• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent markazidagi abgor ko‘cha: masʼullar vaʼda berishdan to‘xtamasa-da, aholi kutishdan charchadi

    Siz ko‘rib turgan bu kadrlar O‘zbekistonning chekka hududidagi abgor yo‘llar emas, poytaxt Toshkent shahrining qoq markazidagi Chilonzor tumaniga qarashli mahallalardagi holatlardan biri. Tumanning “Do‘mbirobod” mahallasi, Do‘mbirobod ko‘chasida yashovchi aholi vakillari “Daryo”ga murojaat qilib, salkam ikki oy avval boshlangan yo‘l taʼmiri ularga nomaʼlum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolganini, ayni kunda chala tashlab ketilgan yo‘l taʼmiridan aziyat chekayotganini, xonadoniga avtomobilda kirib-chiqolmayotganini aytib, OAV orqali masʼullarga murojaat qilmoqchiligini bildirdi.

    “Daryo” vaziyatni o‘rganish maqsadida Chilonzor tumanining “Do‘mbirobod” mahallasidagi o‘sha abgor ko‘chaga bordi.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Ko‘chamizni asfalt qilib beramiz deb, 2023-yilning yanvar oyi oxirida kovlab, ishni boshlashgandi. Bir haftada yakunlab beramiz deyilgan ish mana 40 kundan oshdiki, yakunlamadi. Mahallada yashovchi odamlar uyiga ro‘zg‘or qilishi kerak, qolaversa mashinasi borlar uyiga kirib-chiqishi lozim. Yo‘l kovlab tashlangani va shag‘al to‘kilgani bois, yurib bo‘lmaydigan ahvolga kelgan. Shu sabab bozor qilib kelsak ham yoki uyga qaytsak ham mashinani katta ko‘cha bo‘yida qoldirib, ichkariga piyoda kirib kelishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur muammo sabab tuman hokimligiga bir necha marotaba og‘zaki murojaat qildik. Masʼul belgilangan ekan, ammo u ish bugun bitadi, erta bitadi deyishdan nariga o‘tmayapti”, — deydi shu ko‘chada yashovchi Akmal Roziqov.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Suhbatdoshning aytishicha, ko‘chaning eski ahvoli aholi foydalanib turishi uchun yaroqli holatda bo‘lgan. Masʼullarning taʼmirlaymiz deya borini ham buzib tashlashi aholi noroziligiga sabab bo‘lgan.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Hozir ko‘chamizga mashina kirib-chiqolmaydi. Yo‘limizning eski asfalti harqalay uyimizga kirib-chiqib turishga yarab turgandi. Endi esa bori ham yo‘q bo‘ldi. Rahbariyat shuni aniq reja asosida qilganida, yaʼni qachon beton qilish rejalashtirilib, mablag‘ ajratilgan bo‘lsa o‘sha paytda eski yo‘limizni buzishganida ayni muddao bo‘lardi. Biz bunday muammoga duch kelmas edik. Hozir eski holati ham yo‘q, yangi holati esa chala tashlab ketilgan. Bundan faqat shu ko‘chada yashovchilar aziyat chekmoqda”, — deydi suhbatdosh.

    Akmal Roziqov.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Shu ko‘chada yashovchilarning tuman hokimligida ishlovchilar va ish bajaruvchiga tayanib maʼlumot berishicha, bu ko‘chani taʼmirlash uchun masʼullar va ish bajaruvchi o‘rtasida hech qanday shartnoma imzolanmagan. Mablag‘ muammosi hal etilmagan.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Shu ko‘cha taʼmirini boshlagan quruvchi bilan gaplashsak bu ishni bajarish bo‘yicha ish beruvchi va ish bajaruvchi o‘rtasida hech qanday shartnoma ham qilinmagan ekan. Quruvchi ko‘chamiz taʼmirini boshlab qo‘yganini, shag‘al to‘kilganini, endilikda beton quyish ishlari rejalashtirilganini aytmoqda. Ammo quruvchi ham u bilan hech kim shartnoma qilmagani sabab, ertaga bajargan ishiga kuyib qolmasligi uchun ishni to‘xtatib turganini aytdi”, — deydi Akmal Roziqov.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Shu ko‘chada yashovchi yana bir fuqaro Shahobiddin To‘laganovning aytishicha, qo‘shnilaridan birining tobi qochganligi bois, tez yordam chaqirilgan. Biroq, tez yordam avtomobili ko‘chaga kirolmagani sabab qo‘ni-qo‘shnilar bemorni ko‘tarib, tez yordam mashinasiga olib borishiga to‘g‘ri kelgan.

