• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Termizdagi “Yosh chegarachilar” litseyini borib ko‘rdi

    Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyini borib ko‘rdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘tgan yili litsey uchun yangi bino barpo etilgan. Bu yerda ijtimoiy va aniq fanlar yo‘nalishlarida 200 dan ortiq o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

    Davlat rahbari shu yerda vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolari bilan uchrashdi. Videoaloqa orqali tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari ham bog‘landi.

    Uchrashuvda davlat rahbari vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarni nomma-nom yodga oldi. Bunday dovyurak farzandlarni dunyoga keltirib, haqiqiy vatanparvar qilib tarbiyalagan ota-onalarga, ularning umr yo‘ldoshlari va farzandlariga xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “El-yurt uchun jonini fido qilgan o‘g‘lonlarimizni halok bo‘lgan. deyishga til bormaydi. Ular oilasi uchun, Vatanimiz uchun hamisha barhayot”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 

    Qahramon o‘g‘lonlar xotirasini abadiylashtirish, ularning oila a’zolariga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash davlatimiz, jamiyatimizning e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Marhum harbiy xizmatchilar davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlangan. Ularga bag‘ishlab “Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot” deb nomlangan xotira kitobi nashr etilgan.

    Prezident qarori bilan 2018-yildan boshlab, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunga qadar 278 nafar o‘g‘il-qiz shu asosda oliygohlarga kirgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari harbiy xizmatchilar oilasiga e’tibor va g‘amxo‘rlik hamisha davom ettirilishini ta’kidladi. Shu maqsadda bugun “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi. 

    Hozirgi kunda halok bo‘lgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining 270 nafar mehnatga layoqatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olyapti. Endi, farmonga ko‘ra, har bir oila a’zosi uchun pensiya miqdori 25 foizga oshiriladi. Natijada har bir oila a’zosi o‘rtacha 2 million so‘mdan pensiya oladi.

    Ikkinchidan, vafot etgan xizmatchilarning oila a’zolaridan hozirda 82 nafarining uy-joyi yo‘q, ularning 21 nafari ijarada va 61 nafari qarindoshinikida yashaydi. Bundan buyon muhtoj oilalarga birinchi navbatda turar joy beriladi va imtiyozli ipoteka krediti olish imkoniyati yaratiladi. Oila a’zolariga ijara to‘lovi uchun 1 million 800 ming so‘mgacha pul beriladi. Bundan tashqari, halok bo‘lgan xizmatchining farzandlari bog‘cha, kollej, texnikum va oliygohda bepul ta’lim-tarbiya oladi.

    Uchinchidan, oila a’zosi daromadining soliqdan ozod qilinadigan summasi 2 barobar ko‘payadi. Bu tartib xodimning farzandlariga ham tatbiq etiladi. Natijada marhum xizmatchining oilasi ro‘zg‘orida har oy o‘rtacha 700 ming so‘m qo‘shimcha pul qoladi.

    To‘rtinchidan, bundan buyon ushbu toifadagi xizmatchining oila a’zolari harbiy shifoxonalarda bepul davolanish huquqiga ega bo‘ladi va navbatdan tashqari statsionar tibbiy yordam oladi. Ularga dori-darmon va protez-ortopediya moslamalari olib beriladi, jarrohlik xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi. Xizmatchining ota-onasi, turmush o‘rtog‘i har yili sanatoriyda bepul davolanadi, bolalari oromgohlarda sog‘lomlashtiriladi. Ularning ota-onasi uchun yiliga ikki marta temiryo‘l va havo transportida yurish bepul bo‘ladi.

    Beshinchidan, halok bo‘lgan xizmatchilar oilasini harbiylashgan va huquq-tartibot idoralari tomonidan otaliqqa olish amaliyoti joriy etiladi. Shu bilan birga, viloyat hokimliklari tomonidan og‘ir ahvoldagi bunday oilalarga har oy 400 ming so‘m miqdorida nafaqa berib boriladi.

    Bundan buyon, agar xizmatchi o‘z burchini bajarishda halok bo‘lgan taqdirda, uning oilasiga ish haqini 150 baravari miqdorida bir yo‘la nafaqa beriladi. Ya’ni bu nafaqa o‘rtacha 300 million so‘mdan 500 million so‘mga oshiriladi. Halok bo‘lganda to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi 25 million so‘mdan 60 million so‘mga ko‘payadi.

    Davlat rahbari bunday mard insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari, farzandlari doimo yurtimiz ardog‘ida bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etish taklifini bildirdi. Bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qo‘mondon tomonidan imzolanadi. Ushbu e’tirof egalari barcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

    Bugun dunyoning turli nuqtalarida yangi tahdid va qurolli to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Bunday tahlikali vaziyat xalqimizni ham bezovta qilishi tabiiydir. Shu bois davlatimiz mustaqilligini, xalqimiz tinchligini himoyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda.

    “Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur”, — dedi prezident.

    O‘tgan yili harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish konsepsiyasi qabul qilindi, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harakati tashkil etildi. Bular yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda.

    Davlat rahbari vatan ozodligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan o‘g‘lonlarimiz jasorati ham yosh avlod uchun ibrat ekani, ular haqida  asarlar yaratish kerakligini ta’kidladi.

    “Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan xalq va davlatni hech qanday kuch yengolmaydi. Ilohim, qahramon o‘g‘lonlarimizning oxiratlari obod bo‘lsin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin”, — dedi prezident so‘zining yakunida.

    Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.

    13.03.2023, 23:54   Izoh (0)   7920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda masjidlarga ham quyosh panellarini o‘rnatish boshlandi

    13.03.2023, 23:35

    Zoir Mirzayev tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi: uch nafar hokim tushuntirish xati yozdi, bir nafari ogohlantirildi, hokim o‘rinbosarlari esa hayfsan oldi

    13.03.2023, 22:25

    Shavkat Mirziyoyev “Termiz” dala o‘quv maydonida qo‘shinlarning taktik o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatdi

    13.03.2023, 21:42

    Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    13.03.2023, 21:15

    Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

    13.03.2023, 21:00

    Toshkentda o‘zini yuqori qavatli binodan tashlagan erkak shaxsiga aniqlik kiritildi 

    13.03.2023, 20:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.