Yaponiyadagi qirg‘oqdan yana bir kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan obyekt topildi. Bu haqda MBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28-fevral kuni Kagosima prefekturasining Tokunosima shahridagi qirg‘oqda zang bilan qoplangan metall shar topilgan. Metall sharning diametri taxminan 1 metrni tashkil qiladi. 1-mart kuni politsiya ushbu obyektning kelib chiqishini tekshirishga kirishgan. Mahalliy amaldor Kazzuo Okumura sharning ichki qismi bo‘shligi, lekin u shu qadar og‘irki, uni harakatlantirish deyarli imkonsizligini aytgan.
Avvalroq Hamamatsu shahrida (Sidzuoka prefekturasi) ham diametri 1,5 metr bo‘lgan temir shar topilgandi. Hodisa joyiga kelgan politsiya plyajga 200 metr radiusda kirishni cheklab qo‘ygandi. Aniqlangan sharni ham zang bosgan edi.
Izoh (0)