“PSJ” himoyachisi Ashraf Hakimi jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda.
Le Parisien nashrining xabariga ko‘ra, 26-fevral, yakshanba kuni 24 yoshli qiz politsiyaga murojaat qilgan. Biroq qiz ariza berishdan bosh tortgan va ishga politsiya xodimi aralashib, rahbariyatga xabar qilgan. Shundan so‘ng prokuratura ham ushbu masalaga e’tibor qaratgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, 16-yanvar kuni Hakimi u bilan Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbatlashgan, 25-fevral kuni esa marokashlik futbolchi chaqirib bergan taksida qiz Parijning g‘arbiy chekkasida joylashgan Bulon-Biyankurdagi uyga yetib borgan.
Ashraf qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan. Qiz esa qarshilik ko‘rsatib, do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan va uni olib ketishini so‘ragan.
Hozirda Hakimiga nisbatan rasmiy ayblovlar qo‘yilmadi.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” himoyachisi FIFA va FIFPro talqiniga ko‘ra yil ramziy terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
Izoh (0)