• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bayden, bu safar nima qilmoqchisan?”. Fox News jurnalisti Amerika dronining Rossiya qiruvchilari bilan to‘qnashuvi yuzasidan AQSH prezidentiga murojaat qildi (video)

    Fox News telekanali boshlovchisi Sean Xanniti 14-mart kuni Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida Rossiya samolyoti bilan AQSH dronining to‘qnashib ketishini “tasodif emas” deb atadi.

    “Putin bezorilari (Rossiya qiruvchilari nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi) dronimizga xavfli darajada yaqinlashib, unga bir necha marta yonilg‘i uloqtirgan, parragini ishdan chiqargan, 14 million dollarlik dronimizni dengizga cho‘ktirgan. Ba’zilar to‘qnashuv qasddan qilinmaganini, rossiyalik uchuvchilar shunchaki provokatsion va qobiliyatsiz havaskorlar  bo‘lganini aytmoqda. Adashmang, bu tasodif emas. Sizga kafolat berib aytamanki, bu harbiy tajovuzni Vladimir Putinning shaxsan o‘zi imzolagan”.

    Jurnalist Rossiyaning AQSHga nisbatan dushmanligi va agressiyasi yangi cho‘qqiga chiqqanini ta’kidladi va endi bir savol qolganini aytdi: “Prezidentingiz Jo Bayden endi nima qiladi? Yanayam ko‘proq sanksiyalar kiritadimi? Putin bunga parvo ham qilmaydi, chunki u energiyasini Xitoyga, butun dunyoga sotib boyimoqda. Yana bir bor so‘rayman, Jo, bu safar nima qilmoqchisan? Jo Bayden, sen AQSH prezidentisan. Bosh qo‘mondonsan. Achinarli haqiqat shundaki, aftidan hech narsa qilmaysan”.

    14-mart kuni AQSH harbiylari MQ-9 Reaper droni Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti bilan to‘qnashib ketganini xabar qildi. AQSH harbiylari bayinotiga ko‘ra, samolyot dronni urib tushirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi qiruvchi va dron o‘rtasida aloqa bo‘lmaganini daʼvo qilmoqda. “Dron keskin manyovrlar tufayli balandlikni yo‘qotib nazoratsiz parvoz qildi va suv yuzasiga quladi”, — deb tushuntirdi ular.

    New York Times gazetasi yuqori martabali harbiy amaldorga tayanib, MQ-9 Reaper Ruminiyadagi bazadan rejalashtirilgan topshiriqni bajarish uchun kecha ertalab havoga ko‘tarilganini, unda qurol yo‘qligini yozdi.

    Keyinroq CBS telekanali Qora dengiz ustida Rossiya qiruvchisi va Amerika droni to‘qnashuvi aks etgan videorekonstruksiyani e’lon qildi. Videodan ma’lum bo‘lishicha, ikki qiruvchi samolyot yarim soat ichida dron atrofida 19 marta aylanib, unga yonilg‘i uloqtirgan. Yonilg‘i dron parragiga tegib, uning ishdan chiqishiga sabab bo‘lgan.

    Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH Qora dengizga qulagan Amerika droni “begona qo‘llarga tushib qolmasligi” uchun zarur choralar ko‘rganini aytdi.

    15.03.2023, 17:25   Izoh (0)   13542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainalik harbiylar Baxmutda Rossiya samolyotini urib tushirdi (video) 

    15.03.2023, 16:55

    Pokistonda aholining buyragini boy xorijliklarga sotgan shifokorlar hibsga olindi

    15.03.2023, 16:35

    Turkiyadagi zilzila hududida kuchli suv toshqinlari yuz berdi, qurbonlar bor (video)

    15.03.2023, 15:42

    Britaniya va Germaniya qiruvchi samolyotlari Estoniya yaqinida Rossiya samolyotini tutib oldi

    15.03.2023, 14:48

    Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlari bir tonnadan ortiq kokain ortilgan suvosti kemasini qo‘lga oldi

    15.03.2023, 14:46

    AQSHda bir guruh senatorlar Pentagondan Ukrainaga qiruvchilar yuborishni talab qildi

    15.03.2023, 13:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.