“O‘zgidromet” direktori 16—23-mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlarda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Markaz rahbari tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘radi.
Izoh (0)