Armaniston Tergov qo‘mitasi bosh vazir Nikol Pashinyanga soyabon uloqtirgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita Facebook’dagi sahifasida bu haqda ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 10-aprel kuni Armaniston bosh vaziri Vayots Dzor viloyatining Malishka qishlog‘iga tashrif buyurgan. 47 yoshli mahalliy ayol bosh vazirning rasmiy faoliyatiga to‘sqinlik qilib, unga soyabon uloqtirgan. Natijada ayol qo‘lga olinib, dastlabki tergov olib boruvchi tuzilmaga olib ketilgan.
Dastlabki tergov harakatlari mansabdor shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qilish va uning faoliyatiga aralashish bo‘yicha jinoyat moddasi bo‘yicha olib borilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari favqulodda holat tafsilotlarini aniqlamoqda.
Izoh (0)