• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirolga qarshilik bildirgani uchun ishdan quvilgan, “Nemis tili lug‘ati” asoschilari, ertaklari bilan butun dunyoni zabt etgan aka-uka Grimmlar taqdiri

    Butun dunyo bolalarining sevimli ertakchilariga aylangan bu aka-uka aslida nemis adabiyoti bilan ilmiy maqsadlarda shug‘ullangan. Daryo “100 buyuk inson” loyihasi doirasida mutaxassisligi bo‘yicha yurist va tilshunos bo‘lgan, ertaklardan tashqari nemis xalqi uchun ulkan adabiy meros qoldirgan Yakob va Vilgelm Grimmlarning oxiri “baxtli yakun topmagan” hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

    Foto: Wikimedia Commons

    1785-yil 4-yanvar kuni yurist Filipp Vilyelm Grimm va uning rafiqasi Doroti oilasida Yakob dunyoga keladi. Oradan bir yil o‘tgach, 24-fevralda esa uning ukasi Vilgelm tug‘ilgan. Oila Gessen viloyatidagi Xanau shaharchasida yashar, bolalar onasiga uy ishlarida ko‘maklashar va tez-tez beva ammasi Shlemmernikiga borib turardi — aynan u o‘z jiyanlarini yozish va o‘qishga o‘rgatgan edi.

    Oradan bir necha yil o‘tgach oila boshlig‘i qo‘shni Shtaynau shahri sudyasi va boshqaruvchisi etib tayinlanadi — u yerda aka-uka Grimmlar bir necha yil istiqomat qilgan. Ularning umri davomida xotirasida tor ko‘chalar, olma daraxtlari o‘sgan sehrli go‘zal bog‘, katta eski qo‘ng‘iroq va yonida sevimli ustozi Sinxon istiqomat qilgan shahar hokimiyatining tosh binosi saqlanib qolgan. Grimmlar oilasida bu vaqtda yana uch o‘g‘il va bir qiz dunyoga kelgan. Ularning barchasi uzoq va baxtli hayot kechirmagan, chunki bu ertak emas, haqiqiy biografiya.

    Olti bola yetimga, ayol esa bevaga aylangan vaqtda Yakob 11 yoshda edi. Ko‘p o‘tmay Dorotiga bolalarni parvarishlashda yordam bergan ammasi Shlemmer ham vafot etadi. Ona Grimm qanchalik istamasin, to‘ng‘ich o‘g‘illarini o‘z singlisi yashaydigan Kasselga o‘qishga yuborishga qaror qiladi — ulkan yurak sohibasi bo‘lgan Genrietta hola haqida Yakob qasida ham yozgandi.

    Ozodlik nafasidan totgan aka-uka bunday imkoniyatni suiiste’mol qilmasdan barcha darslarga qatnagan, gimnaziyasini boshqalar qatori 7 yilda emas, balki to‘rt yilda tamomlagan. Bo‘sh vaqt paydo bo‘lishi bilan aka-ukalar rassomchilik bilan shug‘ullangan, tengdoshlari bilan sayr qilgan yoki o‘qigan kitoblaridagi qiziqarli voqealarni maxsus daftarlariga qayd etib borgan — “bolalarga xos bo‘lmagan” bunday xobbini aka-ukalar ilmiy faoliyatining boshlanishi deya hisoblash mumkin.

    Yurak amri bilan

    Gimnaziyani tamomlagan aka-uka otasi kabi yurist bo‘lish maqsadida Marbugsk universitetiga o‘qishga topshiradi. Ammo tez orada Grimmlarni advokatlik karyerasi emas, balki professor Savinyi tomonidan talabalarga o‘tilgan nemis poeziyasi darslari o‘ziga rom etadi. Yakob va Vilgelm uning uyidagi kutubxonasida eski kitoblarni o‘rganishga mukkasidan ketadi. Eng qimmatli topilmalardan biri minnezingerlar qo‘shig‘i to‘plami edi (XII-XIII asrlarda yashagan nemis musiqachi shoirlari). “She’rlar g‘alati, yarmi tushunarsiz nemis tilida edi. Bu kitobni hali o‘nlab marotaba o‘qishimni va u menga doimo kerak bo‘lishini his qildim. Birgina shunday kitobning o‘zi menda eski shoirlarning ijodini originalida o‘qish va ularni tushunishga bo‘lgan ishtiyoqni paydo qilgandi”, — deb yozadi Yakob Grimm.

