• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    “Davlat budjeti taqsimotida xalq ishtirokini taʼminlash muhim qadam bo‘ladi” — ekspert konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish haqida

    Yangilanayotgan konstitutsiyada davlat budjeti ochiqligi va shaffofligi taʼminlanishi alohida belgilab qo‘yilmoqda. Buning uchun budjet shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga urg‘u berilmoqda. Xo‘sh, buning ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

    Mamlakat rivojlanishi nafaqat davlat budjetiga tushayotgan mablag‘larning ko‘payishi, balki pullarning to‘g‘ri va samarali sarflanishi bilan bog‘liq. Budjet taqsimotida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish hamda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi esa mazkur jarayonda muhim ahamiyatga ega.

    Oddiygina misol sifatida mahallalarda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ayrim murojaatlarga mansabdorlar munosabatini olaylik. Ularning ko‘pchiligi “rejaga kiritildi, moliyalashtirish bo‘lsa bajaramiz”, degan javoblar beradi. Bunday javoblarni olgan fuqarolar mahalladagi muammolarning yechimini yillab kutadi. Ammo u hal bo‘lmasligi ham mumkin.

    Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida yangi tahrirdagi O‘zbekiston konstitutsiyasiga budjetga oid alohida yangi modda kiritilmoqda. Bu orqali davlat budjetini shakllantirish va ijro etish tartiblari ochiqlik hamda shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilanyapti. Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid normalar ham kiritilmoqda.

    Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i Hayrulla Ro‘zmetov “Daryo” nashriga bergan intervyusida konstitutsiyada davlat budjeti taqsimotida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish belgilanayotgani katta yangilik ekanini aytdi.

    “Davlat budjetini shakllantirish masalaning yarmidir. Ikkinchi yarmi esa mablag‘larni xalqning manfaatlarini inobatga olgan holda taqsimlash va maqsadli sarflanishini taʼminlashdir. Davlat budjeti sohasida xalqning ishtirokini taʼminlash muhim kafolat rolini o‘taydi. Bu budjetni shakllantirish va taqsimlashda xalq istaklarini hisobga olishni, yaʼni jamoatchilik nazoratini faol yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Konstitutsiyaga davlat budjetini shakllantirish va ijro etish ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi mazmundagi yangi moddaning kiritilishi budjet jaryonida keng ommani jalb qilish maqsadini ko‘zlamoqda.

    Davlat budjeti sohasining shaffofligi mamlakatda moliyaviy ishonch hissini taʼminlash va makroiqtisodiy barqarorlikka yordam beradi. Budjet xarajatlari ustidan nazoratni, hukumat hisobdorligi va respublikaning investorlar uchun jozibadorligini oshiradi. Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etishda ochiqlik bo‘lishi korrupsion omillar kamayishiga xizmat qiladi. Natijada budjet mablag‘lari yanada adolatli, samarali taqsimlanadi va maqsadli sarflanadi”, — dedi u.

    Alohida taʼkidlash joizki, so‘nggi vaqtda aholi davlat budjetining biri qismi taqsimotida faol ishtirok eta boshlagan. Yaʼni “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida odamlar talab qilgan yo‘nalishlarga budjetdan mablag‘lar ajratilmoqda. Bunda bevosita aholi ishtirokida qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish amaliyoti joriy etildi. Mazkur amaliyot orqali aholiga o‘zini qiynayotgan muammolar, shu jumladan, mahalladagi kamchiliklar uchun pul ajratishni (yo‘llar, ijtmioiy obyektlar) budjetga kiritish va ularni tezlik bilan hal qilish imkoni yaratildi.

    Xulosa qilib aytganda, konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar davlat budjetini shakllantirish, uning daromad va xarajat qismlarini belgilash, ijrosini taʼminlashda fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish, ularga bu jarayonda keng va faol qatnashish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun tegishli tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar, kafolatlar yaratishga imkon beradi.

    28.02.2023, 17:27   Izoh (0)   12388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inson huquqlari kategoriyasi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda

    28.02.2023, 11:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.