“Tolibon” harakati rahbari mulla Haybatulla Oxundzoda Afg‘onistonda marixuana yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Tolibon” rahbari farmonida mamlakat bo‘ylab nasha yetishtirish taqiqlangani qayd etilgan.
“Butun mamlakatda nasha yetishtirish mutlaqo taqiqlangan, hech kim o‘z yeriga nasha eka olmaydi, agar ular o‘z yerlariga nasha eksa, ekin yo‘q qilinadi”, — deydi Oxundzoda.
Ushbu farmonda mulla Haybatulla “Tolibon”ning Ichki ishlar vazirligi va ushbu guruhning boshqa tergov bo‘limlariga qonunga bo‘ysunmaganlarni sudga taqdim etishni buyurgan. “Tolibon”ning sud muassasalariga ham qonunbuzarlarni shariat asosida jazolash buyurilgan.
Mulla Haybatullaning Afg‘onistonning janubiy viloyatlarida ko‘knori yetishtirish va giyohvand moddalar savdosini taqiqlash to‘g‘risidagi farmoyishlari samarasiz ekani aytilmoqda. Mazkur viloyatlardagi bozorda opium sotilishi va xarid qilinishi keltirilgan.
Afg‘oniston dunyodagi eng yirik afyun va kannabis yetishtiruvchi davlatlardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud emas. BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2009-yilda Afg‘onistonda nasha yetishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha maydonlar ajratilgan.
Izoh (0)