Surxondaryo viloyatida tadbirkor Ramazon hayiti kuni 40 ta ehtiyojmand oilaga uy hadya qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Ramazon hayiti bayramiga tuhfa sifatida Sherobodlik tadbirkor tomonidan tumanning “Taroqli” mahallasida 2 ta ko‘p qavatli, 40 ta xonadonli turar joy qurib bitkazildi hamda to‘liq jihozlangan holda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joysiz xotin-qizlarga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va xonadonlar kalitlarini Prezident nomidan o‘z egalariga topshirdi.

Izoh (0)