Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida erkak qasd olish maqsadida 9 yoshli bolani bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, holat 18-mart kuni soat 20:00 larda Tuproqqalʼa tumani “Muhabbat” mahallasida sodir bo‘lgan. Mazkur mahallada vaqtincha yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan shaxs shu kuni o‘ch olish maqsadida 2016-yil tug‘ilgan bolani bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘iga tanishlarining oldiga borib kelishini aytib, uydan chiqib ketgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Izoh (0)