Toshkent shahrida 28-aprel kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Dunyoda “Avtomobilsiz kun” tadbiri 1995-yildan buyon o‘tkaziladi. Jahon uzra ommalashganiga esa 23 yil bo‘ldi. Bu bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirish maqsadida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, shu bois ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.
Izoh (0)