• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Boshlanmasidan avval boy berilgan jang”. Vladimir Klichkoning Sandersga qarshi jangdagi qaqshatqich mag‘lubiyatiga 20 yil to‘ldi (video)

    Vladimir Klichko nomi professional boks shonli tarixiga o‘chmas harflar bilan yozilgan. Ukrainalik bokschi uzoq yillar mobaynida super og‘ir vazn toifasining dominant chempioni bo‘lib kelgan va sport jamoatchiligining hurmatiga erishgan. Biroq kichik Klichko faoliyatida ham kutilmagan holatlar sodir bo‘lgan. Ayniqsa 2003 va 2004-yillarda Vladimirga oson bo‘lmagan. Hammasi Klichkoning 2003-yil 8-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korri Sandersga qarshi jangidan keyin boshlangandi.

    Foto: Getty Images

    Yil apseti

    37 yoshli bokschi faoliyatining so‘nggi yillarini o‘tkazayotgan edi. Sanders faoliyatining eng yuqori bosqichini 2000-yillar arafasida bosib o‘tgandi. Asr boshida Hasim Rahmonga yutqazib qo‘ygan va jahon darajasidagi yulduz maqomiga erishish imkoniyatini qo‘ldan chiqargandi. O‘sha to‘qnashuvdan keyin Korri bor-yo‘g‘i ikkita jang o‘tkazgan va unda ham o‘rtamiyonalarni yenggandi.

    Biroq kutilmaganda unga WBO toifasining yosh chempioni Vladimir Klichkoga qarshi jang qilish taklifi beriladi. Bunga qadar 26 yoshli Klichko o‘z kamarini besh bor himoya qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Qayd etish kerak, o‘sha vaqtlari Vladimir faoliyatining so‘nggi vaqtlaridan farqli o‘laroq, tez-tez jang qilib turardi. Beshta himoya jangini 20 oyda o‘tkazgani bunga isbot. Sandersga qarshi jang uning uchun oxirgi ikki yil ichidagi oltinchi himoya jangi edi.

    Vladimir avvalgi besh jangini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlagan va bunisi ham ukrainalik uchun “engil tushlik” bo‘lishi kutilgandi. Umuman olganda ekspertlar ham, bukmekerlar ham, muxlislar ham Klichkoni yaqqol favorit hisoblagandi. O‘sha vaqtda JAR vakilining g‘alabasiga o‘zi va jamoasidan boshqa hech kim ishonmayotgandi.

    Dastlabki raund an’anaga ko‘ra kuzatuv bilan boshlandi. Birinchi daqiqa tugayotgan vaqtda Klichko o‘zining tashrif qog‘oziga aylangan jeblarni yo‘llashni boshlaydi. Ikkinchi daqiqada o‘tib borayotganda esa Sanders o‘zining asosiy qurolini namoyish qiladi — chap qo‘l zarbasi. Korrining zarbasi o‘tdi va raqibni muvozanatdan chiqarayozdi. Vladimir klinchda jon saqlashga harakat qildi, biroq Korri uni turtib yuboraverdi. Ukrainalik raqibini shashtini pasaytirish uchun qarshi zarba yo‘llashga urindi. Biroq Sanders shuni kutgandek ustunlikni yanada oshirdi. Masofani yaqinlashtirgan Korri chap tomondan kuchli huk zarbasini yo‘lladi. Vladimir bu zarbadan keyin ringga yiqildi. Turishga juda qiynaldi. “Snayper” qon isini sezdi va referining jangni davom ettirish buyrug‘idan keyin yana oldinga tashlandi. Klassik ikkilik zarba va Klichko yana nokdaun holatida. Vladimir bu safar ham oyoqqa turishga kuch topa oldi va bong chalindi.

    Ikkinchi raund boshida chempion negadir zarbalar almashinuviga kirib ketdi. Korridan yana bir chap qo‘l zarbasini qabul qildi va nokdaun holatiga tushdi. Klichko turdi, biroq raqibining keyingi hujumidan keyin yana yiqildi. Sanders qattiq zarbalari bilan raqibini to‘rtinchi marta yiqitdi va shundan keyin referi jangni to‘xtatdi.

    Jang bor-yo‘g‘i 207 soniya davom etdi va yil apseti sifatida e’tirof etildi. Aynan shu jangdan keyin kichik Klichkoni “billur jag‘” deb atay boshlashdi. JARdan bo‘lgan “Snayper” haqiqatda kuchli zarbaga ega bo‘lgani haqida juda kamchilik qayd etadi.

    Klichkoning o‘zi bu mag‘lubiyatining sababini xotirjamlikka berilish va raqibga yetarli baho bermaslik bilan tushuntiradi.

    O‘shanda Sandersga nima uchun yutqazganimni bilaman. O‘sha vaqtga kelib janglarga to‘yib ketgandim. Jangdan bosh torta olmasdim, chunki shartnoma bor edi, promouter shuni istagandi. O‘sha vaqtni eslayman, ringga chiqar ekanman ta’til haqida o‘ylardim: hozir uni birinchi raunddayoq biryoqlik qilaman va dam olgani ketaman. Ya’ni jang boshlanmasidan oldin boy berib bo‘lingandi. U kabi portlovchi zarbaga ega jangchiga qarshi bellashuv oldidan bunday o‘ylash o‘zingni ko‘mishga teng edi, — eslaydi Vladimir.

