• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shaxsni aybdor deb topishga faqat sud haqli” – o‘zgarayotgan Konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasi qanday ifodalanmoqda?

    Yangilanayotgan O‘zbekiston Konstitutsiyasida aybsizlik prezumpsiyasining barcha jihatlari o‘z ifodasini topmoqda. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Farhod Primov “Daryo” nashriga bergan intervyusida mazkur masaladagi muhim o‘zgarishlarni tahlil qildi. Shu bilan birga, ekspert hujjatda belgilanayotgan boshqa bir qancha normalar haqida ham to'xtalib o'tdi. 

    Huquqni qo‘llashda yagona yondashuv zaruriyati

    Amaldagi Konstitutsiyaning 26-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilangan.

    Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksida, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa bir qator hujjatlarda aybsizlik prezumpsiyasining qoidalari keltirilgan.

    Aybsizlik prezumpsiyasiga oid huquqiy asoslarning turli qonunchilik hujjatlarida belgilanishi huquqni qo‘llashda yagona yondashuvlarning shakllanishiga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatmoqda. Muayyan holatlarda esa aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishdan chekinish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

    Yangilanayotgan Konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasining barcha jihatlari to‘liq o‘z ifodasini topayotgani juda muhim ahamiyatga ega.

    Farhod Primov
    Foto: “Daryo” 

    Yangilanayotgan Konstitutsiyada aybsizlik prezumpsiyasi qanday ifodalanmoqda?

    O‘zgarayotgan Konstitutsiyada shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi belgilanmoqda.

    Shaxsni aybdor deb topishga faqat sud vakolatli ekanligi aybsizlik prezumpsiyasining oltin qoidalaridan biri hisoblanadi. Suddan boshqa organlari har qanday holatda ham shaxsni shaxsning aybdor deb topishga haqli emas.

    Foto: “Daryo” 

    Konstitutsiyada ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanishi belgilanyapti.

    Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi nazarda tutilmoqda. Shaxsning aybiga oid aniqlanishi lozim bo‘lgan va tergov yo‘li bilan isbotlashning imkoni bo‘lmagan har qanday holat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasi va manfaatlaridan kelib chiqib hal etiladi.

    Yangi normaga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

    Foto: Telegram / Manba

    Shu bilan birga, bosh qomusda hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi belgilanmoqda. Sud va tergovda shaxsni o‘ziga va oila aʼzolariga qarshi guvohlik berishga majbur qilish uning manfaatlariga aslo to‘g‘ri kelmasligi o‘z ifodasini topyapti.

    Konstitutsiyaga aybsizlik prezumpsiyasiga oid yana bir muhim norma qo‘shilmoqda. Yaʼni agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligining belgilanishi sud va tergovda shaxs manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yangi kafolatlar taqdim etadi. Gap shundaki, shaxsning aybiga oid dalillar yetarli bo‘lmaganda uning o‘z aybiga iqror bo‘lganligi to‘g‘risidagi yagona dalil bilan cheklanish holatlari ham mavjud.

    Foto: “Daryo” 

    Birgina o‘z aybiga iqror bo‘lganligi bilan shaxsni javobgarlikka tortish va jazoga hukm qilish adolat va mantiq mezonlariga aslo to‘g‘ri kelmaydi. Endilikda shaxsni ayblash uchun dalillar yetarli bo‘lmaganda aybiga iqrorlik olish uchun qo‘rqitish, unga tahdid qilish va bosim o‘tkazish yoki qiynoq qo‘llash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi ham belgilanyapti.

    “Aybsiz bo‘lsa ham javobgarlikka tortish holatlari bo‘lgan”

    Afsus bilan tan olish kerakki, aybsiz insonlarni ham javobgarlikka tortish holatlari bo‘lgan. Bu haqiqat. Masalan, 2016—2022-yillarda 4 ming 740 nafar shaxs oqlangan. Demak, ular aybsiz bo‘lgan. Har bir oqlangan shaxsning taqdirida aybsizlik prezumpsiyasi buzilgan. Qaysidir holatda ataylab javobgarlikka tortilgan, boshqasida obyektiv sabablarga ko‘ra, yaʼni dalillar yetarli emasligini, ularni aniqlash imkoni bo‘lmaganda ham, shaxs aybdor deb topilishi mumkin. Lekin shaxsning aybdor emasligi aniq bo‘la turib, qasddan uni javobgarlikka tortish belgilansa, bu hukmni amalga oshirgan insonning o‘ziga nisbatan javobgarlik bor.

