• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sevgi bobida chopmagan omad, do‘st uchun kesilgan quloq, vaqtdan o‘zib ketgan daho. O‘limidan keyin mashhurlikka erishgan rassom — Vinsent van Gog

    Vinsent van Gog — niderlandiyalik eng mashhur rassomlardan biri. Hayotligida tan olinmagan, biroq hozirda kartinalari millionlab dollar turuvchi ijodkor. Masalan, 2021-yil 11-noyabr kuni Christie’s auksionida ustaning uchta kartinasi 154 million dollarga sotilgan. Daryo “100 buyuk inson” loyihasi doirasida ayanchli taqdirni boshidan o‘tkazgan van Gog haqida hikoya qiladi.

    Otasi Teodorus Van Gog va onasi Anna Korneliya Karbentus Van Gog
    Foto: Enotnavolge

    Uning butun merosi — bu nafaqat g‘aroyib kartinalar, balki chap qulog‘idan ayrilishi bilan bog‘liq ayanchli taqdir hamdir. Oxirgi 100 yilda ushbu savol bir necha bor ko‘tarilgan, ammo tadqiqotchilar bir ovozdan “Van Gog nima uchun bu ishni amalga oshirdi?” degan savolga javob bera olgani yo‘q.

    1890-yil 27-iyul kuni Vinsent van Gog Parijdan bir necha kilometr naridagi Over-syur-Uaz qishlog‘ida, qal’a ortida joylashgan bug‘doy dalasiga chiqib, o‘z ko‘ksiga o‘q uzgan. Bu vaqtga qadar rassom 1,5 yildan buyon — Arle shahrida ustara bilan chap qulog‘ini kesib tashlaganidan beri ruhiy kasallikdan aziyat chekardi. Ushbu ayanchli voqeadan keyin u tez-tez xayolini yo‘qotib, kunlab, ba’zida haftalab reallikdan uzilib qolardi. Umuman olganda, aqliy uzilishlari oraliqlarida u xotirjam bo‘lgan va kartinalarini chizishni davom ettirgan.

    Bundan tashqari, 1890-yil mayida ruhiy shifoxonadan chiqib, Overga ko‘chib o‘tganidan keyingi van Gog hayoti uning ijodidagi eng yorqin davr hisoblanadi: 70 kun ichida u 75 ta kartina, yuzdan ortiq surat va eskizlar chizgan. Shunga qaramay, u o‘zini yolg‘iz his qilgan va umri behuda sarflanganini o‘ylab, chuqur qayg‘uga botgan. Oxir-oqibat rassom uy egasiga tegishli kichikroq revolverni qo‘lga kiritadi va iyul oxiridagi yakshanba kuni dala maydoniga chiqib ketadi.

    Van Gog 9 yoshida chizgan surat
    Foto: Enotnavolge

    Van Gog olgan revolver kuchli emasdi, shu sababli rassom tepkini bosganida o‘q yurakni teshib o‘tish o‘rniga, qovurg‘aga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirib yuborgan. Van Gog hushini yo‘qotgan va yerga yiqilgan. Kech tushganida o‘ziga kelib, u boshlagan ishini oxiriga yetkazish maqsadida revolverni qidirishga tushgan, ammo topa olmay, yana mehmonxonaga qaytgan — bu yerda rassom uchun shifokorni chaqirishgan.

    Sodir bo‘lgan voqea haqida van Gog ukasi Teoga xabar bergan, ertasi kuni u yetib kelgan. Qanchadir vaqt davomida Teo Vinsent omon qoladi deb o‘ylagan, biroq uning hayotini saqlab qolishga kech edi. O‘sha mash’um tunda 37 yoshli rassom olamdan o‘tadi. “Mana shunday ketishni istagandim, deya u bir necha daqiqa yotdi va barchasi yakunlandi. U yerda topa olmagan halovatiga erishdi”, — deb yozgandi Teo o‘z rafiqasi Yoxannaga.

    Van Gogga biror aniq tashxis qo‘yilmagan (oxirgi o‘n yillarda ko‘plab farazlar ilgari surilgan — tutqanoqdan tortib, shizofreniya va alkogolizm, psixopatiya va ruhiyat buzilishigacha).

