• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Otasi voz kechgan, ijara azobini totgan, onasini eng baxtli ayol qilishga bel bog‘lagan vayner va xonanda Azoda 23 yoshda (foto, video)

    Vayner va bloger Azoda o‘zbekistonlik bo‘lmasa-da, to‘rt yildan buyon Toshkentda ijod qilmoqda. Avvaliga u vayner sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik film va kliplarda ham suratga tushishni boshladi. U bir yil avval kliplar suratga olib, xonanda sifatida ham faoliyat yuritishini ma’lum qildi. Ajablanarlisi shundaki, ayrimlar uni yomon xonanda deb hisoblashsa ham, Azodaning kliplari bir necha million marta tomosha qilinadi. Masalan, “Sog‘inasan” qo‘shig‘iga ishlangan klip 9 oy mobaynida naqd 44 million marotaba tomosha qilingan. Xullas, ijodi rang-barang, hayotda esa ko‘plab og‘ir kunlarni boshdan kechirgan Azoda haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlarni siz bilan bo‘lishamiz.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

     “Ota-onam ajrashganidan so‘ng ko‘p narsa o‘zgarib ketdi”

    — Qozog‘istonda tojik millatiga mansub oilada dunyoga kelganman. Uch farzandmiz, mendan keyin singlim va ukam bor. O‘n ikki yoshimga qadar hayotni boshqa bolalar singari rang-barang ko‘rardim. Ota-onam ajrashganidan keyin hammasi butunlay o‘zgarib ketdi. Onamning horlashlariga chidolmaganim dadamga yoqmagan. U ko‘pchilik oldida “Sen qizdan voz kechdim, kasalmand bola kerakmas”, degan. Bu gap menga juda og‘ir botgan. Haqiqatan ham bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim, ammo dadamdan bunday gapni eshitishni istamagandim. Onam uch bolani olib ijara uyga chiqib ketgan. Moddiy jihatdan ko‘p qiynalganmiz, shuning uchun onamga yordamlashish uchun men ham ishlardim, — deydi Azoda.

     

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    “Onam raqqosa bo‘lishimni orzu qilgan”

    — Keyinchalik bilsam onam ham bolalikda raqqosa bo‘lishni orzu qilgan, ammo orzusiga erisholmagan ekan. Darsdan keyin bozorchaga kelardim. U yerda onamning kichik “butka”chasi bo‘lib, xot-dog va qahva sotar, men esa unga yordamlashardim. Yuqori sinfda o‘qib yurgan paytimda ijtimoiy tarmoqlarga video joylash urf bo‘lgandi. Raqsga bo‘lgan qiziqishim sabab bo‘lib, turli videolar olib ijtimoiy tarmoqqa joylardim. Ammo telefonim oddiy bo‘lgani uchun videolarim u qadar sifatli emasdi, — deydi bloger.

    U san’atkor bo‘lish niyatida maktabni tamomlab, Toshkentga keladi. Estrada sirk kollejiga hujjatlarini olib borganida qabul tugaganini aytishadi. Shundan so‘ng u yana Qozog‘istonga qaytib ketadi.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    “Qiz bolaga muallimlik yaxshi”

    — O‘qishga olishmaganini eshitib tog‘alarim rosa xursand bo‘lishgan. Chunki ular san’atkor bo‘lishimga tish-tirnoqlari bilan qarshi edi. “Qiz bolaga muallimlik yaxshi” deb pedagogika kollejiga hujjatlarimni olib borishgan. Uch yil o‘qiganman, ammo baribir mendan yaxshi o‘qituvchi chiqmasligiga ko‘zim yetgan. O‘sha vaqtda darsdan keyin katta supermarketda sotuvchilik ham qilardim. Ko‘pchilik o‘zbek san’atkorlari Qozog‘istonga borishganda albatta supermarketga kirishardi. Chunki u Ostonadagi eng ko‘zga ko‘ringan supermarket edi. Bir kuni bir chekkada mevalarni saralab o‘tirsam Dilfuza Ismoilova viqor bilan kirib kelgan. Uni ko‘rib rosa havasim kelgandi.


    “Kreditga telefon olib, videolar suratga ola boshlaganman”

    — Videolar olishga bo‘lgan qiziqishim ortib, hamkasb ayoldan iltimos qilib uning nomiga ayfon telefonini kreditga olgandim. Yoshim kichkina bo‘lgani uchun o‘zimning nomimga ololmasdim. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay kelishmovchilik sabab ishdan bo‘shashimga to‘g‘ri keldi. U opa turmush o‘rtog‘ining urushganligini aytib, telefonni qo‘limdan yulib olgan. Uydagilarga bu haqida aytishga uyalib, o‘g‘irlatib qo‘ydim, deb bahona qilgandim. Ammo o‘shanda juda qattiq dilim og‘rigan, — deydi bloger Azoda.

    Azodaning raqsga tushib videolar olishi va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashi ba’zilarga yoqmagan. Tog‘alari uning ijodiga jiddiy qarshi bo‘lishgan.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    “Onamning sovg‘asi menga motivatsiya bag‘ishlagan” 


    — O‘shanda onam yonimni olib “Qiz meniki, yeb ichiryapmanmi uning tarbiyasini ham o‘zimga qo‘yib beringlar”, degan. Otasiz ko‘p qiynalganmiz, ammo onam uning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilardi. Bayramlar kamtarona dasturxon bilan ham fayzli o‘tardi. Xullas bir kuni telefonim va maxsus chiroqlarim yo‘qligini aytib nolib qolganman. Onam indamagan va ertasi kuni ayfon telefoni va video olish uchun dumaloq lampa ko‘tarib kelgandi. Shunda yig‘lab yuborganman, ammo onamning sovg‘asi menga motivatsiya bag‘ishlagan, — deydi bloger Azoda.

