Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvarda “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-57-sonli qarori qabul qilindi.
Ipoteka-bank tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvaqtlash maqsadida “Yashil” nomli kredit mahsuloti joriy etildi.
Mazkur kreditning maqsadi — quyosh panellarini o‘z ehtiyoji uchun o‘rnatuvchi hamda energiya tejamkor qurilmalar yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun quyosh fotoelektrik stantsiyalari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrstantsiyalar o‘rnatish loyihalarini moliyalashtirish. Zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar, asbob-uskunalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarish, energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligi bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish, binolar va ko‘p kvartirali uylarda, aholining yer uchastka xonadonlarida energiya samarador texnologiyalar va tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, quyosh panellaridan foydalangan holda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o‘rnatish loyihalarini moliyalashtirishdan iborat.
Kredit mablag‘i 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha taqdim etiladi. Kredit foiz stavkasi yillik 23,99 foizni tashkil etadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)