• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Fitch Ratings tomonidan O‘zbekiston kredit reytingi barqaror darajada tasdiqlandi

    2023-yilning 3-mart kuni Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajada tasdiqladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Agentlik O‘zbekistonning suveren kredit reytingini yilda ikki marta qayta baholaydi va baholash jarayonida mamlakatdagi so‘nggi iqtisodiy yangiliklar bilan tanishadi.

    Kredit reytingi aslida nima?

    Kredit reytingi – bu bir raqam ichiga kiritilgan turli ko‘rsatkichlar to‘plami bo‘lib, u mamlakatning muayyan hududidagi vaziyatni tavsiflashga mo‘ljallangan. Reyting mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rsatuvchi o‘ziga xos barometrdir.

    Sarmoyadorlar mamlakatga sarmoya kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishda ko‘plab omillarga, jumladan, ushbu reytinglarga ham e’tibor berishadi.

    Agarda kredit reytingi past bo‘lsa, demak, bu mamlakatga sarmoya kiritish noto‘g‘ri. Yuqori reytinglar, mamlakatning mablag‘lar uchun xavfsiz ekanligini bildiradi.

    Masalan, O‘zbekiston so‘nggi yillardagina mamlakatga sarmoya jalb qilishga xizmat qiluvchi reytinglarga ega bo‘la boshladi.

    Kredit reytingiga ta’sir etuvchi omillar

    Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralari, mo‘tadil davlat qarzi darajasi va “BB” reytingiga ega mamlakatlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari O‘zbekiston suveren kredit reytingini qo‘llab-quvvatlovchi omillardan hisoblanadi.

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi shoklar ta’siriga qarshi chidamlilik namoyish eta oldi, shu bilan birga tashqi shoklar bilan bog‘liq noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

    Hisobotda keltirilishicha, Jahon bankining so‘nggi e’lon qilingan boshqaruv sifati ko‘rsatkichlarida O‘zbekistonning o‘rni sezilarli yaxshilanib to‘qqiz pog‘onaga ko‘tarilgan. 

    Bunda, mazkur o‘zgarish tartibga solish sifati va hukumat samaradorligi, aholi fikrini inobatga olish va hisobdorlik hamda korrupsiyani tiyib turish ko‘rsatkichlarida aks etgan.

    2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 5,7 foizga o‘sishiga asosiy omillar sifatida yuqori eksport hajmlari, fiskal rag‘batlantirish hamda aholi iste’molining o‘sishiga sabab bo‘lgan pul o‘tkazmalari ko‘rsatib o‘tilgan.

    Agentlik global iqtisodiyotining sekinlashuvi ortidan 2023—2024-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtacha 5,4 foizga o‘sishini prognoz qilinmoqda.

    Shu bilan birga, Fitch prognoziga ko‘ra, fiskal konsolidatsiya kutilganidan ko‘ra tezroq amalga oshib, konsolidatsiyalashgan budjet defitsitining YIMga nisbati 2023-yilda agentlik tomonidan kutilgan 3,9 foiz o‘rniga 3,5 foizni, 2024-yilda 2,3 foizni tashkil etadi (“BB” reytingiga ega mamlakatlar uchun o‘rtacha — 3,3 foiz).

    Davlat qarzining YIMga nisbati 2023—2024-yillarda o‘rtacha 36,4 foiz darajasida barqarorlashishi va “BB” reytingiga ega davlatlar medianasidan (YIMga nisbatan 55 foiz) past darajada qolishi kutilmoqda.

    Shuningdek, agentlik imtiyozli shartlarda jalb qilingan uzoq muddatli kreditlar sababli davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni past darajada baholagan.

    Hisobotda keltirilishicha, pul o‘tkazmalari o‘sishining barqarorlashuvi va import hajmining ortishi natijasida 2023—2024-yillarda joriy operatsiyalar hisobi defitsiti YIMga nisbatan o‘rtacha 4,4 foizni tashkil qiladi.

    Shu bilan birga, Fitch prognoziga ko‘ra O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari va likvidlik pozitsiyasi mustahkam darajada saqlanib qoladi, zaxiralarning importni qoplash darajasi esa 11 oyni tashkil etadi.

    Agentlik 2022-yilda inflyatsiya darajasi o‘rtacha 11,3 foizni tashkil etishi, 2024-yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 9,0 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

    “Fitch”ning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning suveren kredit reytingi va kutilmasi quyidagi hollarda oshirilishi mumkin:

    • boshqaruv sifati ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanganda;
    • iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi islohotlarni izchil amalga oshirish natijasida aholi jon boshiga YIM miqdorining “BB” reytingiga ega davlatlar ko‘rsatkichiga yaqinlashganda.

    O‘zbekistonning suveren kredit reytingi quyidagi hollarda pasaytirilishi mumkin:

    • tashqi moliyaviy ko‘rsatkichlar yomonlashganda, pul o‘tkazmalarining sezilarli kamayishi va tashqi savdo defitsitining oshishi sababli xalqaro zaxiralar sezilarli darajada kamayganda;
    • iqtisodiy o‘sish sur’atining davomiy sekinlashishi, davlat shartli majburiyatlarining davlat tomonidan qoplanishi tufayli davlat qarzining YIMga nisbati keskin oshganda yoki suveren fiskal zaxiralar kamayganda.
    06.03.2023, 22:40   Izoh (0)   2593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Besh yilda O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy faollik qanday o‘zgardi? 

    06.03.2023, 22:33

    Dunyoda ayollarning mehnat sharoiti so‘nggi 20 yil ichida deyarli yaxshilanmadi — XMT

    06.03.2023, 22:09

    Dollar taqchilligi tufayli jahon bozorlari inqirozga yuz tutmoqda — Bloomberg

    06.03.2023, 17:52

    Saudiya Arabistoni Osiyo va Yevropa uchun neft narxini oshirdi

    06.03.2023, 15:30

    Jahon bozorida neft narxi tushib ketdi

    04.03.2023, 19:57

    Turkmaniston iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sdi 

    04.03.2023, 19:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20

    Tramp yong‘indan jabrlanganlarga ajratilgan 100 mln dollar yo‘qolgani haqida ma’lum qildi

    Dunyo | 26 iyul, 11:50

    “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning 28 nafar mansabdori intizomiy javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 11:37

    “Barselona” yozgi transfer oynasida boshqa futbolchi xarid qilmaydi

    Sport | 26 iyul, 11:36

    K-pop yulduzi bo‘lish narxi qancha? Koreyalik mashhurlarning go‘zallik uchun qilingan jarrohlik amaliyotlari

    Shou-biznes | 26 iyul, 11:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.