    Azoda ijodini O‘zbekistonda boshlaganida ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. U “Maximum” jamoasi yigitlarining Instagram’dagi takliflariga ko‘ra, O‘zbekistonga kelgan.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Ko‘pchilik meni tiktoker deb biladi. Ammo 2017-yil blogerlikni boshlaganimda hali tiktok yaratilmagandi. Men asosan qozoq yoshlari bilan “KVN”larda ishtirok etardim. Ijtimoiy tarmoqlar uchun ham vaynlar olardim. Qozoq tilida bo‘lgani uchun o‘zbek kuzatuvchilari ularni ko‘rmagan bo‘lishlari tabiiy hol. 2019-yil komik aktrisa Shahlo Zoirovani parodiya qilib, videoni Instagram’ga joylaganman. Ana shu video sabab omadim kelgan. Instagram’da o‘zbek kuzatuvchilarim soni ortganidan keyin O‘zbekistonga taklif etishgan. Oila a’zolarimning uzoq qarshiliklaridan so‘ng, 2020-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekistonga kelganman. Oiladan uzoqda yashash juda qiyin. O‘shanda uydagilarni ham bu yerga olib kelaman, ukam bilan singlimni o‘qitaman, deb niyat qilgandim. Niyatimga yetdim, — deydi Azoda.

    Azoda ayni pandemiya davri kuchaygan paytda O‘zbekistonga keldi. U yarim tunga qadar chegarada qolib ketgani, Toshkentda yaqinlari yo‘qligidan qiynalgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    “Toshkentda meni hech kim kutmayotgan edi”

    — “Toshkentga boraman” deb uzoq yo‘l bosib keldim-u, ammo bu yerda meni hech kim kutmasdi. Shundan so‘ng “Tik-tok xaus” bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Ammo ko‘pchilik o‘ylagandek biz u yerda yashamasdik. Shaxsan men ishga borgandek kunduzi borib, kechga yaqin qaytardim. Besh-olti oyga qadar o‘zimni bu shaharda begonadek his qilganman. Hatto, ko‘chadan taksi to‘xtatishga ham qo‘rqqanman, — deydi bloger.

    Azoda onasi uy olish uchun uch yil Janubiy Koreyada ishlagani va farzandlaridan ayro yashagani haqida kuyunib gapirdi.

    — Qozog‘istonda ishlagan pullarimizni to‘plab uy olmoqchi bo‘lganmiz. Ammo onamni “Arzonga uy olib beraman”, deb aldashgan. Pullarni olib izsiz g‘oyib bo‘lishgan. Shundan keyin onam ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Uch bolani boqish kerak, deb Janubiy Koreyaga ishlagani ketgandi. Singlim Olmotada, men Toshkentda, onam Koreyada ukam esa qishloqda qarindoshlarimizning uyida yashardi. “Uy olaman va barchani Toshkentga olib kelaman”, deb niyat qilardim. 2021-yili shu orzuyim amalga oshdi. Uy olib, oilamni jamladim, — deydi bloger.

    Hozirga qadar u “Onamni eng baxtli ayol qilaman”, “Sog‘inasan”, “Otasiz yor-yor” va “Go‘zalsan sevgi” nomli qo‘shiqlarni ijro etgan. Bloger nega qo‘shiqchilikka qo‘l urgani va qarzga olingan klipi 44 million marta tomosha qilinganini ma’lum qildi.

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Ilk qo‘shiqni shunchaki videoda foydalanish maqsadida ijro etganman. U ko‘pchilikka ma’qul bo‘lganidan keyin “Sog‘inasan” nomli qo‘shiqni ijro etganman. To‘g‘risini aytsam o‘sha paytda moliyaviy ahvolim u qadar yaxshi emasdi. Klipmeyker bilan gaplashib qarzga klip oldirganman. Ammo klip kutilganidan ham yaxshiroq natija berdi.
    Ilgari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qishni istardim. Hozir bunga xohishim yo‘q. O‘qimoqchiman, ammo boshqa mutaxassislikni egallash niyatidaman. Menimcha, yaxshi aktyorga shogird tushib, aktyorlik sirlarini o‘rgansa bo‘ladi. Amaliyot esa ijodkorni pishitadi. Qo‘shiq aytishga bolaligimdan qiziqaman. Ammo bu bo‘yicha ham malakamni oshirishim kerak. Hozircha qo‘shiqlarim ko‘p emas. Ammo xalq talabi bilan xizmatlarda ishtirok etyapman, — deydi Azoda.

    25.04.2023, 12:30   Izoh (0)   51346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi? 

    25.04.2023, 10:39

    Instagram: Feruza Normatovaning oila a’zolariga kutilmagan sovg‘asi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Luiza Rasulova, muxlislaridan duo so‘ragan Ra’no Shodiyeva

    24.04.2023, 22:50

    Gollivud yulduzi Skarlett Yoxansson Marvel’ga qaytishni istamasligini ma’lum qildi

    24.04.2023, 21:43

    Qashshoq milliarderlar: boyliklarini shamolga sovurgan sayyoradagi eng boy odamlar

    24.04.2023, 13:22

    Instagram: 23 yoshni qarshi olgan Azoda, xalq duosini olgan Liil Xurramov, Malika Ravshanova xonadonidagi xursandchilik 

    23.04.2023, 22:14

    Xonzoda Do‘stova davlat filmi uchun 2 ming dollarlik reklamadan voz kechgani va Sherali Jo‘rayev parodiyasi uchun tanbeh eshitgani haqida (video)

    23.04.2023, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.