• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ijarada yashagan, kosmetika sotib kun ko‘rgan, universitetni 8 yil deganda bitirgan Nilufar Usmonova 36 yoshda

    Nilufar Usmonovani avvaliga shunchaki Yulduz Usmonovaning qizi sifatida bilishgan bo‘lsa, hozirgi kunda uni ham ijodkor sifatida tanishadi. O‘z vaqtida uning xonandalik faoliyati ko‘plab tanqidlarga uchragandi. Ammo yillar davomida xonanda onasining soyasidagi ijodkor emasligini isbotlay oldi. 6-aprel sanasida 36 yoshni qarshilagan ijodkorning ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.  

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Yulduz Usmonovaning ilk turmush o‘rtog‘i sozanda Ibrohim Hakimov bo‘lgan. Ikki ijodkor qisqa turmushi davomida qiz farzandli bo‘lishgan. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra, ular 1996-yili rasman ajrashgan. Nilufar Usmonova o‘z intervyularida to‘liq oilada ulg‘ayishni orzu qilgani va bolalagida ota-ona mehriga zor bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Bolaligim Marg‘ilonda buvimning hovlisida o‘tgan. Ra’no xolam onamdek mehr bergan bo‘lsa-da, bola baribir o‘z ota-onasini sog‘inar ekan. Xolalarimning o‘z farzandlari bor edi. Ular bilan birga o‘ynardik, urishib qolsak baribir o‘z singli ukasi bilan birga bo‘lib olardi. Men esa yolg‘izlanib qolardim. O‘shanda “Hali bolalarim ko‘p bo‘ladi, hech kim ularni yolg‘izlatib qo‘ymaydi”, deganimda farishtalar omin degan ekan. Otamni ham, onamni ham yaxshi ko‘raman. Ajrashish ularning qarori. Qarorlarini hurmat qilgan holda ikkisiga ham bo‘lgan farzandlik mehrim saqlanib qoladi, — deydi Nilufar Usmonova.

    Nilufar Usmonova bolalikdan san’atga qiziqqan. U ilk marta 8 yoshida “Shaytonga bo‘ysungan yuraklar” nomli qo‘shiqni onasi bilan duet tarzida ijro etgan. Qo‘shiq Yulduz Usmonovaning 1995-yildagi konsert dasturi uchun maxsus yaratilgan, keyinroq unga klip ham suratga olingan. 

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Xonanda boshlang‘ich ta’limni Marg‘ilon shahridagi 18-sonli maktabda oladi. Undan so‘ng onasi Nilufarni Toshkentga olib kelib, til o‘rganishiga sharoit yaratadi. 10 yoshida uni Buyuk Britaniyaga o‘qishga yuborishadi, shu tarzda Nilufar Vinehall maktabi va Sherborn xalqaro kollejida tahsil oladi. Nilufar Usmonova 2001-yili O‘zbekistonga qaytib keladi va o‘rta ta’limni xalqaro maktabda yakunlaydi. 

    Xonanda Nilufar Usmonova erta turmushga chiqqan. U 17 bahorida yosh huquqshunos Novzod Saidgaziyev bilan oila qurgan. 2004-yilda xonanda ilk bor onalik baxtiga sazovor bo‘lgan. Xonandaning ilk turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. 

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Ajrashishimizning sabablari ko‘p. Men bir marta rasman nikohdan o‘tganman va ajrashganman. U inson olamdan o‘tib ketdi, yomon gaplar bilan eslashni istamayman. U besh qiz ichida o‘sgan yagona o‘g‘il farzand edi. Oilamni mustahkamlash uchun harakat qilganman, ammo onamning gaplari qattiq ta’sir qilgan. “Seni istamagan insonga intilib qadringni tushurma, hammasi taqdirdan”, degan. Qaynonam ham xuddi onamdek cho‘rtkesar ayol edi. O‘g‘liga “Yoqmayaptimi ajrash”, degan. Shunday bo‘lsa-da, bu insondan minnatdorman. Chunki bu turmush aqlli o‘g‘lim Saidazamxonning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    Turmushdan ajrashgan Nilufar Usmonova ruhiy tushkunlikka tushadi. Onasi bilan jiddiy kelishmovchiliklarga borib, o‘g‘li bilan alohida yashashga qaror qiladi. 

