Bekzod Shukurov O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari sho‘basi mudiri vazifasida ishlagan.
Bekzod Shukurov O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2002—2014-yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2014—2018-yillarda “Jamiyat” gazetasining bosh muharriri bo‘lgan.
Bekzod Shukurov 2011-yilda “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2017-yilda “Eʼtirof” milliy tanlovida yilning eng yaxshi publitsisti deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Baxtiyor Xasanov pensiyaga chiqishi munosabati bilan bosh vazirning matbuot kotibi lavozimidan ozod qilingandi.
Izoh (0)