Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 9-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Yalpi majlisda deputatlar referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.
“Bugun Xalq uyida ‘O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilinishi kutilmoqda”, — deb yozgan u Telegram-kanalida.
Uning qayd etishicha, soat 15:00 da Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tadigan Yalpi majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi. Deputatlarning savollari, pozitsiya va xulosalari tinglanadi. Shu yerning o‘zida mas’ul qo‘mita barcha savollarga javob beradi.
Yalpi majlis “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” teleradiokanallari, "UzReport" telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTube'dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Izoh (0)