• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oilaviy bolalar uyi ajoyib g‘oya, ammo muammolarimiz ham yetarli”. 6 nafar bolani asrab olgan jurnalist tizimdagi kamchiliklar haqida (video)

    Namanganlik jurnalist, “Uychinoma” gazetasi muharriri Muhammadali Qambarov bundan ikki yil avval “Mehribonlik uyi”dan besh nafar bolani qaramog‘iga olib, oilaviy bolalar uyini tashkil etgandi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev u bilan uchrashib, bugungi kundagi holat va tizimdagi muammolar haqida suhbatlashdi.

    “Yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga aylandik”

    “2022-yil avgust oyiga qadar yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritdik. Bunda bir nafar rahbar hamda tarbiyachi uchun haq to‘lanar edi. 2022-yil sentabr oyidan yuridik shaxs maqomi tugatilib, jismoniy shaxs sifatida faoliyat yurita boshladik. Boshida juda qiynalardik, sababi, oddiy narsalarni ham birja orqali sotib olishga to‘g‘ri kelar, oylab kechikish holatlari bor edi. Hozir ancha yaxshi: har oyning 5-sanasiga plastik kartamizga bir nafar bola xarajatlari uchun eng kam ish haqining 7 barobari, hozirda 2,1 million so‘mdan, har bir bola parvarishi uchun esa eng kam ish haqi miqdorida, yaʼni 920 ming so‘mdan pul o‘tkazib berilyapti.

    Muhammadali Qambarovning oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari.
    Foto: Jahongir Akramov

    Bundan tashqari boshqa mablag‘ ko‘zda tutilmagan. Avval smeta asosida har oyga pul taqsimlanib, ko‘p xarajatlar davlat tomonidan to‘liq amalga oshirilardi. Hozir esa hammasi o‘sha 2,1 million so‘mning ichida. Bu mablag‘ baʼzida yetmaydi. Homiylar esa avvalgi ‘Mehribonlik uyi‘ga o‘xshab hadeganda qatorlashib kelavermaydi, o‘zimiz ularni izlashimizga to‘g‘ri keladi”.

    “Tutingan bolamga pasport olishda qiynaldim. Ism-sharifni o‘zgartirishni esa qo‘yavering”

    “2022-yili bir tarbiyalanuvchimiz Toshkentga, ‘Temurbeklar maktabi‘ga o‘qishga kirdi, yana biri 19 yoshga to‘lib, o‘ziga ajratilgan uyda mustaqil yashashni boshladi.

    Bizda bolalar 18 yoshgacha tarbiyalanadi va kimdir xonadonimizni tark etsa, o‘rniga boshqasini qabul qilamiz. O‘tgan yili oktyabr oyida yana bir nafar o‘g‘il bolani qabul qildik. Uni hujjatda 8 yosh deb berishgan bo‘lsa-da, nazarimda, kamida 10 yosh. Ism-sharifini qo‘yishda kamsitishga yo‘l qo‘yilgan: Topildiyev Topildi Topildi o‘g‘li. Uning qonuniy vakili sifatida Uychi tuman hokimligi va tuman FHDYO bo‘limiga murojaat qilib, bolaning ism-sharifini avvalgi va hozirgi prezidentlar hamda o‘zimning ismimdan kelib chiqib, ‘Muhammadaziz Shavkatovich Karimov‘ deb o‘zgartirmoqchiligimni bildirdim.

    Muhammadali Qambarov va Topildi Topildiyev.

    Foto: Jahongir Akramov

    Har ikki tashkilot huquqiy jihatdan yordam berib turgan bir paytda dastlabki xatoga yo‘l qo‘ygan Davlatobod tuman FHDYO bo‘limi rad javobini berdi. Ushbu javobni qonuniy asoslantirib berishni so‘rab, 2023-yil 2-mart kungi bergan yozma murojaatimga haligacha javob ololganim yo‘q, avvaliga hatto arizamni qabul qilishni ham istashmadi.

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda tutingan ota-onalarning vakolati bor. Ammo ayrim tashkilotlar bu hujjat bilan yo to‘liq tanish emas yoki undagi majburiyatlarini bajarishni istamaydi. Tarbiyalanuvchim Otabek Soliyev MMA sport turi bilan shug‘ullanadi. Unga Qozog‘istondagi musobaqada qatnashishi uchun xorijga chiqish pasportini olishda ancha sarson bo‘lib, bir qancha hujjatlar tayyorlashimga to‘g‘ri keldi. Hujjatda bir yilda ikki marta bolalarni tarixiy joylarga sayohatga olib chiqish, ota-onalarga bir yilda bir marta sihatgohda bepul davolanishi uchun yo‘llanma ajratish ko‘zda tutilgan. Biroq bu bandlar ham bajarilmayapti”.

