• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ko‘zim ojizligi 1000 dollar maoshga erishishimga to‘siq bo‘lmadi”. Namanganlik tarix fani o‘qituvchisi hikoyasi (video)

    Nozimjon Tojiboyev 15 yildan beri Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi 6-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarix fanidan dars beradi. U joriy yil aprel oyidan boshlab 1000 dollar miqdoridagi maoshga erishgan o‘qituvchilar safiga qo‘shildi. Bolaligidan ko‘zi ojiz bo‘lgan inson bunga qanday erishgani haqida “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyevga hikoya qilib berdi.

    “O‘quvchilarimning repetitorga qatnashini o‘zim uchun uyat deb hisoblayman”

    47 yoshdaman, o‘qituvchi sifatida 23 yillik stajim bor. Kosonsoy tumanidagi 45-maxsus maktabda tahsil oldim, so‘ng Namangan davlat universitetiga o‘qishga kirdim. O‘qishni tamomlab, 2000-yilda Uchqo‘rg‘on tumanidagi 42- umumtaʼlim maktabida ish boshladim. Bu yerda 8 yil davomida faoliyat yuritganimdan so‘ng tumandagi 6-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga taklif etishdi. Shu taʼlim muassasasida bolalarga tarix fanidan dars bera boshlaganimga ham 15 yil to‘ldi.

    Nozimjon Tojiboyev
    Foto: Jahongir Akramov

    Kitob, tarix va musiqaga qiziqish rahmatli otamdan o‘tgan. O‘zlari hatto maktabni tamomlamagan bo‘lsa ham, adabiyotga ishtiyoqi baland, Navoiy, Fuzuliyning ko‘p sheʼrlarini yoddan bilardi. U kishiga ergashib, men ham kitobga mukkasidan ketdim va bu 40 yildan beri davom etib kelmoqda. Kattaroq yozuvda bo‘lsa, odatiy kitoblarni ham, Brayl usulida chop etilganlarini ham o‘qiyman, oxirgi paytda audiokitoblar ham kor kelyapti.

    Foto: Jahongir Akramov

    Ilk bor o‘quvchilarga dars o‘tgani kirganimda kuchli hayajon bor edi. Bu holatni yengishimda bolalarning o‘zlari yordam berishdi, ular bilan tezda chiqishib ketdik. Sekin-asta o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga kirishlari uchun ham tayyorlay boshladim. Avval besh nafar bola keldi, keyin 10 nafar, shu tariqa ularning soni ko‘paya boshladi. Hozir hatto yakshanba kuni ham ularga vaqt ajratishimga to‘g‘ri keladi. Ularga saboq bera turib, o‘quvchilarim yana qo‘shimcha repetitorga ham qatnashlari aslida uyat men uchun.

    Foto: Jahongir Akramov

    Ustozlikning o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor, lekin quvonchli tomonlari ham kam emas. Avtomobilga chiqishga to‘g‘ri kelsa, haydovchilardan aksariyati yo sobiq o‘quvchim yoki ularning yaqinlari, do‘stlari bo‘lib chiqadi. Umuman notanish haydovchilar ham tarix fani o‘qituvchisi ekanligimni bilishsa, o‘tmishdagi voqealardan so‘z ochib, suhbatimni tinglab ketishadi, yo‘lkira olishdan ham bosh tortishadi. Shunday qiziqarli fan muallimi ekanligimdan faxrlanaman, albatta. Shogirdlarim juda ko‘p, ular orasida o‘zimning sobiq o‘quvchilarim ham bor.

    “Davlat tomonidan bizga yordamchilar ham ajratilgan”

    Aslini olganda, imkoniyati cheklangan odamning sog‘lom kishilarga dars o‘tishi ancha qiyin masala. O‘zim ham faoliyatimning boshida shu muammoga duch kelganman. Darsga eʼtiborsiz o‘quvchini payqamay qolasiz, bir kishidan mavzuni so‘rasangiz, boshqasi javob berishi mumkin va hokazo. Besh qo‘l barobar emas baribir. Bundan tushkunlikka tushgan, o‘kingan paytlarimiz bo‘lgan. Ammo qiyinchiliklarni bila turib bu kasbni tanlaganmiz, shu yo‘lga kirganmiz.

    Foto: Jahongir Akramov

    Hozir bizga davlat tomonidan yordamchi berilgan. U yozuv-chizuv ishlarini bajaradi, dars jarayonida yordam beradi. Qisqasi, bizga oyoq-qo‘limizday bo‘lib qolgan. Respublikamiz bo‘yicha nechta ko‘zi ojiz ustoz bo‘lsa, hammasiga kotiba ajratilgan.

