Namanganda diniy muassasalarda ham muqobil energiya vositalarini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Bugungi kunga kelib viloyatdagi 29 ta masjidda quyosh panellari o‘rnatilgan. Ularning quvvati masjidlar katta-kichikligiga qarab 5 kilovattdan 20 kilovattgacha ekanligi aytilmoqda.
Mart oyi oxiriga qadar viloyatdagi barcha masjidlarda muqobil energiya vositalari o‘rnatish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan. Maʼlumot uchun, bugungi kunda Namangan viloyatida jami 190 ta masjid faoliyat olib bormoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatida 8-mart bayrami munosabati bilan 180 nafar xotin-qizga quyoshli panel sovg‘a qilingani, ularning xonadoniga bepul o‘rnatib berilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)