    Qasos

    Ushbu mag‘lubiyat aka-uka Klichkolarning kichigi faoliyatiga yaxshigina zarba bo‘ldi. Shu vaqtda Vitaliy Klichko oila nufuzini tiklashni o‘z zimmasiga oldi. Sanders keyingi jangini Klichkolarning kattasiga qarshi o‘tkazdi.

    O‘sha vaqtda sobiq mutlaq chempion Lennoks Lyuis ukrainalik bokschiga qarshi revansh jangi uchun qaytmasligi ma’lum bo‘lib ulgirgardi. Shu tariqa WBC kamari vakant qoladi, Vitaliy esa bu kamarga majburiy da’vogar edi. Sanders Vitaliyga qarshi jangda ishtirok etish uchun WBO titulini himoya qilishdan bosh tortgan va undan ayrilgandi.

    Foto: Getty Images

    Katta Klichko ushbu jangda favorit sifatida ko‘riladi, biroq o‘tgan jangdagi g‘alaba bois Sandersning yana sensatsiya qayd etish ehtimolini hech kim inkor etmasdi. Bundan tashqari Vitaliyning kayfiyati ham yaxshi emasdi, sabab bu jangdan ikki hafta oldin Vladimir yana nokaut bilan yutqazgandi. Shundan keyin barcha Vladimirni hisobdan chiqargan va bu akaga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklardi.

    Vaziyatni inobatga olgan Klichko jangni katta g‘ayrat bilan boshladi. Sanders esa bundan avvalgi jangda foyda keltirgan taktikani qo‘llaydi. Birinchi raundda JAR vakili bir necha bor chap qo‘l zarbasini o‘tkaza oldi. Raund so‘ngida Korrining navbatdagi zarbasi Vitaliyni chayqatdi, biroq ukrainalik oyoqda tura oldi. Ikkinchi raundda Sanders yana voqealar rivojini tezlashtirishga harakat qildi, quvvati uzoq vaqtga yetmasligini anglar va shu bois muddatidan avval g‘alaba qayd etishga urinardi. Biroq Klichko yiqilmadi va uchinchi raunddan boshlab ustunlikni o‘z qo‘liga ola boshladi. Oltinchi raunddan keyin jang to‘liq Ukraina vakili tomoniga o‘tdi. Vitaliy raqibiga istalgan uslubda zarba berar, Sanders ularga deyarli javob qaytara olmasdi. Natijada referi sakkizinchi raund yakunlanishi arafasida jangni to‘xatib, texnik nokaut qayd etdi.

    Foto: Getty Images

    Vitaliy chiroyli g‘alaba qayd etgan holda super og‘ir vazn toifasida WBC kamarini qo‘lga kiritdi. Uni tabriklash uchun ringga yugurib chiqqanlardan biri Vladimir edi. Shu tariqa qasos olingandi.

    Fojiali yakun

    Vitaliyga qarshi jangdan keyin Sanders keyingi to‘rt yil mobaynida yana to‘rtta jang o‘tkazdi. 2008-yilda taniqli bo‘lmagan vatandoshiga yutqazganidan keyin faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

    2012-yilda fojia sodir bo‘ladi. Pretoriyadagi restoranlarning birida qarindoshining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Sanders qurolli o‘g‘rilar qurboniga aylanadi. Jinoyatchilardan qizini himoya qilishga uringan Korri og‘ir yaralanadi va voqeaning ertasi kuni shifoxonada vafot etadi. O‘shanda sobiq chempion 46 yoshda edi. Jinoyatchilar qo‘lga tushadi va ularga nisbatan 43 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.

    09.03.2023, 23:40   Izoh (0)   19502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lennoks Lyuisga qarshi alamli jangdan ukasining mag‘lubiyati uchun olingan qasosgacha. Vitaliy Klichko faoliyatidagi asosiy 5 jang (video)

    21.04.2022, 23:48

    U-20 Osiyo Kubogi—2023 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    09.03.2023, 21:40

    Indoneziya chempionatida sodir bo‘lgan fojia aybdorlariga sud hukmi o‘qildi 

    09.03.2023, 17:36

    “Bavariya” so‘nggi 6 o‘yinning 5 tasida “PSJ”dan ustun keldi, parijliklar yil boshidan buyon 6-mag‘lubiyatini qabul qildi. Myunxenda o‘tgan o‘yindagi raqamlar va f...

    09.03.2023, 10:27

    YCHL. “Bavariya” javob o‘yinida ham “PSJ”ni mag‘lub etdi, “Milan” ham chorak finalda

    09.03.2023, 03:09

    U-20 Osiyo Kubogi—2023. Janubiy Koreya birinchi o‘rin bilan chorak finalga chiqdi, Tojikiston guruhda qolib ketdi

    08.03.2023, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.