrashuvlarini AQSHda o‘tkazishni xohlayotganini aytdi.

    Foto: Getty Images

    “Bu imkonsiz ish emas. Bu yili Chempionlar Ligasining finali Istambulda, 2024-yil Londonda, 2025-yil Myunxenda o‘tkaziladi. Keyin esa ko‘ramiz. Bugungi kunda futbol AQSHda juda mashhur. Amerikaliklar eng yaxshisiga tayyor, ular ham Yevropa klublarini xuddi yevropaliklar NBA jamoalarini kuzatgandek kuzatadi. Bu kelajak uchun juda muhim va istiqbolli bozor. AQSHdan homiylik hozircha unchalik katta bo‘lmaydi, ammo shtatlarda tijoratlashtirish boshqacha, amerikaliklar biz yevropaliklardan ko‘ra iste’dodliroq. Aslida meni shokka solgan narsa AQSHda Yevro—2020 finalini NBA finalidan ko‘proq odam kuzatgani bo‘ldi”, — deb javob berdi Cheferin Chempionlar Ligasi finalini AQSHda o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga.

    2022-yilning avgust oyida UEFA Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va boshqa o‘z shaf’eligida o‘tkazadigan turnirlarning translyatsiya huquqini Paramount Global kompaniyasiga sotdi. Amerikaliklar bu turnirlarni 6 mavsum davomida ko‘rsatish uchun 1,5 milliard dollar to‘ladi. Avvalgi shartnoma bo‘yicha bir mavsum narxi 100 million dollarga baholangan bo‘lsa, yangi shartnomaga ko‘ra narx 250 million yevroga ko‘tarildi. The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, Cheferin guruh bahslarining bir nechta uchrashuvlarini Nyu-York, Mayami yoki Los-Anjelesda o‘tkazishni xohlamoqda. Keyin esa musobaqa finalini to‘g‘rirog‘i, “to‘rtlik finali”ni AQSHda tashkil qilmoqchi.

    Bitim 2024/2025-yilgi musobaqadan boshlab kuchga kiradi. Unda turnir yangi “shveysarcha model”ga o‘tadi, jamoalar va o‘yinlar soni oshadi. Guruh bosqichida turlar oltita emas sakkiztaga yetadi (sakkizta raqib, 4 ta uydagi va 4 ta safardagi o‘yin). Shuningdek, jamoalar kichik guruhlarga ajratilmaydi, barcha 36 ta jamoa bitta turnir jadvalidan o‘rin oladi. Taqvim oldindan belgilanmaydi, balki jamoalarning muvaffaqiyatli ishtirokiga bog‘liq bo‘ladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar o‘zi bilan teng raqiblarga qarshi, autsayderlar esa boshqa kuchsiz klublarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Barchada jadvalda yuqorilash imkoni bo‘ladi, autsayder klublar ham top jamoalar bilan bir necha o‘yin o‘tkazadi. Guruh bosqichida jami hozirgidek 96 ta emas 144 ta o‘yin o‘tkaziladi. Teng raqiblar o‘rtasidagi o‘yinlar ko‘payadi.

    UEFA va Cheferin Yevropa futbolini kengaytirishga hamda top chempionatlarga ko‘proq imtiyozlar berishga harakat qilmoqda. Lekin u nega Superliga konsepsiyasiga aloqador odamlar gapirayotgan barcha narsani qattiq qoralamoqda? UEFAning o‘zi ham futbolda yangi turnir qurmoqchi bo‘lgan Andrea Anyelli, Florentino Peres va kompaniya prinsiplari asosida isloh qilmoqchi. Ular ham top klublar o‘rtasidagi o‘yinlarni Yevropadan tashqarida ham o‘tkazish haqida o‘ylagandi.

    Superliga bosh direktori Brend Rayxart fevral oyida 10 ta punkt taklif qilgandi.

    1. Turnirning asosini sport yutuqlari tashkil qiladi

    Superligada 60–80 ta jamoa ishtirok etadi. Bu bir nechta divizionlarga bo‘lingan ochiq turnir bo‘ladi. Daromad barcha klublar o‘rtasida taqsimlanadi. Superligada ishtirok etish mavsum davomidagi sport natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Doimiy ishtirokchilar bo‘lmaydi.

    2. Milliy chempionatlar — futbolning asosi

    Klublar xuddi avvalgidek milliy chempionatlarda o‘ynashni davom ettiradi. Superliga tashkil etilishi bilan milliy chempionatlar ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Chunki yangi turnir ishtirokchilarni qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlaydi.

    3. Barqaror daromad olish orqali raqobatbardoshlikni oshirish

    Daromadning oshishi va moliyaviy barqarorlikka qat’iy rioya qilish sabab klublarning raqobatbardoshligi ortadi. Superliga kvalifikatsiyasidan o‘tgan jamoalarga bir mavsumda Yevropa darajasidagi 14 ta o‘yin o‘tkazish kafolatlanadi. Shu sababli daromad yanada aniq va barqaror bo‘ladi.

