Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining D guruhida 3-tur o‘yinlari 9-mart, payshanba kuni o‘tkazildi.
Yaponiya yoshlari Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Xitoy va Qirg‘iziston jamoalari ishtirokidagi o‘yinda durang natija qayd etildi.
Yakunda Yaponiya birinchi o‘rin bilan, Xitoy esa ikkinchi pog‘onani egallab, chorak finalga yo‘l oldi.
![](/static/Sport/FqyJPcyaAAEKSWv.jpg)
Shu tariqa chorak finalning barcha juftlari ma’lum bo‘ldi:
- O‘zbekiston — Avstraliya
- Eron — Iroq
- Janubiy Koreya — Xitoy
- Yaponiya — Iordaniya
1/4 final o‘yinlari 11 va 12-mart kunlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston ishtirokidagi bahs 11-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va 19:00 da start oladi.
Qayd etish kerak, yarim final ishtirokchilari U-20 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Izoh (0)