• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oshirilgan jarimalar, 10 baravarga kamaygan daraxt kesish holatlari, ekologiyaga mas’ul kuchishlatar tuzilmalar — Ekoinspeksiya boshlig‘i Adham Qurbonov bilan suhbat

    Prezident qarori bilan O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytirildi. Javobgarlik keskin kuchaytirilib, sohada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar lavozimidan olindi. “Yashil makon” harakati doirasida bahor oylarida 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi. “Daryo” ekologiyani asrab-avaylash masalasida amalga oshirilgan shu kabi ishlar to‘g‘risida Tabiat resurslari vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Adham Qurbonov bilan suhbatlashdi.

    Daraxt kesilishiga bo‘lgan munosabat qay darajada o‘zgardi?

    O‘zbekistonda daraxtlar, o‘simlik dunyosi, bioxilma-xillikka bo‘lgan munosabat bugungi kunda dolzarb mavzulardan bittasi. Ya’ni bu holat jamoatchilikni qiziqtiradi, e’tiborini tortadi, ular hozir daraxtlar masalasida ancha qattiq turibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki oddiy fuqaro ham o‘simliklarning kesilishi va, kerak bo‘lsa, daraxt tomiri ustidan beton qoplab ketilganini tasvirga olib, internetga joylamoqda. Bundan ko‘rinadiki, nafaqat davlat organlari, balki jamoatchilikning ham e’tibori kuchaygan.

    Bundan tashqari, har yili “Yashil makon” harakati asosida daraxtlarning sifatli sug‘orilishi va parvarishi, bu boradagi ishlarning javobgarligi, ularga nisbatan ko‘riladigan choralar va, hattoki olimlarning fikri olinishi, daraxtni hududning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekilishigacha e’tibor berilyapti. Bundan besh yoki o‘n yil oldin ham daraxtlar ekilgan, ammo bunchalik darajada e’tibor, tizimli yondashuvlar kam bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda o‘zimiz guvohi bo‘lganmiz, daraxt va ko‘chatlarning umuman egasi yo‘q edi. Xohlagan odam daraxtlarni istagan joyidan kesib ketardi va bunday holatlarga nisbatan to‘sqinlik sezilarli darajada bo‘lmagan.

    Tartibga solingan atamalar

    Mutaxassis sifatida aytadigan bo‘lsam, avvallari daraxtlarning qimmatbaho yoki kam qiymatli turlari degan tushunchalar bo‘lgan, ammo ular tartibga solinmagandi. Mana, 2019-yildan hukumatimiz rahbari moratoriy joriy qilganidan keyin daraxtning qimmatbaho va kam qiymatli turlari alohida tartibga solindi. Fuqarolarimiz ham hozir hududida mavjud bo‘lgan daraxtlarni “Bu qurigan emas, hali yashaydi”, deb, o‘z fikri bilan daraxtni saqlab qolishga harakat qilyapti. Odamlarimiz bitta daraxtni ko‘kartirib, o‘stirishga ancha yillar kerakligini tushunib yetyapti va daraxtni ham bir inson sifatida tasavvur qilyapti. Yashillik muhim ekanini ko‘pchilik tushunib yetdi. O‘sha karbonat angidridni yutib, bizga kislorod yetkazib berishini, daraxtning jamiyat uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini, kerak bo‘lsa, maktab bolasi ham anglab yetdi.

    Anomal sovuq kunlarida qorning qalinligidan bir qancha daraxtlarning sinishi kuzatildi. Hattoki o‘sha singan daraxtlarning ham so‘rovi bo‘lyapti. Bu — hukumat rahbari tomonidan qabul qilingan qaror to‘laqonli ijro etilyapti degani. Ammo ayrim hollarda daraxtlar kesilishi baribir kuzatilyapti, inkor etib bo‘lmaydi. Buni ijtimoiy tarmoqlarning o‘zi aytib turibdi. Lekin avvalgi davrlardagiga nisbatan, ya’ni 2019-yilga qaraganda bu holat bugun anchagina kamaygan. Qonunchilik ustuvor, huquqbuzarlik yoki qonun buzilish holatini sodir etgan fuqaro hech qachon qonundan ozod etilmaydi, javob berishi muqarrar.

