AQSHdagi Bryus Myurrey Kaliforniya sayyoraviy tasvirlash laboratoriyasining olimlari hozirgi kunga qadar eng batafsil Marsning 3D globusini ishga tushirdi.
Onlayn globus 2006-yildan beri Mars Reconnaissance Orbiter qurilmasining CTX kamerasi tomonidan olingan 110 000 ta oq-qora tasvirlardan iborat. Mars xaritasining o‘lchamlari piksel uchun 25 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qizil sayyora globusini yaratish uchun olti yil kerak bo‘lgan.
Globus sayyoradagi roverlar orasida tezkor harakatlanish uchun panel bilan jihozlangan. Globus interaktiv bo‘lgani uchun uni aylantirish va xarita masshtabini o‘zgartirish mumkin.
Shuningdek, Marsning “diqqatga sazovor joylari”, jumladan quyosh tizimidagi eng baland Olimp tog‘i yoki Mariner vodiysini kuzatish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari olimlari Marsning yangi batafsil xaritasini yaratgandi. Xarita Hope-Emirates Exploration Imager (EXI) tasvirni qayta ishlashning eng ilg‘or bort tizimi yordamida tuzilgan.
Xaritada qutb muzliklari, tog‘lar va uzoq vaqt davomida faol bo‘lmagan vulqonlar, taxminan 3,5 milliard yil avval suyuq suv bilan to‘lib toshgan qadimgi daryo, ko‘l va vodiy qoldig‘i ko‘rsatilgan. Xarita sayyorashunos olimlarga Marsning iqlimi milliardlab yillar davomida qanday o‘zgarganini yaxshiroq tushunishga yordam berishi mumkin.
Izoh (0)