Qashqadaryoning Kitob tumanidagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 24-aprеl kuni soat 21:49 larda “Guliston” MFYda joylashgan 4 qavatli uy xonadonida yuz bergan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida fuqaro A.E. yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hodisa oqibatida uyning dеraza va eshik romlari joyidan qo‘zg‘algan. Ijtimoiy tarmoqlarda xonadonning portlashdan keyingi holati aks etgan tasvirlar tarqaldi.
Voqеa joyiga tumanning FVB, IIB, SSB, gaz ta’minoti bo‘limi hamda prokuratura mas’ullari chiqishgan. Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)