“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, kelasi hafta boshida ayrim hududlarda harorat 0 darajagacha pasayadi.
17-aprel kuni kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyati va tog‘li hududlarda havo harorati 0 darajagacha tushadi. 16—17-aprel kunlari Ustyurtda harorat -2 darajagacha pasayishi mumkin.
“O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatovning qayd etishicha, sovuq antisiklon ta’sirida haroratning nol darajagacha pasayib ketishi hozirgi mavsum uchun tuproq sirtida ham haroratni sezilarli darajada pasaytirishi, bu qishloq xo‘jaligi uchun “sovuq urish” (zamorozok) hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
Izoh (0)