Norvegiya boks federatsiyasi Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon Chempionatiga boykot e’lon qildi.
Bunga asosiy faktor sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z milliy bayroqlari ostida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgani qayd etilgan.
Avvalroq AQSH, Shvetsiya, Irlandiya, Chexiya va Kanada boks federatsiyalari Hindiston (ayollar o‘rtasida) va O‘zbekistonda (erkaklar o‘rtasida) bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilgani xabar qilingandi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi joriy yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi va Toshkentda o‘tkaziladigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati Olimpiada litsenziyalarini taqdim etishini ma’lum qilgandi.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 15—31-mart kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi Jahon Chempionati O‘zbekistonda 1—14-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)