AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevral kuni Toshkentga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va AQSHning mamlakatdagi elchisi Jonatan Henik kutib olgan.
Entoni Blinken O‘rta Osiyo mintaqasidagi beshta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) vakillari bilan uchrashishni maqsad qilgan. O‘zbekistonga tashrifidan avval u Qozog‘istonda bo‘lgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiya 28-fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahriga jo‘nab ketgandi. Shaharda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirokida C5+1 shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)