Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Samarqand viloyatida Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Bugungi kunda binolar qurib bitkazilib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Majmua devorlari milliy naqshlar bilan sayqallanadi, naqqoshlik va xattotlik san’ati uyg‘unlashadi. Uning devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yoziladi.
Prezident tashabbusi bilan majmuada Imom Buxoriy muzeyi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbirda ushbu muzeyning konseptual loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Muzey madaniy qadriyatlarni o‘zida jam qilish barobarida zamonaviy dizaynga ega bo‘ladi, 8 ta pavilyonga bo‘linadi. Davlat rahbari muzeydan o‘rin olgan har bir ashyo va vizual ma’lumot ziyoratchilarga ma’rifat yetkazishi kerakligini alohida qayd etdi.
Izoh (0)