    Shahobiddin To‘laganov.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Bunaqa holat yarim tunda sodir bo‘lsa nima bo‘lardi? O‘sha og‘ir bemorga tez yordam avtomobili o‘z vaqtida yetib kelolmasa, ichkariga kirolmasa nima bo‘lardi? Mayli, kunduz kuni bo‘lsa, qo‘ni-qo‘shnilar ko‘mak beradi. Lekin har doim ham qo‘shnilar yordam berolmaydi-ku. Nega mutasaddilar bu holatga befarq?”, — deydi Shahobiddin To‘laganov.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    Murojaatchilarning aytishicha, masʼullar yo‘l taʼmiri kechikayotgani haqidagi takroriy murojaatlarga “ikki kunda hal bo‘ladi, uch kunda hal bo‘ladi”, degan navbatchi javoblar berish bilan kifoyalanmoqda.

    “Do‘mbirobod” mahalla Do‘mbirobod ko‘chasidagi ahvol
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Masʼullarning ishi shu darajada sust bo‘lsa, bir ishni yakuniga yetkazish uchun nechadir oy kutilishi kerak bo‘lsa nega eski, foydalanib turgan yo‘limizni buzib tashlashdi? Yangi yo‘l qurish bunchalikka cho‘zilar ekan, eski yo‘lga tegishmasa bo‘lardi-ku. Yo‘limiz qachon bitadi deb so‘rasak, ikki kunda bitadi, uch kunda bitadi degan shunchaki javoblar bilan cheklanishmoqda”, — deydi suhbatdosh.

    Aholining aniqlashtirishicha, ular yo‘l taʼmiri bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan boshlangan “Xalq nazorati” platformasiga ham murojaat qilgan.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Yonimizdagi ko‘chalar taʼmirlanganini ko‘rib, bizning taʼmirtalab ko‘chamiz ham taʼmirlansa yaxshi bo‘lardi deb, ‘Xalq nazorati‘ga murojaat qildik. Uchinchi murojaatimizdan so‘ng yo‘limiz taʼmirlanishini aytishdi va borini ham buzib, mana shunaqa ahvolga keltirib qo‘yishdi. Qachon bu holat o‘nglanadi bunisi bizga qorong‘i”, — deydi Shahobiddin To‘laganov.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Daryo” jurnalistining bu haqidagi savollariga javob bergan masʼul — Chilonzor tumani hokimligining qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sherzod Sodiqov muammo 2023-yilning 20-mart kuniga qadar hal etilishini maʼlum qildi.

    Sherzod Sodiqov.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

    “Bu ko‘cha taʼmiri prezident qaroriga ko‘ra, dasturga kiritilgan bo‘lib, 2022-yilning dekabr oyida yakunlanishi kerak edi. Yil yakuni va yil boshi sovuq kelgani bois, qurilish-taʼmirlash ishlari kechiktirildi. Kecha bu holat bo‘yicha Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi va pudratchi ‘Hasan-Mustafo invest’ masʼullari bilan suhbatlashdik. Suhbat yakuniga ko‘ra, ‘Do‘mbirobod’ mahallasining Do‘mbirobod ko‘chasi taʼmiri ertaga davom ettiriladi va 2023-yilning 20-mart kuniga qadar taʼmirlanib, tayyor holatga keltirilishi maʼlum bo‘ldi”, — deydi tuman hokimlikning qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sherzod Sodiqov.

    13.03.2023, 20:08   Izoh (0)   6289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda erkak binoning yuqori qavatidan tushib ketgani aytilmoqda (video) 

    13.03.2023, 19:25

    Qoraqalpog‘iston va Namanganda “svet”dan noqonuniy foydalanganlar 350 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

    13.03.2023, 19:04

    O‘zbekiston olti yilda xorijdan 59 ta lokomotiv xarid qildi 

    13.03.2023, 18:22

    Toshkent viloyatida 420 gektar yerni 700 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    13.03.2023, 17:59

    Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda fermer xo‘jaligidagi yer egalari bilan suhbatlashdi 

    13.03.2023, 17:52

    Buxoroda mast erkak ichki ishlar xodimini urib, burnini sindirdi 

    13.03.2023, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.