Astronomlar tomonidan yaqinda kashf qilingan 2023 EY asteroidi Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda The Watchers nashri xabar berdi.
Asteroid 17-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:43 da Yerdan 239 ming kilometr masofa uzoqlikda uchib o‘tadi. 2023 EY asteroidi Apollon asteroidlar guruhiga kiradi. U birinchi marta 13 mart kuni, Yerga yaqinlashishdan 4 kun oldin topilgan. Uning taxminiy diametri 14 dan 30 metrgacha bo'lib, bu 2023 yilgi ikkinchi eng katta asteroid hisoblanadi.
Avvalroq Amerika aerokosmik agentligi (NASA) 23 yildan keyin, ya’ni 2046-yil 14-fevral kuni Yerga 2023 DW nomli asteroid tushishi mumkinligini ma’lum qilgandi. 2023 DW asteroidning diametri taxminan 49,29 metrni tashkil etadi va hozir Yerdan taxminan 0,12 astronomik birlik masofasida joylashgan. 2023 DW Turin shkalasi bo‘yicha 1 ballga ega bo‘lgan “xavfli ro‘yxatdagi” yagona asteroiddir.
Izoh (0)