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Birinchi turmushim bo‘lmaganidan keyin onam ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lganida o‘g‘limni olib, uydan chiqib ketganman. Chunki men onam aytgan insonga turmushga chiqishni xohlamaganman, sababi men boshqa insonni sevardim. Onam mashinamni olib qo‘yib, yashashim uchun uy bergan. O‘sha uyning sharoiti yaxshi bo‘lgani uchun men uni ijaraga berib, o‘zim sharoitsiz uyda yashaganman. Chunki bolamning bog‘chasiga, o‘zimning yurish-turishimga pul kerak edi. Ba’zan juda pul zarur bo‘lib qolganida, kosmetika sotadigan ayoldan tovar olib, xonanda dugonalarimga sotib, pul topganman.

    O‘g‘lim Saida’zamxon kuni bilan bog‘chada bo‘lardi, kechki payt uyga kelganida Maggi tez tayyor lapshani yaxshi ko‘rgani uchun, shuni olib tayyorlab berardim. Bola shuni yeb uxlardi, ertalab yana bog‘chaga ketardi. Uyim shu darajada eski, sharoitsiz ediki, poldan linoleum yirtilib, sementi chiqib yotardi. Eski ‘Biryusa’ muzlatkichi turardi. Uni ichida hech narsa bo‘lmasdi, deyarli. Faqat ovqat qilish uchun zarur bo‘lgan go‘sht, kartoshka, sabzi piyoz bo‘lardi. Bir kuni Saida’zamxon o‘sha muzlatkichni ochgandi, uni tok urib, orqaga otib yubordi. Shu holat menga juda qattiq ta’sir qildi. Do‘stlar, tanish bilishlar orqali to‘ylarga chiqa boshladim. To‘ylarga kirib, qistirilgan pulni olib, chiqib ketardim. Shunday qilib, men o‘zimni to‘ylarda ‘raskrutka’ qilib olganman. Mening qo‘shiqlarim to‘ybop bo‘lmagani uchun kim necha pul bersa boraverganman o‘sha to‘yga.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Birinchi gonorarimga olgan eng qimmat narsa bu 1375 dollarlik muzlatgich bo‘lgan. ‘Chirindi’ uyimda o‘sha qimmatbaho muzlatgich turardi. Bolamni tok urib yuborgani menga qattiq ta’sir qilgan, shuning uchun muzlatgichning eng qimmatidan olganman”, — deydi xonanda.

    Ruhiy tushkunlik va moddiy qiyinchiliklar uni ijod qilishga undaydi. 2005-yili “Bolam shu yurt seniki” nomli qo‘shiqni ijro etadi. Bu bilan onasiga ham nimanidir isbotlashni istagandi. Ammo qo‘shiq yaratish, ijodni boshlash oson emas. Shu bois u prodyuserlik kompaniyasiga murojaat qilib, hamkorlikni taklif qiladi. 

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Birinchi marta to‘yga chiqishim juda qiziq kechgan. Do‘stim Jamshid Bobojonov “Shunaqa qilib o‘tiraverasanmi bolang uchun ham ishlashing kerak-ku”, deb koyib bergan. Shundan keyin to‘ylarga chiqishni boshlaganmiz. Ammo faqat do‘stlarimizning to‘yiga borardik. Chunki hali tashqaridan to‘y oladigan darajada mashhur emasdim, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    Nilufar Usmonova 2006-yili Toshkent davlat yuridik institutiga o‘qishga kiradi. Ammo u yerda o‘qish oson kechmaydi. 2009-yili oila qurgach, akademik ta’til olishga majbur bo‘ladi. Chunki xonanda ketma-ket ikki o‘g‘il farzandli bo‘ladi. Xullas, akademik ta’tillar bir-biriga ulanib xonanda 2013-yilda o‘qishni yakunlaydi. 

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Hozirgi kunda Nilufar Usmonovaning besh nafar farzandi bor. Xonanda intervyularida yana farzand ko‘rish niyati borligini aytib keladi.

    — Yettita bolam bo‘lishini orzu qilaman. Ular bir-biriga tirgak bo‘ladi, — deydi u. 