    Foto: “Daryo” 

    Tasavvur qiling, shaxs jinoyatda ayblanib, jazoga hukm qilinyapti. Prezumpsiyaga ko‘ra, jazoga tortish uchun shaxsning aybdor ekani sud tomonidan to‘la isbotlanishi kerak. Yuqoridagi holatlarda esa ayb to‘la isbotlanmagan yoki noto‘g‘ri isbotlangan. Mazkur masalani inobatga olib, Konstitutsiyaga mana shu prinsiplarning kiritilishi muhim yangilik bo‘lmoqda. Ushbu o‘zgarish, avvalo, bu borada yagona yondashuvni shakllantiradi.

    Agar shaxs bevosita jinoyat sodir etayotganda qo‘lga olingan bo‘lsa ham, jinoyat qilganini ko‘rgan bo‘lsak ham, sud hukmi chiqmaguncha biz uni aybdor deb ayta olmaymiz. To sud hukmi chiqib, qonuniy kuchga kirmaguncha kimnidir aybdor desak, aybsizlik prezumpsiyasini buzgan bo‘lamiz. Shuning uchun ham “gumon qilinuvchi”, “ayblanuvchi”, “sudlanuvchi” deb ataganimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Lekin baʼzan OAVlarda shaxsni hali sud aybini tasdiqlamay turib aybdor sifatida ko‘rsatish holatlari uchrab turadiki, bu ham prezumpsiyadan chekinish hisoblanadi.

    Foto: “Daryo” 

    Qiynoqlar masalasi

    Qiynoqlar muammosi yaqin o‘tmishimizda bo‘lgan holat va uni yashirib bo‘lmaydi. Qiynoq — shaxsning huquqlarini buzishdagi eng yuqori cho‘qqilardan biri. Ayniqsa, tergov, sud, jazoni ijro etish jarayonida qiynoq holatlari bo‘lgani haqida faktlar bor, afsuski. Oxirgi 6 yillikda qiynoqqa qarshi kurashish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirildi, huquqiy va tashkiliy mexanizmlar takomillashtirildi. Bu borada olib borilayotgan ishlarni qatʼiy davom ettirish maqsadida Konstitutsiyaga qiynoqqa qarshi bo‘lgan yangi normalar kiritilyapti. Masalan, inson qadr-qimmatini kamsituvchi jazo ham qiynoq hisoblanishi belgilab qo‘yilyapti.

    Shaxsning noto‘g‘ri hukm qilingani oqibatida endi bu shaxsning taqdiri nima bo‘ladi? 10 yil umri o‘tib ketdi, moddiy, maʼnaviy zarar ko‘rdi, ishi, sog‘lig‘idan ayrildi. Qonunchiligimizda shaxsni reabilitatsiya qilish, degan narsa bor. Yaʼni jazo muddati ichida kelib chiqqan zarar davlat tomonidan qoplab beriladi. Lekin, masalan, shaxsga yetkazilgan moddiy zararni qoplash mumkin, maʼnaviysini ham qoplasa bo‘lar. Ammo ketgan 10 yil umrini qaytarib bo‘lmaydi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, noto‘g‘ri hukm qilinsa, baribir uning oqibatini to‘liq bartaraf etolmaymiz. Bizga bog‘liq bo‘lmagan jihatlari ham bor. 10 yil umrimni qaytarib ber desa, qanday buning uddasidan chiqish mumkin? Shu jihatdan ham oxirgi chora sifatida shu kabi holatlarga tushib qolmaslik masalalari ham Konstitutsiyada belgilanyapti.

    Foto: “Daryo” 

    “Shaxs erkinligini olib qo‘yish, uning hayotini olib qo‘yishdek gap”

    Konstitutsiyaga yana bir yangi qoida – O‘zbekistonda o‘lim jazosi man etiladi, degan norma kiritilmoqda. Bu juda ham ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti. Baʼzilar aytadiki, o‘lim jazosi 2008-yilda bekor qilingan. Uni yana Konstitutsiyaga kiritish nega kerak, deydi. Boshqa birovlar esa o‘lim jazosi jinoyatchilikning oldini olish uchun kerak, deya fikr bildiradi.

    Haqiqatan ham o‘lim jazosi muayyan darajada jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi. Ammo bu oxirgi yechim emas. Masalan, o‘lim jazosi qo‘llandi deylik, lekin uning salbiy jihatlari ham bor. Suddagi xatoliklar sababli aybsiz bo‘lgan shaxslarning o‘limga hukm qilingan holatlarni ham misol qilib keltirish mumkin. Hatto bizning mamlakatimizda shunday holatlar bo‘lgan.

