• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘ldi” — AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Toshkentga tashrifi tahlili (video)

    Kecha, 1-mart kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Qo‘shma shtatlar bosh diplomati dastlab tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan, keyin prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Muloqotlarda bir qator masalalar muhokama qilindi. “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imomova “Daryo” nashriga bergan intervyusida tashrifning muhim jihatlarini tahlil qildi.

    Navbahor opa, AQSH bosh diplomatining O‘zbekistonga tashrifi qanday o‘tdi deb o‘ylaysiz? Tashrif har ikki davlat uchun ham kutilganidek natija berarmikin?

    O‘tgan safar ham gaplashgan edik, bu Entoni Blinkenning AQSH davlat kotibi sifatida Markaziy Osiyoga ilk tashrifidir. U mintaqaning eng yirik iqtisodi Qozog‘istonga, keyin eng yirik jamiyati bo‘lgan O‘zbekistonga bordi. Bayden maʼmuriyati mana shu ikki davlat bilan yanada yaqindan ishlashni xohlayotgani savolga tutilishi kerak. Men Entoni Blinken Markaziy Osiyoga borishi mumkin deb eshitishim bilan, AQSH Davlat departamentiga mana shu savolni berdim. Nima uchun hozir? Nimadir bo‘ladimi, yangi kelishuvlar haqida gap ketyaptimi, yangi bir bitim yoki hamkorlik ustida muloqot qilinadimi. Blinken salom-alik, tanishish uchun boradimi yoki maqsadlarini tushuntirish uchunmi, deb so‘radim. Ular “tashrifda yangi kelishuvlar haqida gap ketmaydi”, deb aytishdi.

    Navbahor Imomova
    Foto: “Daryo”

    Tashrifni kuzatdik va ko‘rdikki, haqiqatan ham yangi kelishuvlar haqida gap ketmadi. Amerika har ikki davlat bilan strategik sherik. Tomonlar bir- biriga katta vaʼdalar bergan. Ana o‘sha vaʼdalarni bajarilsa ham katta gap. Bu yerda vaziyatni murakkablashtirib turgan narsa Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan urushidir. Hech bir shubhasiz, mana shu urush Ostonadagi (Qozog‘iston) safarda ham, Toshkentdagisida ham asosiy mavzu bo‘ldi. Muloqotlarda shu haqda gap ketgan. Odatda asosiy muloqotlar yopiq eshiklar ortida kechadi. Men biror davlatdan yuqori lavozimli bir rasmiyning prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida ochiqdan-ochiq, kameralar oldida muloqot yuritishini tasavvur qila olmayman. Tomonlar odatda buni xohlamaydi. Hatto Vashingtonda ham muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘ladi. Lekin biz muzokaralarda nimalar haqida gap ketayotganini bilamiz. Angladikki, asosiy mavzu – Rossiya va Ukraina urushi haqida bo‘lgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Blinken Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan g‘arb sanksiyalarining Markaziy Osiyoga taʼsirini kamaytirish bo‘yicha ishlar ketayotganini aytdi. AQSH bosh diplomati Markaziy Osiyo rasmiylaridan Rossiyani sanksiyalarni chetlab o‘tishiga ko‘maklashmaslik kerakligi haqida ham gapirdimi? AQSH yoki Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyoni Rossiya taʼsir doirasidan chiqarishga urinishi qay darajada samara berishi mumkin?