    “Tungi kafe”
    Foto: Enotnavolge

    Vinsent van Gogning tarjimayi holi shuni ko‘rsatadiki, u bolaligidan onasining xulq-atvoriga juda o‘xshab ketgan jilovsiz xarakterga ega bo‘lgan. Ota-onasi uyidan uzoqdagi maktab, javobsiz birinchi sevgi va oilaviy hayotni tartibga solishga urinish uning allaqachon his-tuyg‘ularga to‘la hayotini murakkablashtirib yuborgan. Ushbu hissiyotlar o‘z uslubini topguniga qadar uning polotnolarida turli ranglarda tasvirlangan.

    Ota-onadan meros qolgan xarakter

    Teodor van Gog oilasidagi birinchi farzand tug‘iliboq vafot etgan. Uning ortidan Vinsent dunyoga kelgan va unga bunday ism bejizga berilmagan — bu “g‘alaba xitobi” degani edi. Yosh bolakayning o‘lgan akasi bilan qanday aloqasi bo‘lgani noma’lum, ammo u tez-tez uning qabriga borib turgan, uzoq vaqtgacha qabr boshida un chiqarmay o‘tiravergan.

    Vinsentning otasi Teodor van Gog nasl-nasabli inson edi va ajdodlari kabi dinga qattiq berilgan. U doimo xushmuomala bo‘lgani uchun tashrif buyuruvchilar erkakni hurmat qilgan. Vinsentning onasi Anna Korneliya Karbentus esa turmush o‘rtog‘iga mutlaqo zid tabiatga ega edi. Uning fe’li shu qadar tez o‘zgarar ediki, bir zumda yumshoq ayol g‘azab otiga minardi. Ayol tez-tez xayollarga berilib, uzundan uzoq maktublar yozar, hayot haqida fikr yuritar yoki turli hayvonlar va o‘simliklar tasvirini chizardi. Vinsent ham xuddi u kabi ikki tomonlama xarakter egasi edi.

    Van Gog avtoportreti
    Foto: Enotnavolge

    Oilada keyinchalik ham boshqa farzandlar dunyoga kelgan, ammo rassom Teo va singlisi Vil bilan yaqin edi. Ular bilan o‘ynash asnosida turli hissiyotlar paydo bo‘lar va kayfiyati bir zumda o‘zgarib ketardi. Van Gog o‘yinqaroq bolakaydan osongina keskin gapirishga o‘tar va hatto qo‘pollik ham qilishi mumkin edi. Qishloqdoshlari esa uni doim xotirjam holatda ko‘rgan, shu sababli u ko‘pchilikning xotirasida bosiq va ibratli bola sifatida qolgan.

    Ikkilanish holati nafaqat uning xatti-harakatida, balki erta boshlangan ijodida ham ko‘zga tashlanadi. U tuproqdan biror shakl yasashi yoki biror nima chizishi mumkin edi va o‘z quvonchi bilan bo‘lishish uchun onasi yoniga chopardi. Ammo uzoq vaqt va mehnatini sarflagan barcha ishini vayron qilish uchun bir soniya kifoya qilardi.

    Van Gogning o‘zi ham tabiati onasidan o‘tganini tan olib kelgan. U ko‘p marotaba ahmoqona harakatlarni sodir etishga majburlagan hissiyotlar ichida jo‘sh urayotganini ta’kidlagan. Rassom hatto o‘z harakatlaridan uyalgan, ammo buning oldini olish imkonsiz edi. Vinsent van Gog ko‘pincha oxirigacha o‘ylamay qarorlar qabul qilganini tan oladi.

    Van Gogning shaxsiy hayoti va javobsiz sevgi

    Farzandining rivojlanishidan qayg‘urgan Vinsentning ota-onasi uni yotib ta’lim olinadigan pansionatga topshirgan. Bu bolakayning hissiyotlariga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. U o‘zini yolg‘iz va tashlab ketilgandek his qilgan. Keyin rasm chizishga urg‘u beriladigan ikkinchi maktab Vinsentga ma’qul bo‘lgan, lekin u yerda uzoq qolmay, uyiga qaytgan.