    Yakob Grimm
    Foto: Wikimedia Commons

    Aka-uka Grimmlarning keyingi barcha faoliyati nemis adabiyoti bilan bog‘liq edi va ertaklar ular tomonidan bu sohada amalga oshirilgan ulkan ishlarning faqat bir qismidir. Aka-ukalar ko‘plab ilmiy mehnatlarga mualliflik qilgan, masalan, birinchi “Nemis tili lug‘ati”.

    1805-yilda Yakob Grimm navbatdagi ilmiy tadqiqoti uchun material to‘plagan ustozi Savinyiga yordam berish uchun Parijga yo‘l oladi. Marburgda qolgan Vilgelm esa akasini rosa sog‘ingan. Uning maktubi aka-uka Grimmlar bir-biriga naqadar bog‘lanib qolganiga isbot bo‘la oladi: “Sen ketganingdan keyin buni ko‘tara olmay yuragim yorilib ketsa kerak, deb o‘ylagandim. Men uchun qanchalik qadrli ekaningni tasavvur ham qila olmaysan. Kechalar uyda o‘tirar ekanman, sen xonaning istalgan burchagida paydo bo‘lib qoladigandek tuyulaveradi…”.

    Yosh yigitlar uchun Fransiya poytaxtida qiladigan ishlar bisyor edi, ammo Yakob hech qachon bekorchi o‘y-xayollarga bormagan. U universitetda imtihonni tezroq topshirish va tezroq vataniga qaytib ketishni istardi. Ammo uyda Yakobni harbiy kollegiyadagi zerikarli kotiblik kutar va u ham tez orada qisqartirib yuborilgan edi. Napoleon Kassel shahrini egallaydi va to‘ng‘ich Grimm bosqinchilar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun o‘zida kuch topa olmaydi.

    Aka-ukalar uchun og‘ir bo‘lgan bu damda yana bir kulfat yopiriladi. “1808-yil 27-may kuni 52 yoshida barchamiz yaxshi ko‘rgan qadrli onamiz vafot etdi”, — deb yozgandi Yakob Grimm. Shu kundan boshlab ro‘zg‘orning barcha yuki uning yelkasiga tushadi va Yakob jon-jahdi bilan ish qidirishga kirishadi. Va nihoyat uning omadi kelib, Kassel qal’asidagi qirollik kutubxonasi boshqaruvchisi lavozimi nasib etgan. Bu vaqtda Vilgelmning sog‘lig‘ida muammolar kuzatila boshlangan: u akasining moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlovi ostida Galledagi kurortda uzoq vaqt davolangan.

    Vilgelm Grimm
    Foto: Wikimedia Commons

    Oradan bir necha oy o‘tgach aka-uka Grimmlar yana uchrashib, o‘z orzulari — qadimgi german adabiyotini tadqiq etish bilan shug‘ullanishga kirishgan. Yakob qirollik xazinasida ishlagan vaqtida, Vilgelm turli kutubxonalarga borib, keyinchalik o‘zining ilk ilmiy ishlariga asos bo‘lib xizmat qilgan nodir qo‘lyozmalarni to‘playdi. Ularning mehnatini baholash juda qiyin: aka-uka o‘z xalqining nazmiy yodgorliklarini saqlab qolishni muhim deya hisoblagan. Qo‘shiq va she’rlardan tashqari aka-ukalar yuzlab yillar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan ertaklarni to‘plagan. Ularning sa’y-harakatlari bilan hozirda ham butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar nemis xalqi merosini o‘qishi mumkin.