    Amerika rasmiylaridan eng ko‘p eshitadigan gapimiz: “biz geografiyani o‘zgartira olmaymiz. Markaziy Osiyoni Xitoyning shundoqqina biqinida yoki Rossiyaning janubida ekani, Eronning sharqiy qismida ekani yoki Afg‘onistonning shimolida ekanini o‘zgartira olmaymiz. Mamlakatlardagi dinamika, u yerdagi siyosatga rahbarlar ta’sir qiladi. Bularni Qo‘shma shtatlar ham, Yevropa ittifoqi ham bartaraf eta olmaydi”, – deyishadi. Yaʼni agar Qo‘shma shtatlarda yoki Yevropa ittifoqida biror bir rasmiy Markaziy Osiyoni Rossiya taʼsiridan chiqara olamiz, deb o‘ylayotgan bo‘lsa, o‘zbekcha qilib aytganda chuchvarani xom sanagan bo‘ladi. Chunki biror siyosiy chora orqali bunday qilish imkonsiz. Mintaqani Rossiya yoki boshqa davlatlar bilan uzoq asrlik madaniy, iqtisodiy-siyosiy rishtalar bog‘lab turadi. Vashington mintaqa, xususan, O‘zbekiston rasmiylariga “biz biror bir tarafni tanlashga majbur emassiz, deymiz”, deya taʼkidlab keladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Amerika yoki Yevropa ittifoqi bizni tanlang, Rossiya bilan kamroq ishlang, Xitoydan kamroq sarmoya oling, boshqalarni yordamiga tayanmang, demayapti. Va bunday deyayotgan bo‘lsa ham, oddiy qilib aytganda, ahmoqlik bo‘ladi. Bunday deb o‘ylashimizga asos yo‘q.

    Qo‘shma shtatlar pozitsiyasi juda ham murakkab. Ular aytyaptiki, “ko‘rib turibsiz, biz bu urushda Ukrainani quvvatlayapmiz. Atrofdagi davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi buzilishidan ham xavotirdamiz. Biling, agar siz ham bu borada cho‘chiyotgan bo‘lsangiz, sizning tarafingizdamiz. Biz tushunamiz, siz betaraflik pozitsiyasini tanlagansiz. Chunki bu sizga qimmatga tushishi mumkin. Bu borada sizni salbiy baholamaymiz, “sudlamaymiz”. Lekin biz bilan ham yangi imkoniyatlar ochishingiz mumkin. Hamkorlikni biz kengaytiraverishimiz mumkin”, deyapti.

    Chunki katta-katta mojarolar yuz berganida davlatlar xohlaydimi, yo‘qmi, kim bilan ko‘proq bo‘lishimiz to‘g‘ri, deb o‘ylab qoladi.

    Tarixning mana shu pallasida Amerika Markaziy Osiyo davlatlariga aytyaptiki, “siz tanlashga majbur emassiz. Biz tushunamiz. Rossiya bilan ham rishtalaringiz davom etishi kerak. U yerda mahkam zanjirlar bor. Tushunamiz, biz bilan ham o‘zaro manfaatlaringiz bor. Xavotir olmang, mushtarak manfaatlarimiz yuzasidan ishlayveramiz” deb.

    Foto: Telegram

    Markaziy Osiyo hamisha Amerikadan u bera oladigandan ko‘ra ko‘proq narsa so‘rab kelgan. Masalan, xususiy sektorda ko‘proq yordam, sarmoyalar, kuchliroq siyosiy quvvatlov so‘raydi. Bunda Amerika o‘z qadriyatlari, meʼyorlari va talablarini keltirib, limitlari borligi, u uchun ham bosib o‘tib bo‘lmaydigan qiziq chiziqlar mavjudligini aytadi.

    Amerika hukumati sarmoya qilmaydi. Chunki u sarmoya manbai emas. Amerika hukumati bu boshqaruv tizimi. AQSHda biznes xususiy sektor qo‘lida. Yaʼni O‘zbekiston yoki Qozog‘istonga pul kiritishni xususiy sektorning o‘zi xohlashi kerak. Ularning minimal talablariga javob bera olish lozim. Masalan, juda bo‘lmaganda, sud tizimlari hozirgidan sal mustaqilroq bo‘lishi, korrupsiya darajasi ancha pasayishi kerak. Yaʼni ertaga ular pul tiksa, biror muammo bo‘lsa, arz qilish va adolat izlay olishlari lozim. Kompaniyalar millionlab dollar sarmoya kiritib, kuyib qolishni istamaydi. Amerika bizneslarining qiziqishi juda yuqori. Blinken shuni ham taʼkidladi.