    “Rono uzra yulduzli kecha”, 1888-yil
    Foto: Enotnavolge

    Vinsentning shaxsiy hayoti haqida uning ota-onasi rassomni kartinalar savdosi bilan bog‘liq tijoriy faoliyatga yo‘naltirganidan boshlab gapirish mumkin. Bu yerda u o‘zini qulay his qilgan, Angliyaga ko‘chib o‘tish esa unga shu vaqtga qadar yetishmagan ozodlik, to‘qlik, muzeylarga tashriflar va birinchi sevgi kabi hislarni taqdim etgan. Ammo qiz boshqa bir yigitga unashtirilgani sabab Vinsentga rad javobini bergan. Oshiq yigit uchun bu og‘ir zarba va qalb og‘rig‘i edi. U rad javobidan tushkunlikka tushib, yaqinlariga yozgan maktublarida Xudo va din haqida fikrlar bildirishni boshlagan. Vinsent kelajagi zimiston bilan qoplangani bois oldinda o‘zini biror yaxshi narsa kutmayapti deb hisoblagan. Shu kabi o‘y-xayollar bilan u yana uyiga qaytganida, ota-onaning hayrati oshgan.

    Rassom hayotiga ikkinchi muhabbati 28 yoshida kirib kelgan va u mehmonga kelgan uzoq qarindoshi Korneliya edi. Vinsent u bilan ko‘p vaqt o‘tkazgan va qizni sevib qolganini tan olgan. Rassom yuzaga kelgan his-tuyg‘ulardan ilhomlangan, ko‘p yozgan va uylanish haqida orzu qilgan. Ammo bu yerda ham uni umidsizlik kutib turardi — yigit qizning rad javobini qabul qila olmagan. Yigitning xiraligidan bezor bo‘lgan qiz ularnikidan chiqib ketgan, biroq bu ham Vinsentni to‘xtatib qola olmagan — u ham qizning ortidan yo‘l olgan. Korneliyaning ota-onasi yigitga uni xushlamayotganliklarini bildirgan, shundan keyin u kaftini yonib turgan sham ustiga tutib, qizdan kafti qanchaga chidasa, shuncha muddatga uchrashuv taklif etgan. Korneliyaning otasi shunchaki shamni puflab o‘chirib, yigitni quvib solgan. Hissiyotlarga boy yigitning ikkinchi muhabbati shunday yakun topgandi.

    Omadsiz sevgi qissasidan keyin van Gog Gaagaga ko‘chib o‘tadi. Mauve ismli murabbiy unga boshpana topish va studiya ochishga yordam bergan. Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi do‘stona munosabat tezda yakun topadi. Taxminlarga ko‘ra, Muave yigitcha kim bilan yashayotganidan xabar topgan. Bu vaqtda esa Vinsentning hissiyotlari yana jo‘sh urgandi. Endilikda yigit 5 yoshli qizi bor homilador fohishaga ko‘ngil qo‘yadi. Rassom uni o‘zi bilan yashashga taklif qilgan va bu orqali Muavening noroziligini keltirib chiqargan.

    Van Gog avtoportreti
    Foto: Enotnavolge

    Siena bilan birgalikdagi hayot uzoq davom etmagan. Ayolning o‘tmishi ularga bosim bergan, van Gogning ota-onasi o‘g‘lining bu ishini oqlamagan va ularga yashash uchun ham pul yetmasdi. Kartinalar sotilmagani sabab kun kechirish qiyinlashgan. Natijada Vinsent bosimlarga chiday olmay, Siena va uning farzandlarini qoldirib, boshqa shaharga ko‘chib ketgan.