    Aka-uka Grimmlarning ertaknamo olami

    Aql bovar qilmas sabr-matonat va haqiqiy olimlarga xos bo‘lgan qiziqish aka-uka Grimmlarga ertaklarning birinchi tomini to‘plash imkonini bergan. Bunda Vilgelmning bo‘lajak rafiqasi Dortxen Vildning ham xizmati beqiyos. Qiz Vilgelm bilan uchrashuvlarda bolaligida uyida eshitgan ertaklarni so‘zlab bergan: “Metelitsa xodim”, “Olti oqqush” va hokazo. Savinyi oilasidagi enaga ham ular uchun qimmatbaho ertaklar manbasi bo‘lib xizmat qilgan — ayol bu qadar faxrli olimlarni bolalar uchun mo‘ljallangan bema’ni ertaklar nima uchun qiziqtirishini hech tushuna olmagan.

    “Aka-uka Grimmlar” filmidan kadr
    Foto: Wikipedia

    1812-yilda aka-uka Grimmlarning “Bolalar va oilaviy ertaklar” nomli birinchi kitobi dunyo yuzini ko‘radi — bu hozirgi kunda kutubxonalardan ham topish qiyin bo‘lgan nodir to‘plamga aylangan. Yillar davomida aka-uka ushbu to‘plamini boyitib borgan, bir necha bor qayta nashr ettirgan, xalq tarixini yagona adabiy usulga shakllantirgan. “Biz ertaklarni o‘z holicha shaffof qoldirishga urindik. Biror-bir epizod o‘ylab topilmagan, bo‘rttirilmagan va o‘zgartirilmagan, chunki biz shundoq ham muqobili yo‘q boy ertak sujetlarini to‘ldirishga urinishdan qochdik”, — deb yozgandi aka-ukalar. Shu bilan birga, ular alohida qismlardagi uslub o‘zlariga tegishli ekanini tan olgan.

    Ko‘pchilikka ma’lumki, aka-uka Grimmlarning original ertaklarida ko‘plab shafqatsiz va qo‘rqinchli sahnalar mavjud. Keyinchalik sohibjamol Rapunselning homilador bo‘lgani olib tashlangan, “Oppog‘oy”da esa jodugar qizigan temir boshmoqlarda o‘lguniga qadar raqsga tushgani keltirilmagan.

    Aka-uka Grimmlarning eslatmalari, sharhlari va qo‘shimchalari bilan yozilgan ushbu kitobning o‘n olti mualliflik nusxasi UNESCO tomonidan insoniyatning hujjatli merosi deb eʼlon qilingan. Grimmlarning boshqa yo‘nalishda yozgan birorta kitobi, nemis xalqlari yodgorliklari, 16 tomdan iborat nemis tili lug‘ati ham mashhurlikda ularning ertaklariga yaqinlasha olmaydi.

    Buning ajablanarli joyi ham yo‘q: nemis tilida yozilgan biror kitob bu qadar ko‘p tilga tarjima qilinmagan — 160 ta! “Bremenlik musiqachilar”, “Bo‘ri va yetti echki”, “Shirin bo‘tqa”, “Genzel va Gretel”, “Baliqchi va uning xotini haqida ertak”, “Zolushka” kabi ertaklari butun dunyo bolajonlari tomonidan sevib tinglanadi.

    Ayrim ertaklarning nafaqat og‘zaki, balki adabiy manbalari ham mavjud. Masalan, “Jasur tikuvchi” haqidagi ertak birinchi marta XVI asr o‘rtalarida tarqatilgan, uzun oltinsoch Rapunsel esa Fridrix Shulsning 1790-yilda chop etilgan romanlaridan birining qahramonidir. Ammo ikkala muallif ham allaqachon unutib yuborilgan, biroq aka-uka Grimmlarning qahramonlari tarixda muhrlandi.

    Bir tomchi suvdek

    Aka-uka Grimmlar uzoq yillar davomida o‘zining ilmiy faoliyatini katta ishtiyoq bilan davom ettirgan. Achchiq tajribadan saboq olgan holda, ular tashqi sharoitlarga unchalik ahamiyat bermaslikka harakat qilgan. “Biz sarson-sargardon bo‘lib, birin-ketin yomg‘ir, bo‘ron, quyoshli kunlarni boshdan kechirdik, tog‘larni bulutlar qoplaganida ham uning ortida quyosh charaqlab turganiga ishonchimiz komil edi; uning qachon otishi esa Xudoning qo‘lida. Va biz o‘zimiznikidan-da yaxshiroq ish yo‘qligiga ishongan holda mehnat qilishni davom etdik”, — deb yozgandi Vilgelm 1813-yilda o‘z do‘stiga.

