Forbes 37-milliarderlar reytingini e’lon qildi. Unda Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘iston vakillari bor.
Qozog‘istonning 6 nafar milliarderi Forbes reytingidan joy olgan. Ulardan uchtasi bank sohasidan daromad oladi.
Qozog‘istonlik eng boy milliarder sifatida Vladimir Kim ko‘rsatilgan. Uning boyligi 2022-yilga nisbatan 400 mln dollarga kamaygan.
Vladimir Kim qurilish muhandisligi, iqtisod va biznes boshqaruvi bo‘yicha akademik ma’lumotlarga ega.
Ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rnidan Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi va kuyovi — Timur Kulibayev hamda Dinara Kulibayeva joy olgan. Ikkisining ham boyligi 4,3 mlrd dollarga baholanmoqda.
Shuningdek, qozog‘istonlik milliarderlar orasida Vyacheslav Kim, Timur Turlov va Bulat Utemuratov ham bor.
Forbes reytingida Markaziy Osiyodan boshqa davlat vakillari o‘rin olmagan.
O‘zbekistonda tug‘ilgan Alisher Usmonov Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi sabab rossiyalik milliarder sifatida ko‘rsatilgan. Uning boyligi 14,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Forbes jurnalining umumiy reytingida fransiyalik Bernard Arno yetakchi bo‘ldi. Uning boyligi 211 mlrd dollarga baholangan.
Izoh (0)