    “Maosh bor, staj yo‘q”

    “Oilaviy bolalar uyini tashkil qilishda oliy maʼlumotlilarga ustunlik berilgan. Bu yaxshi, albatta. Biroq staj masalasiga kelsak, bunga qonuniy asos yo‘q. Biror yerda ishlamasak, bizga staj yozilmaydi. O‘zim jurnalistman, turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi, lekin hammada ham bunday emas-ku? Bolalar bilan doimiy shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqtning o‘zi yetarli emas. Agar maoshni qayta ko‘rib chiqib, hech yo‘q onalar uchun staj masalasi hal etilsa, bolalarga ko‘proq vaqt ajratish imkoni bo‘lardi.

    Mehribonlik uyi bilan OBUning farqi ancha. Sababi, avval bola tayyor narsaga o‘rgangan bo‘lsa, oilada bola ota-ona bilan birga mehnat qiladi, nimadir tayyorlaydi, o‘zi mustaqil ish bajaradi. Tayyorga ayyor bo‘lmaydi. Bunga esa hamma bola ham tez moslashib ketolmaydi. Turli toifadagi bolalar bor, baʼzida ular bilan soatlab ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu borada psixologga ehtiyojimiz katta. Psixolog ko‘proq bola bilan gaplashib, undagi kechinmalarni o‘z vaqtida aniqlab bormasa, tahlil qilib, tegishli choralar ko‘rmasa, vaziyat murakkablashib boraveradi. Bizga jamoatchilik asosida biriktiriladigan emas, balki muntazam shug‘ullanadigan psixolog kerak”.

    “Imtihonlar avgustda, javobi esa dekabrda”

    “OBUga keladigan bolalarning aksariyati turli noxush vaziyatlarga tushib qolgan, bevosita jinoyatlarni ko‘rgan, ruhiy bosimga uchragan yoki maktabda o‘qimay, ko‘chada vaqtini o‘tkazgan, eʼtibordan chetda qolgan bo‘ladi. Baʼzilarining fikrlash doirasi, dunyoqarashi shakllanmagan. Yoshi 10-15 yosh bo‘lsayam 5-6 yashar boladay fikrlaydi, 18 yoshga to‘lgan taqdirda ham u mustaqil hayotga hali tayyor emas.

    Nizomda esa 18 yoshdan keyin barcha bolalar mustaqil hayotga yo‘l oladi, yaʼni shu yoshga to‘lgan yili ularga bir xonali uy beriladi. Agar oila qursa, ikki xonali uy ajratiladi. Hujjatda yana bir bo‘shliq borki, bu keyingi xatolarga sabab bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili 19 yoshga to‘lgan bir nafar tarbiyalanuvchim 18 yoshdan o‘tganligi uchun (nizomda bola 18 yoshga to‘lgan kundan taʼminot to‘xtashi qayd etilgan) uch oy taʼminoti to‘xtab qoldi.

    Shu yili may oyida yana bir nafar tarbiyalanuvchim ham 18 yoshga to‘ladi. Ammo u bu yil maktabni bitirib, OTMga o‘qishga kiradi va uy olguniga qadar meni ixtiyorimda bo‘ladi. Bu muddat yil oxiri, dekabrgacha cho‘zilishi mumkin. Shu vaqt oralig‘ida uning taʼminoti to‘liq to‘xtaydi, unga o‘zimiz yonimizdan sarf qilishimizga to‘g‘ri keladi.

    Yana bir muammo maktabda sinfdan sinfga ko‘chirish bilan bog‘liq. Masalan, 8-sinfda o‘qishi kerak bo‘lgan bola ikki yil maktabda o‘qimagan deylik. Endi u 6-sinfdan boshlab o‘qishi kerak. Maktabni bitirguniga qadar esa 20 yoshga to‘lib qolishi mumkin. 18 yoshda taʼminot to‘xtasa, qolgan vaqt davomida unga qanday yordam berib bo‘ladi? Shu bois Nizomda sinfdan sinfga ko‘chirishni ham biror bandga kiritish va taʼminot masalasini qayta ko‘rib chiqish zarur.