    Men bunga o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarini misol keltirmoqchiman. Masalan, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa yurtdoshlarimiz qatag‘on qurboni bo‘lgandan keyin, oqlanyapti. Buni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Xuddi shunday 2016-2022-yillar davomida 4 ming 740 nafar shaxs oqlandi, deb aytyapmiz. Agar bizda o‘lim jazosi amalda bo‘lganida ana shu oqlangan shaxslarning qanchasi otib, o‘ldirilgan bo‘lardi nomaʼlum. Yaʼni mana shu o‘lim jazosi baʼzan suddagi xatoliklarni to‘g‘rilab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu jihatdan ham shaxsning hayoti har narsadan ustun hisoblanadi.

    Foto: Telegram

    Yaqinda bir holatning guvohi bo‘ldim. Navoiy viloyatiga borganimda safar vaqtida jazoni ijro etish joyida bo‘ldik. Shunda bir mahbusni ko‘rsatishdi. U umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan, jazoning 14 yarim yilini o‘tab bo‘lgan. Keyinchalik uning jazosi 25 yil muddatga almashtirilgan va boshqa koloniyaga ko‘chirilgan. Uni uzoqdan ko‘rdim. Daraxtlarga qaraydi, barglarini silab ko‘radi. Osmonga, quyoshga qaraydi. Yaʼni u qamoqda o‘tgan 14 yarim yil davomida o‘zligini yo‘qotib qo‘yganga o‘xshaydi. Xuddi tabiatdan uzilgandek tuyuladi. Demoqchimanki, umrbod qamoq jazosi ham aslini olganda yengil jazo emas.

    Aslida shaxsning erkinligini olib qo‘yish hayotini olib qo‘yishdan kam narsa emas. O‘lim jazosining bekor qilinishi va uning o‘rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi, bu oqilona holat hisoblanadi.

    O‘lim jazosi bekor qilingach jinoyatlar ko‘paydimi?

    O‘lim jazosi bekor qilinganidan keyin jinoyatchilik soni ko‘payganmi, degan masalani tahlil qilib ko‘rdik. Bilamizki, 2008-yilgacha qasddan odam o‘ldirgan shaxs uchun o‘lim jazosi belgilangan edi. Hozir qasddan odam o‘ldirish holatlari ko‘paydimi? 2008—2021-yilgacha qasddan odam o‘ldirish va qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish holatlari 2 baravar kamaygan. Ha, jazo bekor qilingandan keyin ham kamayish kuzatilgan. Yaʼni o‘lim jazosi oxirgi, malakali yoki samarali yechim hisoblanmaydi.

    Yana bir jihati, ko‘plab davlatlarda o‘lim jazosi belgilangan. Ammo jinoyatchilik kamayib qolgani yo‘q. Aksincha, ko‘paygan holatlar ham bo‘ladi. Masalan, baʼzi davlatlarda korrupsiya uchun o‘lim jazosi belgilangan. Lekin har yili qanchadan qancha odam mana shu jinoyatni sodir qiladi. Eng muhim masala jazoning qattiqligi emas, jazoning muqarrarligidir.

    O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosatining asosiy mantig‘i shundaki, jinoyatchilikning oqibati emas, balki sabablariga qarshi kurash olib borilyapti. Bu insonparvar prinsip hisoblanadi. Negaki shaxsning jinoyat sodir etishini kutib o‘tirib, holat yuz bergandan keyin javobgarlikka tortish adolatdan bo‘lmaydi.

    Biz shaxsni jinoyat sodir etish yo‘liga qadam qo‘ygan paytidayoq qaytarishimiz kerak. Ana shunda bizda jinoyatchilar paydo bo‘lmaydi. Shaxsning jinoyatchiga aylanishini kutib o‘tirish kerak emas. Imkon bo‘ldi deguncha profilaktika qilish lozim, yaʼni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish zarur. Davlat hozir mana shu tizimdan boryapti.

    Bizda ikkita holatda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi. Birinchisi, og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik uchun. Ikkinchisi, terrorizm jinoyatini sodir etgani uchun. Boshqa holatlarda qo‘llanilmaydi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

     

    13.03.2023, 20:35   Izoh (0)   6501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda madaniy meros obyektining xarobaga aylanishiga sababchi bo‘lgan tadbirkor qamaldi 

    13.03.2023, 20:25

    Toshkent markazidagi abgor ko‘cha: masʼullar vaʼda berishdan to‘xtamasa-da, aholi kutishdan charchadi

    13.03.2023, 20:08

    Toshkentda erkak binoning yuqori qavatidan tushib ketgani aytilmoqda (video) 

    13.03.2023, 19:25

    Qoraqalpog‘iston va Namanganda “svet”dan noqonuniy foydalanganlar 350 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

    13.03.2023, 19:04

    O‘zbekiston olti yilda xorijdan 59 ta lokomotiv xarid qildi 

    13.03.2023, 18:22

    Toshkent viloyatida 420 gektar yerni 700 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    13.03.2023, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.