• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Sudyalar klubi tashkil topganiga 2 yil to‘ldi. Nimalarga erishilmoqda?

    Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi O‘zbekiston Sudyalar klubi tashkil etilganiga ikki yil to‘ldi. Bugungi kunda klubga barcha sudyalar aʼzo hisoblanadi. Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida klub faoliyati, u yerda muhokama qilinadigan muhim masalalar va erishilgan natijalar haqida yozgan.

    Foto: Telegram

    Sudyalar klubining zaruriyati

    Zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish qanday samara berishini Sudyalar klubi faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Yaʼni Sudyalar klubining asosiy ish faoliyati uning elektron platformasi hisoblanib, qaysi sudyada ish yuzasidan qanday savol tug‘ilsa, o‘sha zahoti (elektron platformaga) yozishi mumkin. Masala onlayn muhokama etiladi. Ayni jarayonda masalaga oydinlik kiritilishi bir foyda bo‘lsa, muhokamada ishtirok etgan (yoki kuzatayotgan) sudyalar uchun tajriba maktabini o‘tashi ikkinchi foydadir. Bunda klub masʼul aʼzolarining beminnat tavsiyalarini alohida qayd etib o‘tish lozim. Chunki Sudyalar klubining har bir yo‘nalish (fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sudlar) bo‘yicha jamoatchilik asosida doimiy masʼul aʼzolari bo‘lib, ular ko‘p yillik ish tajribasiga, chuqur bilim va obro‘-eʼtiborga ega bo‘lgan amaldagi va faxriy sudyalar hamda nazariyotchi olimlardan tarkib topgan.

    2022-yil davomida Sudyalar klubining elektron platformasida iqtisodiy sudlar amaliyotida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan 1 ming 350 ta masala muhokama qilingan. Maʼmuriy sudlar sudyalari 850 ta masala bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga masalaga ehtiyoj sezishganini ko‘rish mumkin. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yo‘nalishida bu miqdor 904 tani, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar faoliyati bo‘yicha muhokama etilgan mavzular soni 2 ming 308 tani tashkil qiladi.

    Ayni raqamlar hisobot yoki maʼlumot uchungina yozilayotgani yo‘q. Aksincha ular muhokama etiladigan mavzular yetarli ekanini ko‘rsatishi barobarida shunday klubga zaruriyat nechog‘li ekanini namoyon etayotgani uchun ham keltirilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Sudlar muhokama qilayotgan asosiy masalalar

    Sudyalar klubining elektron platformasida muhokamalar qizg‘in kechishi aniq. Muhokamalarda hissiyotlar jumbushga kelishi ehtimoli ham katta. Yoki aksincha, ayrim sudyalar hamkasbi yoki sud raisidan istihola qilib, fikr bildirishdan tiyilishi mumkin. Klubning elektron platformasini yaratishda shu va boshqa kabi omillar eʼtiborga olingan. Yaʼni har bir sudyaga login-parol berilib, ular shaxssizlantirildi. Onlayn muhokamalarda hech kim bir-birini tanimaydi. Bu hol sudyalar o‘z fikr-mulohazalarini bemalol ifoda etishga kengroq imkoniyat beradi. Rostda, muhokamalarda kimlar fikr bildirgani emas, balki qanday fikrlar bildirgani muhim.

    Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlar sudyalariga ko‘ra, banklar faoliyatiga bog‘liq shartnomaviy munosabatlar, kompensatsiya undirish, yerga oid nizolarni bilan oid ishlar yuzasidan sud qarorlari qabul qilishda muayyan murakkabliklar bor. Ular bo‘yicha aniq huquqiy tushuntirishlarga ehtiyoj katta. Maʼmuriy sudlar sudyalari yer bilan bog‘liq nizolar, sud hujjatlari ijrosi bo‘yicha davlat ijrochilarining qarorlari yoki ularning xatti-harakatiga oid (harakatsizligi) arizalarni ko‘rib chiqishda ayrim jumboq, huquqiy bo‘shliqlarga duch kelinayotganini bildirmoqda.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari o‘rtasida jazo tayinlashda koloniya turini belgilash, Jinoyat kodeksining 59-modasi (bir nechta jinoyatlar uchun jazo tayinlash) va 60-moddasini (bir nechta hukm yuzasidan jazo tayinlash) qo‘llash, maʼmuriy nazorat masalalarida huquqiy hujjatlardagi ayrim nomuvofiqliklar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari esa ko‘proq mehnat, oila, mulk va uy-joy, shuningdek, aliment, moddiy va maʼnaviy zararlarni undirishga oid nizolarni ko‘rib chiqishda yuzaga kelayotgan muammolar ko‘proq muhokama qilganini ko‘rish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Muhokamalar natijalari

    Sudyalar klubining elektron platformasida ko‘tarilgan masalalar har olti oy va yil yakunida keng doirada muhokama etilib, umumiy tahlil qilinmoqda. Qaysi masalada qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki Oliy sud plenumi qarori shaklida tushuntirish berish talab qilinsa, Sudyalar oliy kengashi tomonidan tegishli taqdimnoma kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Natijalar yo‘q emas. Aynan klubdagi muhokamalar natijasida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan.

    Shuning uchun ham klub faoliyati, ishlash shakli xorijlik hamkor ekspertlarning ham haqli eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda. Chunki elektron platformada muhokama etilayotgan har bir masala zamirida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari himoyasi yotadi.

    Ayol sudyalar

    Sudyalar klubi tarkibida “Ayol sudyalar jamoasi” ham bor. Ayol sudyalarning alohidaligi ularni klubning umumiy faoliyatidan ajratib qo‘yilganini anglatmaydi. Ayollar uchun alohida elektron platforma qilinganing sababi boshqa. Tizimdagi xotin-qizlarning xizmat yuzasidan yoki xizmatdan tashqari holatlar bilan bog‘liq xos muammolari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday masalalarni tor doirada muhokama etish talab qilinadi. “Ayol sudyalar jamoasi” elektron platformasiga ularning o‘zlaridan boshqa hech kim kirolmaydi – cheklov bor.

    Sudyalar klubi nafaqat “moddiy va protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maslahatlar, balki “sudyalarning odob-axloq qoidalarini muayyan vaziyatlarda qo‘llash yuzasidan so‘rovlarga tushuntirish”lar berish vakolatiga ham ega.

    09.03.2023, 21:30   Izoh (0)   3221
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi

    09.03.2023, 21:20

    Yaponiyaning Kioto universiteti O‘zbekiston tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi bilan tovarlar kimyosi yo‘nalishida hamkorlik qiladi

    09.03.2023, 21:10

    Uy oqlayotgan shifokorlar: ular majburiy mehnatga jalb qilingan deyildi, tibbiyot xodimlari esa homilador ayolga ko‘maklashganini aytmoqda

    09.03.2023, 20:25

    Shavkat Mirziyoyev OIIB prezidenti Szin Lisyunni qabul qildi

    09.03.2023, 20:20

    Toshkentning 4 ta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi

    09.03.2023, 20:00

    Yangiobod chorva kompleksi o‘tkazgan 634 million so‘mlik 9 ta tender ishtirokchilari o‘zaro affillangan ekani aniqlandi 

    09.03.2023, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tanada tuz miqdori oshib ketganining 5 ta yashirin belgisi

    Salomatlik | 3 iyun, 13:20

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Umri ayanchli yakunlangan mashhur fotografning O‘zbekiston haqidagi fotolari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:17

    iPhone narxi AQSHda ishlab chiqarilsa, 3500 dollarga oshishi mumkin — CNN

    Dunyo | 3 iyun, 13:15

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.