Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,95 so‘mga ko‘tarilib, 11 349,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,66 so‘mga oshib, 12 078,66 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,62 so‘mga pastlab, 150,90 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan ko‘tarilgandi.
Izoh (0)