    1888-yilda spirtli ichimlik va tamakiga mukkasidan ketgan van Gog Arl shaharchasiga ko‘chib o‘tadi. Uning kallasida faqat bitta g‘oya aylangan: ijodiy jamiyat! Ijodkorlar jamiyatidan ham ajoyibroq nima bo‘lishi mumkin? Ular bir-birini ilhomlantirgan holda, buyuk san’at asarlarini yaratadilar. Vinsent ijodkorlar markaziga aylanishi mumkin bo‘lgan kichik sariq uychani ham rejalashtira boshlagan. Buning uchun u “12 ta kungaboqarli guldon”, “Tungi terrasadagi kafe”, “Rona uzra yulduzli kecha”, “Kechki kafe” kabi kartinalarini chizgan.

    “Yulduzli kecha”
    Foto: Enotnavolge

    Bu vaqtga kelib rassom impressionist parijliklar ta’siridan qutulgan va o‘z uslubini yaratishni boshlagan edi: yorqinlik, ekspressivlik, to‘yinganlik. U tinmay mehnat qilgani bois o‘zidagi ijodiy o‘sishni his qila boshlagan. Aynan shu muddat uning ijodidagi eng yorqin davrlar hisoblanadi: Vinsent ikki yilda 200 dan ortiq kartina yaratgan.

    Vinsent do‘sti Pol Gogenga shunday degandi: “Ishlayotganimda ham siz va men doimiy yashashimiz mumkin bo‘lgan, do‘stlarimiz ijodiy boshi berk ko‘chaga tushib qolgan paytlarda boshpana bo‘ladigan studiya yaratish haqida o‘ylashdan to‘xtamayapman”. Parij muhitidan ko‘ngli qolgan Gogen ham uning gap-so‘zlariga ishonib, 1888-yil kuzda Arlga kelgandi.

    Avvaliga hammasi yaxshi ketgan — do‘stlar birgalikda surat chizgan, rejalar tuzgan va ko‘p vaqtlarini sayrlarga bag‘ishlagan. Shunga qaramay, o‘rtada kelishmovchiliklar boshlangan: van Gog do‘stiga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilgan va undan ham shu kabi munosabatni kutgan, biroq tabiatan kibrli va manman bo‘lgan Pol Gogen o‘zini katta olib, teng huquqda hamkorlik qilishni istamagan.

    Aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo rassomlar suv toshqinlari sabab bir necha kun uyda qamalib qolganida van Gog ustara bilan Gogenga tashlanib qolgani aytiladi. Janjaldan keyin Vinsent uyiga qaytgan, do‘sti oldida aybini yuvish umidida qulog‘ini kesib tashlagan. Shundan keyin u kesilgan quloqni qog‘ozga o‘rab, yaqin atrofdagi fohishaxonaga borgan, u yerdan tanish qiz orqali quloq bo‘lagini Gogenga berib yuborgan. Bu vaqtga kelib esa Gogen Arlni tark etib bo‘lgandi.

    Van Gog avtoportreti
    Foto: Enotnavolge

    Vinsent ruhiy holatidagi muammolar sabab shifoxonaga yotqiziladi. Shifoxonadan chiqqach esa o‘zining sariq uyiga qaytib, ishlashni davom ettirgan va o‘zini mutlaqo sog‘lom his qilayotganini ta’kidlab kelgan. U hatto Gogen bilan yozishmalarini tiklaydi: Vinsent unga juda ko‘p va tez-tez maktub yo‘llagan, Pol esa kamdan kam hollarda, shunda ham, quruq javoblar qaytargan.

    Rassomning ruhiy kasalligi hech qayerga yo‘qolmagan edi: van Gog uyqusizlik, gallyutsinatsiya va ta’qiblar maniyasidan aziyat chekkan. Talvasaga tushganida o‘zini davolayotgan shifokorlarni tanimay qolar va bo‘lar-bo‘lmas gaplarni takrorlardi. Arl aholisi van Gogni telba deya atab, uni yakka saqlash lozimligi haqida petitsiya yozganlaridan keyin vaziyat yomonlashgan.

    Kuz va sovuqlar boshlanishi bilan rassomning ahvoli yomonlashgan. Vinsent shifoxonada davolanish vaqtida barcha xarajatlarni ukasi Teo to‘layotgani uchun o‘zini aybdor his qilib, ishlashni davom ettirgan. Rojdestvo arafasida van Gogning kasalligi avj oladi. Shunday kunlarning birida u shifoxona derazasidan termulgancha “Yulduzli tun” kartinasini chizgan.