    Lekin Markaziy Osiyo davlatlari oldin bir - biri bilan iqtisodiy jihatdan bog‘lanib olishlari kerak. Chunki tashqaridan kelayotgan katta kapitalist kuchlar yoki xususiy sektor vakillari faqat O‘zbekistonga sarmoya olib kirmaydi. Ular qo‘shni davlatlarga ham sarmoya olib kirishni xohlaydi. Regionda biznes qilishni istashadi. Taʼminot va transport tizimlari qanday ekanini surishtiradi. Transport tizimi faqatgina bir mamlakatning o‘zida cheklangan bo‘lishi mumkin emas. Masalan siz, Toshkentdan bemalol Bishkekka uchib bora olishingiz kerak. Bishkekdan Ostonaga, Ostonadan Dushanbega, u yerdan Ashxobodga. Lekin Markaziy Osiyoda hozirgacha ham poytaxtlar orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchib yurish qiyin. Buni bir misol sifatida keltiryapman. Amerika korporatsiyalari Markaziy Osiyoda mana shunday fundamental muammolar bilan yuzlashadi. Shu bois ham Amerika bilan iqtisodiy hamkorlik sust. Qozog‘istonni oladigan bo‘lsak, Amerika bilan biznes hamkorligi bir yil ichida 30-40 foizga ortgan. Bu nimaning hisobiga? Mamlakatga oz bo‘lsa ham kattaroq kompaniyalar kirgan.

    Foto: “Daryo”

    Markaziy Osiyo bo‘yicha Amerikaning asosiy energetik kompaniyalari va bizneslari Qozog‘istonda. Neft sohasida. Ular azaldan bor. Amerika hozir Qozog‘iston neftini jahon bozoriga chiqishini taʼminlab turishni xohlaydi. Yaʼni haqiqatan ham rasmiylar aytganidek, AQSH hukumati ikkinchi darajali sanksiyalar Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga hozirgidan ham ko‘proq zarar keltirmasligi uchun ko‘maklashmoqda.

    Amerika Rossiyaga qo‘ygan cheklovlar O‘zbekiston yoki Qozog‘iston bilan bizneslarga uncha katta taʼsir qilmaydi. Chunki cheklovlar asosan, harbiy sektorda. O‘zbekiston yoki Qozog‘iston qachon qo‘rqishi kerak? Agar Rossiya bilan birga qurol ishlab chiqarsa, Rossiyaga qurol sotsa yoki uning qurol ishlab chiqarish sanoatiga hissa qo‘shayotgan bo‘lsa qo‘rqishi kerak. Mana shunday hollarda mamlakatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri sanksiyaga tushadi.

    Blinken jurnalistlar bilan muloqotda erkin OAV uchun shart-sharoit yaratish — propagandaga eng yaxshi javobdir dedi. Uchrashuvda Rossiya Markaziy Osiyoda juda kuchli propaganda va dezinformatsiya tizimini yaratgani ham aytildi. Bugun O‘zbekiston OAVlari salbiy targ‘ibotlarga qarshi qay darajada kurasha oladi deb o‘ylaysiz?

    Entoni Blinken va AQSHning Toshkentdagi elchisi Jonatan Henik Rossiya axborot siyosatini juda chuqur tahlil qila oladigan mutaxassislar. Ular informatsiya makoni nimalar tebratishini yaxshi biladi. Blinkenni tinglar ekanman, undan deyarli yangi gap eshitganim yo‘q. Chunki Blinken bu gaplarini butun dunyodagi jurnalistlarga aytadi.

    Albatta, propaganda, yaʼni salbiy targ‘ibotga qarshi kurashish uchun o‘zingizda erkin OAVlar, xalq ishonadigan mahalliy manbalar bo‘lishi zarur. Asosiy jihatlardan yana biri OAVlar iqtisodiy mustaqil bo‘lishi ham muhim. Bu aytishga oson, bajarishga nihoyatda qiyin.