    Daraxt kesilishi holatlari 10 baravarga kamaygan

    Masalan, moratoriy joriy qilinmagan davrlarda har oyda taxminan 20—30 ta daraxt kesilgan bo‘lsa, hozir bir oyda ikkita yoki uchta holat aniqlanadi. Bu ham asosan qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda. Lekin moratoriy bo‘lgani sababli ular o‘rganib chiqiladi inspektorlar tomonidan, baribir o‘sha joyda xatlov qilinadi, agar qimmat baho turlari bo‘ladigan bo‘lsa, rad etiladi. Yangi qabul qilingan qarorga ko‘ra, qimmatbaho daraxt kesganlik uchun javobgarlik jarimasi miqdori ikki baravarga ortgan.

    Inspeksiyaga berilgan vakolatlar

    Hozir bizga (Ekologik nazorat inspeksiyasiga) jamoatchilikni jalb qilish, 270 ga yaqin 90 ta guruhdan iborat ekopatrul guruhi va hududlarni o‘rganish, tezkorlik bilan joylariga borish vakolatlari berildi. Avvallari faqat ekologiya xodimining o‘zi borardi, hozirgi kunda esa bir o‘zi emas, ekopatrulga biriktirilgan ichki ishlar xodimi, Milliy gvardiya xodimlari va ekologiya xodimlari bilan, kerak bo‘lsa, mahallalardagi fuqarolar ishtirokida ham o‘sha joylarni ko‘rib chiqadi.

    Biriktirilgan Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlari bizga kuch bermoqda. Masalan, biror hududda 10—15 kishi tomonidan noqonuniy daraxt kesilishi kuzatilayotgan vaqtda, u yerga ekologiya xodimlari tartibni saqlovchi xodimlar bilan birgalikda borsa, hech qanday muammo va qiyinchiliklarsiz daraxt kesilishining oldini olish mumkin. Oldinlari inspektorlar qiynalgan, masalan, kimnidir chaqirish, shaxsini aniqlash holatlarida qiyinchiliklar bo‘lgan. Mahalla raisi, nozirni chaqirgunga qadar vaqt yutqazgan. Hozir esa unaqa muammo yo‘q, agar biror joyda qonun buzarlik yuz bersa, shu hududdagi videokuzatuv qurilmalari, jamoatchilik yordami bilan baribir vaziyatga oydinlik kiritiladi.

    Inspektorlarimiz planshetlar orqali raqamlashtirish tizimiga o‘tyapti, biz esa o‘sha elektron bazalarga integratsiya qilganmiz. Misol uchun, kimdir qoidabuzarning mashinasi raqamini ko‘rgan bo‘lishi mumkin, shu payt biz baza orqali o‘sha shaxsni aniqlab, surishtiruv o‘tkazish imkoniyatiga egamiz — ishimiz ancha osonlashgan.

    Bu o‘zgarishlar tabiatga nima beradi?

    “Yashil makon” O‘zbekiston hududida yashillikning ortishiga olib keladi. Yashillik bor joyda toza havo bor. U faqat karbonat angidridni emas, yo‘l bo‘yidagi changlarni ham ushlab qolish qobiliyatiga ega. Daraxt — tabiatning o‘pkasi. Bu tabiat barchamizniki, uning oldida barchamiz baravar javob beramiz. Shuning uchun har doim daraxt kesilishi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha munosabat bildirish va ularni tezkorlik bilan o‘rganish, holatga oydinlik kiritishga tayyormiz.

    07.03.2023, 23:45   Izoh (0)   5328
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     Surxondaryoda morxo‘rni otib o‘ldirgan ovchilar ushlandi

    07.03.2023, 23:34

    Toshkentning ikkita tumani hokimi jazolandi

    07.03.2023, 23:21

    O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan Navro‘z tadbirlari mahalliy budjetdan qoplanadi

    07.03.2023, 23:08

    Andijonda o‘zganing xonadonidan 4,5 ming dollar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 

    07.03.2023, 22:58

    Sirdaryoda o‘rmon va ov xo‘jaligining 5 gektar hududida yong‘in sodir bo‘ldi 

    07.03.2023, 22:36

    O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi yo‘nalishda aviqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi 

    07.03.2023, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.