Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda o‘quvchilarga yaroqsiz doskada va taʼmirtalab xonada dars o‘tilayotgani aniqlandi. Viloyat XTB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 13-umumtaʼlim maktabining 3 ta binosi mavjud bo‘lib, 1-bino 1972-yilda qurilgan, 2- bino 2005-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan, 3-bino esa 2018-yilda investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan. Maktab 2021-yilda joriy taʼmirdan chiqqan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan doska darz ketgan surati maktabning fizika fani o‘qituvchisi tomonidan 3-mart kuni muammoni bartaraf etish maqsadida maktab o‘qituvchilari guruhiga yuborilgan. Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (1)
доска эмас синфхолархам яроксизку