    Foto: Telegram

    Qo‘shma shtatlarning inson huquqlari bilan bog‘liq hisobotlari har yili muntazam ravishda Kongressga buriladi. Chunki kongress mana shunday hisobotlar talab qiladi. O‘sha hisobotlar va rasmiylar bilan muloqotlarimda aytiladiki, O‘zbekistonda oxirgi 7-8 yil oldingi vaziyat bilin qiyoslansa, hozir nisbatan ochiqlik bor deyishadi. Va o‘zimiz ham bunga guvohmiz. Lekin oxirgi 2-3 yil ichida so‘z erkinligi borasida orqaga qadamlar tashlanmoqda. Hozir jurnalistlar 2018 -2019-yildagi jasorat bilan harakat qilishmayotganini ko‘ramiz. Ularda ichki senzura kuchaygan. Qolaversa, men hozir O‘zbekistonda har jihatdan istalgan materiallarni o‘z mablag‘imizga tayangan holda tayyorlay olamiz, deydigan OAVlarini deyarli bilmayman. To‘g‘ri, muayyan axborot portallari bor. Ular reklamalardan tushayotgan daromad evaziga katta loyihalar qila olyapti. Muxbirlarini masalan, chet elga materiallar qilishga jo‘nata olyapti. Yaxshi texnologiyalar sotib olyapti. Bu yaxshi va ular hozir o‘ziga xos resurslarga ega. Blinken mana shuni ham nazarda tutdi. U: “resursga ega bo‘lsangizgina sifatli materiallar berib, ishonch qozona olasiz”, dedi. Qo‘shma shtatlar bu borada ham yordam berishga tayyorligini bildirdi.

    Men Qozog‘istondagi matbuot anjumanini ham kuzatdim va mana shu yerda ham ozroq farqni ko‘rdim. Qozog‘istonda tashqi ishlar vaziri Muxtor Teluberdi bemalol Blinken bilan yonma-yon turib matbuot anjumanida qatnashdi. Lekin buni odatda O‘zbekistonda ko‘rmaymiz. O‘zbekistonga borganlar yo o‘zi alohida matbuot anjumanida qatnashadi, yoki O‘zbekiston tomon bilan chiqishadi-da brifing deb atashadi. Bunga o‘xshash brifingni dunyoning birorta qismida ko‘rmaysiz. Yaʼni ular faqat biz gapiramiz, siz bizga savol bermaysiz, deyishadi. Gapini tugatgach, minbardan qochib chiqib ketishadi. Medianing oldiga chiqish, bu uning savollariga javob berishga tayyor turish, demakdir. Dunyoda brifing va matbuot anjumanlari orasida katta farq yo‘q. Masalan, Oq uyda yoki Pentagonda, Davlat departamenti yoki Londonda va hattoki Rossiya propagandasini biz yomon deymiz, lekin Moskvada ham brifing degani, bu mutasaddilar chiqib, jurnalistlarning savollariga javob beradi, degani. Ammo O‘zbekistonda ana shunday teskari qoidalar mavjud. Bu ham O‘zbekistonni hali informatsion jihatdan ancha qoloqligini bildiradi. Hatto mana Qozog‘iston bilan qiyoslaganimizda ham.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    02.03.2023, 21:35   Izoh (0)   9583
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi yakunlandi

    02.03.2023, 21:25

    Samarqanddagi tungi klubda 10 ming dollar evaziga giyohvand modda sotishga uringanlar qo‘lga olindi

    02.03.2023, 21:15

    O‘zbekiston maktablari BAAning sovrini 600 ming dollar bo‘lgan tanlovda ishtirok etadi 

    02.03.2023, 20:20

    Hayoti saqlab qolinayotgan chaqaloqlar, reabilitatsiya qilinayotgan onalar: Toshkent viloyatidagi perinatal markazdan reportaj (video)

    02.03.2023, 20:00

    MDH davlatlarida avtomobillar uchun ruxsat etilgan maksimal tezlik qancha?

    02.03.2023, 19:36

    “OKMK” stadionini yoritish uchun 420 ming yevrolik projektorlar, bir manzilda, bir mahallada joylashgan raqobatchilar: 2-mart tenderlari tafsiloti

    02.03.2023, 19:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.