    4. Eng muhimi — futbolchilarning sog‘ligi

    Bir yilda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar sonini aniqlashda futbolchilarning sog‘lig‘i haqida o‘ylash kerak. Uchrashuvlar hozirgidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Qayd etilishicha, uchinchi tomon futbolchilarni yangi turnirlarda yoki hozirgi musobaqalarning kengaytirilgan versiyalarida ishtirok etishga majburlay olmaydi.

    5. Moliyaviy barqarorlik qoidalariga qat’iy rioya qilinishi kerak

    Yevropa musobaqalarini klublarning o‘zi tashkil qilishi kerak. Xarajatlar raqobatni o‘ldiradigan kapitallarga emas, ishlab topiladigan pullarga asoslangan bo‘lishi kerak. Moliyaviy barqarorlik qoidalari klublarga futbol bilan bog‘liq yillik daromadlarining faqat belgilangan foizini maosh va transferlarga sarflash imkonini berishi kerak.

    6. Dunyodagi eng yaxshi futbol musobaqasi

    Yangi musobaqa dunyodagi eng hayajonli sport musobaqasi nomiga da’vogarlik qilishi kerak. Yosh avlodning butun dunyoga tarqalgan sport va raqamli o‘yin kulgiga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Bunga faqat mavsum davomida eng yaxshi futbolchilar bir-biri bilan muntazam ravishda uchrashadigan turnir orqali erishish mumkin.

    7. Muxlislar uchun eng yaxshi tajriba

    Muxlislar bilan muloqot qilish futbolni qanday yaxshilash bo‘yicha g‘oyalar yaratish uchun zarur. Muxlislarning mehmondagi o‘yinlarga tashrif buyurishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak. Stadionlarni bir xil darajada yuqori sifatli holatga keltirish uchun infratuzilma standartlarini o‘rnatish kerak.

    8. Ayollar futbolini moliyalashtirishni oshirish

    Biz ayollar futbolini rivojlantirishda davom etishimiz kerak, shu sababli moliyalashtirishni sezilarli darajada oshirishimiz lozim. Investitsiyalar nafaqat professional darajadagi futbolga, balki havaskorlar uchun ham kerak.

    9. Birdamlik to‘lovlarini sezilarli darajada oshirish

    Superligada ishtirok etmaydigan klublar uchun birdamlik to‘lovlari, shuningdek, ijtimoiy maqsadlardagi to‘lovlar 400 million yevrodan kam bo‘lmaydi. Bu hozir to‘lanadigan puldan 2 baravarga ko‘p hisoblanadi.

    10. Yevropa Ittifoqining qadriyatlari va qonunlari hurmat qilinadi

    Yevropa klublar futbolining asosida Yevropa Ittifoqining qadriyatlari, qonunlari va erkinligi yotishi kerak. Sport tribunallarining yurisdiksiyasi faqat sport masalalari bilan qat’iy cheklanishi lozim. Boshqa barcha kelishmovchiliklar vakolatli sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak va barcha ishlar Yevropa Ittifoqi adliya organlarining nazorati ostida bo‘lishi kerak.

    Bu loyiha hozirgacha faqat gazetalardagi nashrlar va ayrim manfaatdor tomonlar uchun ishlab chiqilmoqda. Ular UEFA bilan ehtimoliy muzokaralar vaqtidagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun ishlamoqda. Ular muhokama qiladigan narsa yo‘qligini tushunmayapti. Lekin qiziq tomoni: o‘zini futbolning qutqaruvchisi deb da’vo qilayotgan uchta klubdan biri budjetdagi firibgarlikda, ikkinchisi esa hakamlar qo‘mitasi rahbarlaridan biriga pul o‘tkazganlikda ayblanmoqda. Ko‘ramiz, uchinchi klub bilan nima bo‘ladi? Ular futbolni qanday qutqarishini ko‘rish qiziq bo‘ladi, — dedi Cheferin.

    UEFA va Cheferinni tushunish mumkin. Ammo Superliga loyihasi haqida eshitishni ham xohlamayotgan siyosatchi avval “Barselona”, “Real Madrid” va “Yuventus”ni jiddiy tanqid qilishi, keyin esa o‘z turnirlarini aynan shu loyiha prinsiplari asosida reforma qilishi qiziqarli holat.

    30.04.2023, 18:33   Izoh (0)   5214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqaga rasman start beriladi

    30.04.2023, 11:02

    La Liga. “Real” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Almeriya”ni mag‘lub etdi, “Barselona” raqibini tor-mor etdi

    30.04.2023, 01:58

    A Seriya. “Roma” va “Milan” qo‘shimcha daqiqalarda gol urib, durang qayd etdi 

    29.04.2023, 23:36

    Lionel Messi “Barselona”dan taklif bo‘lishi bilanoq, uni qabul qiladi 

    29.04.2023, 19:41

    Alisher Usmonovga nisbatan ochilgan ish tufayli “Bavariya” stadioni va ofisida tintuv o‘tkazildi

    29.04.2023, 18:21

    Qatar shayxi “Manchester Yunayted”ni sotib olish bo‘yicha so‘nggi taklifni yubordi

    29.04.2023, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.