Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida otasi tomonidan yashirilgan to‘rt yoshli qiz Toshkent shahridan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, byuroning Bag‘dod tumani bo‘limi ish yurituviga FIB Rishton tumanlararo sudining 2022-yil 25-avgustdagi qaroriga asosan, qarzdor javobgar (ota) M.A tarbiyasidan undiruvchi daʼvogar (ona) A.F. tarbiyasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandini olib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan. Ushbu ish ijroga qaratilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin ota farzandini undiruvchi tarbiyasiga bermasdan, yashirib qo‘ygani aniqlanib, bolani qidirib topish uchun davlat ijrochisi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni qidiruv eʼlon qilingan.
Qayd etilishicha, 18-aprel kuni qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani IIB hamda byuroning Toshkent shahar qidiruv sho‘basi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida 2019-yilda tug‘ilgan qizaloq Yashnobod tumanidan topilgan va onasi A.F.ga olib berilib, ijro ishi tamomlandi.
Izoh (0)