    Bugungi kunda aka-uka Grimmlarning fanga qo‘shgan haqiqiy hissasini mutaxassislar biladi. Faqatgina ular birgalikda butun tilshunoslar universitetidan ko‘ra foydaliroq bo‘lgan aka-ukalarning ish samaradorligini baholay oladi. 1819-yilda to‘rt tomli “Nemis grammatikasi”ning birinchi qismi nashrdan chiqqan va ilm-fan hamjamiyatida inqilobni yuzaga keltirgan. Yakob Grimmning ulkan mehnati 20 yildan ortiq vaqt davomida yaratilgan — aynan u keyingi german tillari tadqiqotlariga asos bo‘lib xizmat qilgan.

    Grimmlarning uy muzeyi
    Foto: Wikimedia Commons

    1830-yilda aka-uka birgalikda Gettingenga ko‘chib o‘tib, kutubxonada ishlagan va universitetda dars bergan. 1837-yilda aka-aka Grimmlar yangi qirol Ernst Avgust tashabbus ko‘rsatgan konstitutsiyani bekor qilish bo‘yicha norozilik bildirgan professorlar — “Gettingen yettiligi” tarkibiga kirgan. Ushbu mojaro ortidan Yakob ishdan bo‘shatilgan va Gettingendan quvilgan, aka-uka yana o‘z uyiga, Kasselga qaytgan, ko‘p o‘tmay Berlinga ko‘chib o‘tib, umrining oxirigacha shu yerda “Nemis tili lug‘ati” ustida ishlab, hayot kechirgan.

    1859-yil 16-dekabr kuni Vilgelm vafot etadi. Yakob esa ukasining bevasi va farzandlari bilan bir kvartirada yashab, ishlashni davom ettirgan. To‘ng‘ich aka ukasidan to‘rt yil uzoq umr ko‘rgan va 1863-yilning yozida vafot etgan, o‘limi olidan u Vilgelmning suratini oxirgi marotaba ko‘rishni istagan. Mashhur ertakchilar Berlindagi avliyo Matfey qabristoniga yonma-yon dafn etilgan.

    11.03.2023, 10:12   Izoh (0)   17150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichkilikka mukkasidan ketgan, qizlarni xushlamagan strategiya dahosi — Aleksandr Makedonskiy. Uning hayot tarzi va sirli o‘limi

    01.03.2023, 18:10

    Xizmatkordek ko‘rilgan rafiqa, ajrashish evaziga Nobel mukofoti va telba o‘g‘il. Eynshteynning birinchi baxtsiz turmushi

    05.03.2023, 08:45

    Doimo qarzda yurgan, 3 yoshidan musiqa chalishni boshlagan va o‘limidan keyin shishib ketgan Motsart. Buyuk bastakorning sirli o‘limi

    08.03.2023, 09:58

    Xitoy aholisini COVID-19 ga qarshi emlash qanchaga tushgani hisoblab chiqildi

    11.03.2023, 08:58

    Lavrov Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokarasi olib bormasligi sababini aytdi 

    11.03.2023, 08:05

    “Daryo kundaligi”da 10-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    10.03.2023, 23:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi tugatiladi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:44

    Eronliklar poytaxtni ommaviy tark etmoqda (video)

    Dunyo | 16 iyun, 10:43

    Hindistonda ko‘prik qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 10:15

    “O‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin” — Shavkat Mirziyoyev suyultirilgan gaz muammosi bo‘yicha rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 10:15

    Ko‘zoynak tanlashda eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan 7 ta jihat

    Layfstayl | 16 iyun, 10:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Botafoga” ilk turda g‘alaba qozonib, “PSJ” bilan guruhda yetakchilik qilmoqda

    Sport | 16 iyun, 10:00

    “Hokim, vazirlar topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 16 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.