    Oldinlari men kabi o‘qituvchilar sanoqli bo‘lgan bo‘lsa, hozir birgina tarix fanidan kiradigan oltmishdan ortiq ko‘zi ojiz muallimlarni bilaman. Ular bilan alohida guruhimiz bor, o‘zaro tajriba almashamiz, yangiliklarni o‘rtoqlashamiz.

    5 mln so‘m oylik ustamaga erishgan 1700 o‘qituvchi

    2013-yili oliy toifali o‘qituvchi bo‘ldim, oradan bir yil o‘tib “Xalq taʼlimi aʼlochisi” unvonini berishdi. Joriy yili davlat rahbari tashabbusi bilan o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘qitish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg‘armasi tashkil etildi. Oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Tanlov ikki bosqichda bo‘ldi. Birinchi bosqich — testda qatnashish uchun borganimda o‘qishga qiynalar ekansiz, suhbatning o‘zida qatnasha qoling deyishdi. O‘zimni sinab ko‘rmoqchi ekanligimni aytganimdan so‘ng ruxsat berishdi va 40 ta savoldan 36 tasiga to‘g‘ri javob belgilab chiqdim. Shunda ham 3 ta javob yanglish belgilaganim uchun xato bo‘ldi. Keyingi bosqichda savol-javoblar bo‘ldi va taqdimotlarimizni tinglashdi. Xullas, yakunda respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq nomzoddan qariyb 1700 kishi saralab olindi. Jumladan, Namangan viloyatidan 107 nafar o‘qituvchi. Ular safidan men ham o‘rin oldim.

    Foto: Jahongir Akramov

    Ustamaga qadar maoshim 6,5 million so‘m edi. Endi bunga 5 million so‘m atrofidagi oylik ustama ham qo‘shildi va maoshim 11,5 million so‘mga yetdi. Shu tariqa prezident aytgan 1000 dollar maoshga ega bo‘ldim.

    Ortda qolgan iz yaxshi

    O‘zimni baxtli ustoz va baxtli inson sanayman. Ixtisoslashtirilgan maktabda, maqsadi oliy o‘quv yurtiga kirish bo‘lgan yigit-qizlar qurshovida, yetuk, malakali hamkasblar bilan birgalikda faoliyat olib boraman. Kasbimni yaxshi ko‘raman, o‘quvchilarni ardoqlayman.

    Oilada ham hammasi yaxshi. Umrini bizga baxsh etgan oqila ayolim va uch nafar o‘g‘lim bor. O‘g‘illarimning to‘ng‘ichi Namanganda institutni bitirib, Toshkentdagi nufuzli kompaniyada ish boshladi, keyingisi akasi o‘qigan oliy o‘quv yurtida bitiruvchi kurs talabasi. Kenja o‘g‘lim o‘zim ishlaydigan maktabda 10-sinf o‘quvchisi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Ularning kamolini ko‘rish, xonadonimizga qo‘sha-qo‘sha kelinlar tushirish, nabiralar rohatini ko‘rib yurishni niyat qilganmiz. Ota-onamiz, ustozlarimiz, o‘quvchilarimiz va shogirdlarimizning yaqinlari duosini olib kam bo‘lmadik. O‘zimizdan arzigulik iz qolsin deymiz-da...

    25.04.2023, 08:00   Izoh (1)   7130
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 491733945@telegram.org / 25.04.2023, 12:39

      Nojimdon domla mening tarix ustozim boʻlganlar. 7 yil davomida ta'lim berganlar. Ularning hizmatlari tufayli oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirdim. Men ustozimdan minnaddorman. Bu yangilikni eshitib juda quvondim. Ustoz umringiz uzoq boʻlsin.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Hindiston bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda hamkorlik qiladi

    25.04.2023, 07:35

    Nogiron farzandi bor va og‘ir ahvoldagi 360 nafar toshkentlik xotin-qiz sayohatga olib chiqildi

    25.04.2023, 07:15

    Toshkentda erkak ustidan spirt quyib o‘zini yoqib yubordi

    24.04.2023, 23:38

    Xorazmda erkak qasd olish maqsadida 7 yoshli bolani bo‘g‘ib o‘ldirdi

    24.04.2023, 23:10

    Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

    24.04.2023, 22:45

    Samarqandda Nexia haydovchisi maktab o‘quvchisini urib, voqea joyidan qochib ketdi (video)

    24.04.2023, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.