• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Slava Ukraïni!”. Urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ramziga aylangan bu shior asli qachon paydo bo‘lgan va qanday ommalashgan?

    “Slava Ukraïni!” (Ukrainaga shon-sharaf!) va unga javoban “Geroyam slava!” (Qahramonlarga shon-sharaf!) shiorlari uzoq tarixga ega. Ular yuz yildan ortiq vaqt davomida — avval Ukraina mustaqilligi uchun kurashchilar, keyin mustaqil Ukrainada vatanparvar fuqarolar tomonidan ishlatib kelingan. Bugungi kunda bu so‘zlarni mamlakat chegaralaridan tashqarida ham bilishadi.

    Foto: UNIAN

    6-mart kuni tarqalgan videoda rus harbiylari ukrainalik askarni “Slava Ukraïni” degan so‘zlaridan so‘ng otib tashlagani ma’lum bo‘lgach, bu shior ijtimoiy tarmoqlarda yangi kuch bilan yangradi.

    BBC News ushbu shior qanday paydo bo‘lgani va qay tarzda ommalashgani haqida maqola tayyorladi.

    Yuz yillik tarix

    Foto: BBC

    Ukrainalik tarixchi Yuriy Yuzich “Tarixiy haqiqat” saytiga bergan intervyusida aytishicha, “Ukrainaga shon-sharaf!” va unga javob “Butun yer yuziga shon-sharaf!” shiori XIX asr oxirida Xarkov talabalari jamoasi orasida ishlatilgan.

    Biroq shior 1918—1920-yillarda Ukraina Xalq Respublikasi (UXR) davrida ham keng tarqalgan va alohida siyosiy rangga ega edi. O‘shanda Ukraina birinchi marta o‘zini alohida davlat sifatida tanishtirgan va qisqa vaqt bo‘lsa ham o‘z mustaqilligini e’lon qilgandi.

    “Slava Ukraïni” ommaviy salomlashuv tarzi Cherkas viloyatida bolsheviklarga qarshi kurashgan “Xolodnoyarsk respublikasi” askarlari orasida joriy etilgan, deydi Ukraina milliy xotira institutining sobiq raisi Vladimir Vyatrovich BBC News’ga.

    Bolsheviklar Ukrainaning katta qismini bosib olib, uni Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritgach, bu shior o‘sha paytda Polsha tarkibiga kirgan Ukraina g‘arbida to‘plangan natsionalist va isyonchi uyushmalar tomonidan qo‘llana boshlaydi.

    To‘liq tarzda “Slava Ukraïni! — Geroyam slava!” salomlashuvi 1941-yilda G‘arbiy Ukrainaning Ukraina natsionalistlari tashkilotida qo‘llanadi — tashkilot rahbarlaridan biri mashhur siyosat arbobi Stepan Bandera edi. Shior 1942—1960-yillarda G‘arbiy Ukraina viloyatlari hududida harakatlangan Ukraina qo‘zg‘olonchilar armiyasi jangchilari orasida yanada keng tarqaldi.

    “Slava Ukraïni!” shiori 1990-yilda talabalarning “granit ustidagi inqilob”i paytida qayta tiklandi. O‘shanda ukrainalik yoshlar Sovet Ittifoqi parchalanishi arafasida Kiyev markazida Ukraina SSRga o‘zgartirish kiritish talabi bilan tinch namoyish o‘tkazgandi.

    Mustaqil Ukrainada

    Foto: UNIAN

    SSSR parchalanganidan keyin bunday shior asosan milliy demokratlar va ukrain natsionalistlari orasida qo‘llangan. 2013—2014-yillarda Maydondagi norozilik namoyishlari paytida, Ukrainada mustaqillik yillaridan beri birinchi marta ushbu so‘zlar natsionalist partiyalarning atributi bo‘libgina qolmay, barcha namoyishchilarning asosiy shiorlaridan biriga aylandi.

    Keyinchalik Rossiya Qrimni anneksiya qilib, Donbassda harbiy harakatlar boshlaganida “Slava Ukraïni!” qarshilik ramziga aylandi.

    2018-yilda “Slava Ukraïni!” va unga javoban “Geroyam slava!” mamlakat Qurolli kuchlari va milliy politsiya uchun qonuniy salomlashuv sifatida rasman tasdiqlandi. Ular sovet davridan qolgan eski salomlashuv usuli: “Salom, o‘rtoqlar!” va unga javoban “Salomat bo‘ling!” so‘zlarining o‘rnini egalladi.

    “Slava Ukraïni!” degan so‘zlaridan so‘ng, rus harbiylari tomonidan otib tashlangan ukrainalik askar xotirasiga chizilgan surat. Hodisa haqida mart oyi boshida tarqalgan videodan ma’lum bo‘lgandi
    Foto: NEIVANMADE

    Endilikda bu shior Ukrainadagi siyosiy va ijtimoiy hayotning atributiga aylandi – buni amaldorlar, turli siyosiy kuchlarga mansub siyosatchilar, biznesmenlar, faollar, maktab o‘qituvchilari, ijtimoiy tarmoqlarda va kundalik hayotda oddiy ukrainaliklardan eshitish mumkin.

    2022-yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon “Slava Ukraïni!” shioridan G‘arb siyosatchilari ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirish uchun keng foydalana boshladi.

    AQSH prezidenti Jo Baydenning Kiyevga tashrifi davomida mehmonlar kitobiga yozganlari. Unda “Slava Ukraïni!” shiori ham bor.

    Bu shiorni turli vaqtlarda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Polsha prezidenti Anjey Duda ishlatgan. Shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden bosqinning bir yilligi munosabati bilan Kiyevga qilgan tarixiy tashrifi chog‘ida Mariinskiy saroyining mehmonlar kitobiga ushbu shiorni yozib qoldirdi.

    11.03.2023, 12:25   Izoh (0)   9464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Moldovada hukumatni ag‘darishni rejalashtirmoqda — Oq uy

    11.03.2023, 10:56

    Qirolga qarshilik bildirgani uchun ishdan quvilgan, “Nemis tili lug‘ati” asoschilari, ertaklari bilan butun dunyoni zabt etgan aka-uka Grimmlar taqdiri 

    11.03.2023, 10:12

    Xitoy aholisini COVID-19 ga qarshi emlash qanchaga tushgani hisoblab chiqildi

    11.03.2023, 08:58

    Lavrov Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokarasi olib bormasligi sababini aytdi 

    11.03.2023, 08:05

    “Daryo kundaligi”da 10-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    10.03.2023, 23:07

    Eron va Saudiya Arabistoni 7 yil o‘tib diplomatik aloqalarni tiklamoqda

    10.03.2023, 22:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.