Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
“Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Nafaqat jamoa, balki mahalliy tashkiliy qo‘mita tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik ko‘rildi. Umuman olganda, turnirga tayyormiz.
Musobaqada barcha jamoalar o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan. Xususan, biz ham. O‘zbekistonda o‘tayotgan bu turnirda zafar quchib, Indoneziyada o‘tkaziladigan Jahon Chempionatiga yo‘l olishni maqsad qilganmiz.
Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, o‘ylashimcha, ularni yetarlicha o‘rgandik.
Pandemiya tufayli bu yosh toifasidagi bir nechta turnirlar qoldirilgan. Biroq biz reja bo‘yicha ishladik. Bir nechta yig‘inlar o‘tkazib, kuchli jamoalarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdik. Umuman olganda, yetarli darajada tayyorgarlik olib bordik. Barcha futbolchilar musobaqaga tayyor”, — deydi Haydarov.
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi uchrashuv 1-mart, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadiona bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.
Izoh (0)