    Ijodkor yashagan sariq uy
    Foto: Enotnavolge

    Kutilmaganda Yevropadagi jurnallarning birida tanqidchi Alber Oryening van Gog ijodidan hayratga tushgani haqida katta maqolasi chop etiladi. Vinsent o‘zini bunday maqtovlarga loyiq deya hsibolamagani uchun ajablangan. Nahotki uning mehnatini qadrlashni boshlashgan bo‘lsa?

    Vinsentning ko‘ngli xotirjam emasdi. Tez-tez kasallik o‘zini ko‘rsatar, u talvasaga tushib, sal o‘ziga kelgandan keyin hech narsani eslay olmasdi. “Mahbuslar sayri” va “Abadiylik ostonasida” kartinalari rassomning ichki kechinmalarini ifodalaydi. Nima uchun faqat qorong‘ilik atrofida aylangan? Bundan chiqish bormi? Kelajakda nima kutmoqda?

    Van Gog uslubi

    Vinsent bir necha xil usulda ijod qilgan. Uning dastlabki ishlari klassik realizmga xos tarzda qoramtir ranglarda va anatomik aniqlikda chizilgan. Parijga ko‘chib o‘tganidan keyin rassom yorqin ranglardan foydalanishga o‘tib, impressionistlar ortidan borgan. U umrining oxiriga kelibgina o‘z usulini topgan — postimpressionizm. Aynan qo‘pol chaplangan ekspressiv-ekssentrik polotnolar unga mashhurlik olib kelgan.

    “Kungaboqarlar”
    Foto: Enotnavolge

    Qalin rangli qatlamlari bilan mashhur — bunday texnika “impakto” deyiladi. Rassom kartinani qalin bo‘yoq qatlami bilan qoplagan holda relyef hosil qilgan. Ko‘pincha u bo‘yoqlarni barmoqlari bilan chaplab, ranglarni aralashtirmasdan sof ishlatgan. U o‘z kartinalarini juda tez yaratgan, chunki bir zumda hosil bo‘ladigan hissiy tuyg‘ularini ifodalashga uringan. Shu sababli ham ko‘plab kartinalari xomaki chizgilarga o‘xshaydi. 

    19.03.2023, 11:16   Izoh (0)   11379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xizmatkordek ko‘rilgan rafiqa, ajrashish evaziga Nobel mukofoti va telba o‘g‘il. Eynshteynning birinchi baxtsiz turmushi

    05.03.2023, 08:45

    Doimo qarzda yurgan, 3 yoshidan musiqa chalishni boshlagan va o‘limidan keyin shishib ketgan Motsart. Buyuk bastakorning sirli o‘limi

    08.03.2023, 09:58

    Qirolga qarshilik bildirgani uchun ishdan quvilgan, “Nemis tili lug‘ati” asoschilari, ertaklari bilan butun dunyoni zabt etgan aka-uka Grimmlar taqdiri 

    11.03.2023, 10:12

    Hindiston TIV Xitoy bilan chegaradagi vaziyatni “nozik” deb atadi. Himolayda ikki davlat qo‘shinlari juda yaqin joylashgan

    18.03.2023, 16:47

    AQSH Xitoyni Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari buzilishini yashirishga urinayotganlikda aybladi

    18.03.2023, 15:40

    “Putinga qiyin bo‘ladi”. Britaniya xalqaro sudga Rossiya prezidentiga qarshi ishda yordam berishni va’da qildi

    18.03.2023, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turk nonushtasi dunyodagi eng yaxshi nonushta deb eʼtirof etildi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:35

    Tramp neft mavjud bo‘lsa Eronga yadro energetikasi nima uchun kerakligini tushunmasligini bildirdi

    Dunyo | 21 iyun, 11:20

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    Bayden sirli loyiha ustida ishlash uchun Vashingtonga poyezdda qatnamoqda — NYP

    Dunyo | 21 iyun, 10:40

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.