• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maxsus vakillar Afg‘onistondan mamlakatdagi ayollarga ta’lim olish va ishlash huquqini qaytarib berishni talab qiladi” — Ismatulla Ergashev

    Toshkent shahrida 7-mart kuni Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari Afg‘onistondagi mavjud holat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: Tashqi ishlar vazirligi

    Uchrashuv avvalida maxsus vakillar afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, mamlakatdagi inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha fikr almashdi. Mamlakatda inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari masalalari yuzasidan yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazildi.

    Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ommaviy axborot vositalari uchun qisqa brifing tashkil etdi. Unda aytishicha, birinchi marta tashkil etilayotgan bu majlis a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining qarori bilan amalga oshirilgan. 

    “Yaqinda Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 3-uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Ana o‘sha majlisda vazirlarning qarori bilan shu format asosida maxsus vakillarning ham konsultatsiyasini, o‘zaro fikr almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishilgan edi. Shunga binoan bugun Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi majlisini o‘tkazdik. Aytib o‘tishim kerakki, bu uchrashuv yaqin kelajakda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Tashqi ishlar vazirlarining 4-uchrashuvini tayyorlashga ham qaratilgan“, — dedi brifing avvalida Ismatulla Ergashev.

    Maxsus vakilning ta’kidlashicha, majlisda Afg‘onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, inson huquqlari, milliy ozchilikni tashkil etayotgan xalqlarning haq-huquqlari va qizlarning o‘qishi, ta’lim olishi va ishlashi huquqlari masalalarini muhokama qilingan.

    “Barcha maxsus vakillar ayollarning haq-huquqini ta’minlash, ularning ozodligini ta’minlash eng asosiy masalalardan biri ekanini aytdi. Afg‘oniston hukumatini ushbu taqiqlash qonunini olib tashlash va tez kunda ayollarga o‘qish, ta’lim olish va ozod ishlash imkonini qaytarib berishga chorladi. Mamlakatda gumanitar inqirozning kuchayishi tahdidi hamda iqtisodiy vaziyatning keskin va butkul qulashi ehtimoli barcha qo‘shni mamlakatlar, shuningdek, xalqaro hamkorlarni tashvishga solmoqda. Biz Afg‘onistonning bugungi hukumati xalqaro hamjamiyatning talablarini, bergan va’dalarini bajarishini talab qildik”, — deydi Ismatulla Ergashev.

    Shuningdek, afg‘on xalqini qtisodiy-ijtimoiy sharoitda qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga urg‘u berildi. Maxsus vakillar Afg‘oniston markaziy banki xorijiy pullarni ozod qilishi va uni xalqqa qaytarib berishi zarurligini ta’kidladi.

    “25 million aholi, ulardan 6 millioni oziq-ovqatdan batamom mahrum bo‘lib qolgani ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muzokara guruhini tuzish taklifi bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv qatnashchilari bu tashabbusni ijobiy baholadi va uchrashuv yakunida qabul qilingan qo‘shma bayonotda o‘z aksini topdi”, — deya fikr bildirdi maxsus vakil.

    Uning ma’lum qilishicha, aprel oyi oxirida Nyu York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antonio Gutterish bilan bo‘ladigan Afg‘oniston masalasidagi uchrashuvda bu taklif batafsil o‘rganib chiqiladi.

    Qo‘shni davlatlar qo‘shma bayonotda Afg‘oniston quyidagi va’dalarini bajarishiga umid bildirdi:

    • o‘z hududidan hech bir qo‘shni davlatga yoki hech qaysi uchinchi davlatga nisbatan tahdid solmaslik;
    • mamlakatda tinchlik-totuvlikni ta’minlash;
    • keng qamrovli hukumat tuzish;
    • narkotik moddalarni ishlab chiqarish va ularni tarqatishga qarshi faol kurash olib borish;
    • hududda xalqaro terroristik tashkilotlar bo‘lmasligi va ularni faoliyat olib borishga sharoit yaratmaslik.
    07.03.2023, 23:55   Izoh (0)   5269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oshirilgan jarimalar, 10 baravarga kamaygan daraxt kesish holatlari, ekologiyaga mas’ul kuchishlatar tuzilmalar — Ekoinspeksiya boshlig‘i Adham Qurbonov bilan suhb...

    07.03.2023, 23:45

     Surxondaryoda morxo‘rni otib o‘ldirgan ovchilar ushlandi

    07.03.2023, 23:34

    Toshkentning ikkita tumani hokimi jazolandi

    07.03.2023, 23:21

    O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan Navro‘z tadbirlari mahalliy budjetdan qoplanadi

    07.03.2023, 23:08

    Andijonda o‘zganing xonadonidan 4,5 ming dollar va tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 

    07.03.2023, 22:58

    Sirdaryoda o‘rmon va ov xo‘jaligining 5 gektar hududida yong‘in sodir bo‘ldi 

    07.03.2023, 22:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.