    Nilufar Usmonova ham ko‘pchilik hamkasblari singari o‘zini aktrisalik borasida sinab ko‘rgan. U ilk marta “Muhabbat sinovlari” filmida suratga tushgan. Ammo o‘zini aktrisa sifatida kashf etolmagach, bor e’tiborini qo‘shiqchilikka qaratgan. 

    Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev, Akbar Atamuhammedov, Shohruxxon,  Shahriyor va “Bojalar” guruhi bilan duetlar ijro etgan. 

    Afsuski, bolaligidan to‘kis oilani orzu qilgan Nilufar Usmonovaga bu nasib etmadi. U “Daryo”ga bergan intervyusida yolg‘iz ekanini aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova


    — Besh farzandimni yolg‘iz tarbiyalayapman. Yolg‘iz ayollarga qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman. Besh bolaning ta’minoti uchun ham hamisha harakatdaman, — dedi xonanda. 

    Nilufar Usmonova muntazam sport bilan shug‘ullanadi. Unga tuqruqdan so‘ng osilgan qorinni yo‘qotish va ortiqcha vazndan xolos bo‘lish ham muammo emas.

    Foto: Kollaj

    — Ko‘pchilik ayollar tug‘ruqdan so‘ng semiradi. Menda ham har bir farzandimni dunyoga keltirgach, vazn to‘plash bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Parhez qilishim qiyin. Shu bois ko‘proq suv, meva-sabzavotlarni iste’mol qilib, tinimsiz sport bilan shug‘ullanaman. Chunki parhezda yog‘lar erishi passiv, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda esa faol bo‘ladi. Shu bois faqat parhezning o‘zi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin, — deydi xonanda.

    Nilufar Usmonova bu yil to‘ng‘ich o‘g‘li Saidazamxonni xorijga o‘qishga jo‘natdi. Xonanda barcha farzandlarini ingiz va rus tiliga ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitadi.

    Xonanda 2022-yili ilk marta yakkaxon konsert dasturini o‘tkazdi. U 15 yillik faoliyati davomida biror marta yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagandi.

    Foto: “Daryo”

     — Konsert berishimga hech qachon taqiq bo‘lmagan. Tan olaman, u paytlari yosh bo‘lganman, o‘yin-kulgiga o‘ch bo‘lganman. Bundan tashqari, farzandlarimning ketma-ket tug‘ilishi sabab konsert berishga o‘zimda kuch topolmaganman. Ijodkor konsert berish uchun ruhan tayyor bo‘lishi kerak. Shu yil konsert berish nasib qilgan ekan, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    Nilufar Usmonova tadbirkorlikda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Hozircha uning tur firmasi va ro‘zg‘or buyumlari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘koni bor.

    07.04.2023, 13:28   Izoh (0)   74534
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Yarasheva, Nilufar Usmonovaga atalgan syurpriz, Halima Ibragimova tezlik cheklanganidan norozi  

    06.04.2023, 22:13

    Birinchi rolidayoq olamshumul mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar (foto) 

    06.04.2023, 20:15

    Bozordan kiyinadi, oddiy mashina haydaydi: Boy bo‘lsa-da, oddiy insonlar kabi hayot kechirishni ma’qul ko‘radigan mashhurlar (foto)

    06.04.2023, 17:40

    “Falaj bo‘lib qolasiz, deyishgandi”. Parizoda umurtqa pog‘onasidagi xavfli kasallikni raqs yordamida davolagani haqida (video) 

    06.04.2023, 13:35

    Yoqub Ahmedovning kuyovi, mahoratli aktyor va omadli tadbirkor: 45 yoshni qarshi olgan Rixsitilla Abdullayev haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar 

    05.04.2023, 21:37

    “Terminator” filmidagi Sara Konnor rolini ijro etgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.04.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy Yaponiyaning biolaboratoriyalari haqida film suratga oladi

    Dunyo | 5 avgust, 08:20

    ChatGPT ilovasidan haftasiga 700 millionga yaqin kishi foydalanmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 08:00

    Armanistonda “investitsiya saytlari” orqali 2 mln dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan kiberguruh a’zosi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 07:30

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.