Toshkent shahar Mirobod tumanida erkak binoning yuqori qavatidan tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 13-mart kuni soat 18:30 da 1995-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi A.Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 75-uyning yettinchi qavatida joylashgan xonadondan o‘zini pastga tashlab, vafot etgan.
Qayd etilishicha, tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq Farg‘ona shahrida 14 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)