    Tarbiyalanuvchilarimizda maktabni bitirgan yili OTMga kirish uchun imtiyoz bor. Biroq abituriyentlarga avgust oyida o‘qishga kirgan yoki kirmaganligi maʼlum bo‘lsa, OBU tarbiyalanuvchilarining imtiyozli ravishda o‘qishga kirganligi dekabr oyida hal bo‘ladi. Ungacha bola o‘qishga kirgan-kirmaganligini bilmay, ikkilanib yuraveradi.

    18 yoshga to‘lgan payt OBU tarbiyalanuvchilariga beriladigan uy tutingan ota-onalardan uzoq masofada bo‘lishi bolalarning keyingi taqdiridan xabarsizlik va ularning nazoratsiz qolishiga olib keladi. Masalan, o‘zimda shunday bo‘ldi. Biz Uychi tumanida turamiz, tutingan bolamizga berilgan xonadon esa Namangan shahrining chekka qismida. Tutingan ota-ona kabi ularning yaqini yo‘q ekan, kelgusida ham uzviylikni taʼminlash zarur. Yaʼni, uy hozirgi yashash hududidan berilishi maqsadga muvofiq.

    OBU tarbiyalanuvchilarini patronat yoki farzandlikka berish bo‘yicha baʼzida murojaatlar bo‘lib turadi. Oilaviy bolalar uyiga endi moslashgan bolani yana bir boshqa oilaga berish tartibini ham aniq belgilab qo‘yilishi, bunda tutingan ota-ona va bolaning xohish-istagi ham inobatga olinishi zarur, deb hisoblayman”.

    “Yaxlit tizim va mutasaddi tashkilotlar hamkorligi zarur”

    “OBU faoliyati 2021-yildan boshlangan bo‘lsa-da, ayrim mutasaddi rahbarlar, taʼlim, tibbiyot, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari haliyam qaror mazmun-mohiyatini anglab yetmadi, deb o‘ylayman. Ularni biz istab emas, o‘zlari bizni, bolalarni izlab kelmas, tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sayohatlar tashkil qilish, turli tanlovlarga jalb etish, sog‘lomlashtirish kabi masalalarda hamkorlik qilmas ekan, bolalar  dunyoqarashini o‘zgartirishda o‘zimiz qiynalamiz.

    Nizomda ko‘rsatilgan bandlarning to‘liq bajarilishini nazorat qilish hamda bolalarni huquqiy, psixologik, tibbiy, ijtimoiy, maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun bitta yaxlit tizim yaratilishi kerak. Yaʼni, bu vazifalarni to‘liq Milliy gvardiya ixtiyoriga berib, uning vakolatini kengaytirish zarur. Viloyatlarda yoki OBU mavjud tumanlarda alohida bo‘lim tashkil etilishi kerak. Jamoatchilik asosida vazifa yuklatilmasligi va aniq mablag‘i, masʼullar ko‘rsatilishi zarur.

    Xorazm va Qashqadaryodagi bolalar uylari bilan bog‘liq noxush holatlar bir kunda emas, yillar davomida shakllanib, endi yuzaga chiqqan, deb o‘ylayman. Agar jamoat tashkilotlari, psixologlar muntazam ishlaganida, yilda kamida ikki marta tibbiy ko‘rik o‘tkazilganida, bunday xunuk holat yuzaga kelmasdi. Psixologlar doimiy kerakligini shundan ham bilish mumkin.

    Yuqoridagi tanqid va takliflarimning barchasi Nizomni qayta ko‘rib chiqish zaruriyati borligini ko‘rsatadi. Uni ishlab chiqishda bevosita amaliyotda qo‘llayotgan tutingan ota-onalarning ishtiroki ham zarurligini hisobga olishlarini istardim”.

    15.04.2023, 16:05   Izoh (0)   8329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Milliy gvardiya xodimi mehribonlik uyining 5 nafar tarbiyalanuvchisini qaramog‘iga oldi (foto va video)

    30.09.2021, 15:22

    Namanganlik jurnalist 5 nafar bolani asrab oldi. Uning yolg‘iz o‘g‘li uch yil avval vafot etgandi (foto va video)

    07.10.2021, 14:11

    Qarshida shatakka olib ketilayotgan Labo yonib ketdi

    15.04.2023, 15:20

    Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit o‘zganing Nexia-3’ini olib qochdi

    15.04.2023, 15:05

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatida sezildi

    15.04.2023, 14:50

    O‘zbekistonda havo keskin soviydi. Meva va sabzavotlarni yana sovuq uradimi?

    15.04.2023, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.