Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 100 ming so‘mlik soxta pul chiqargan 20 yoshli yigit ushlandi.
Qayd etilishicha, u shaxsiy kompyuteri va rangli printer yordamida jami 40 ta 100 ming so‘mlik soxta kupyuralarni chop etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)