Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida teplovoz va Bishkek—Samara yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “Orda.kz”.
Mamlakat FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 5-mart kuni soat 10:30 larda yuz bergan. Poyezdda 200 dan ortiq kishi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya fuqarolari) bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q. Ular boshqa poyezdga olib o‘tilgan. Voqea joyiga vertolyot, qutqaruv bo‘linmalari yuborilgan.
“Qozog‘iston temir yo‘li” matbuot xizmatining bildirishicha, hozirda voqea sabablari komissiya tomonidan o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa lokomotiv brigadasining aybi bilan yuz bergan.
Izoh (0)