London ICE birjasining savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Brent va WTI markali neft narxi keskin tushib ketdi. Bu BAAning OPEKdan chiqish rejalari haqidagi xabari fonida yuz berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 15:25 holatiga ko‘ra, Brent uchun may fyucherslari narxi 2,1 foizga pasayib, 82,97 dollarni tashkil etgan. Maksimal narx bir barrel uchun 82,41 dollarga (-2,8 foiz) tushdi.
Toshkent vaqti bilan soat 15:25 gacha aprel oyida yetkazib berish uchun WTI fyucherslarining narxi bir barrel uchun 2,25 foizgatushib, 76,4 dollar bo‘lgan. Maksimal pasayish bir barrel uchun 75,88 dollarni tashkil etdi (-2,9 foiz).
3-mart kuni ertalab WSJ Amirlik rasmiylariga tayanib, BAAda OPEKdan chiqish bo‘yicha ichki muhokamalar olib borilayotgani haqida xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, hukumatdagi ayrim kishilar mamlakatning yuqori ishlab chiqarish quvvatiga qaramay, OPEK a’zosi sifatida neft qazib olishni kamaytirishga majbur bo‘lganidan norozi.
Izoh (0)